Python dasturlash maktabi
2.5K subscribers
32 photos
1 file
41 links
@pythonuz kanalida python dasturlash tili Nematillo Ochilov tomonidan bosqichma bosqich bepul o'rgatiladi

@NematilloOchilov - blog
@pythonuz - Python darslari
@js_uz - Java Script
@MQLUZ - Savdo robotlarni dasturlash
Download Telegram
Python dasturlash maktabi
Ⓜ️ Taqqoslash operatorlari Taqqoslash operatorlari ikkita qiymatni solishtirish uchun ishlatiladi.
Mantiqiy ma'lumotlar ikki qiymatdan birini ifodalaydi: True (Rost) yoki False (Yolg'on) va bular har biri xotiradan 1 bit joyni egallaydi.True 1 ga va False 0 ga teng.

print(True * 5)
5

x = 7
y = 7

== Teng
print(x == y)
True

!=      Teng emas x != Y
print(x != y)
False

>       x > y dan katta
print(x > y)
False

< x < y dan kam
print(x < y)
False

>= x >= y dan katta yoki unga teng
print(x >= y)
True

<= x <= y dan kam yoki unga teng
print(x <= y)
True

@pythonuz
Testlarni guruhlarga yuboring 👍
Python dasturlash maktabi
Ⓜ️Mantiqiy operatorlar Mantiqiy operatorlar shartli gaplarni birlashtirish uchun ishlatiladi.
Mantiqiy operatorlarga namunalarni tayyorlashda asosan taqqoslash operatorlaridan foydalandik.Aslida mantiqiy operatorlarni barcha shart va operatorlar bilan qo'llash mumkin.

and (va) Agar ikkala so'z ham rost bo'lsa rost (True) qaytaradi, boshqa holatda yolg'on (False) qaytaradi
print(2 < 5 and 8 < 10) True
print(2 < 5 and 8 > 10) False


or (yoki) ifodalardan biri rost bo'lsa, rost (True) qaytaradi, boshqa holatda yolg'on (False) qaytaradi
print(2 < 5 or 8 < 10) True
print(2 < 5 or 8 > 10) True
print(2 > 5 or 8 > 10) False


not (emas) agar natija rost(True) bo'lsa yolg'on (False) ni qaytaradi boshqa holatda rost (True) qaytaradi
print(not 8 > 10) True
print(not 8 < 10) False
print(not 'salom' == 'salom')
False (https://t.iss.one/pythonuz/279)

@pythonuz
Kanal a'zolari bugun 1000 ta bo'ladimi?

Agar hamma 1 ta testni o'zini guruhiga yuborganda kanal a'zolari 2 barobar ko'payar edi.

Kanal a'zolari ko'paysa nima bo'ladi?

Kanal a'zolari ko'payaversa men e'tiborimni python bo'yicha dars tayyorlashga va test tuzishga qarataman.Kanal a'zolari kamaysa e'tiborimni boshqa loyihalarga qarataman.

Kanal ochishimdan maqsad pul ishlash emas o'zbek dasturchilarini ko'paytirish.Afrikaning Nigeriya yoki Keniya degan mamlakatidagi dasturchilar salohiyati nima uchun bizni dasturchilardan ustun bo'lishi kerak?