Python dasturlash maktabi
2.5K subscribers
32 photos
1 file
41 links
@pythonuz kanalida python dasturlash tili Nematillo Ochilov tomonidan bosqichma bosqich bepul o'rgatiladi

@NematilloOchilov - blog
@pythonuz - Python darslari
@js_uz - Java Script
@MQLUZ - Savdo robotlarni dasturlash
Download Telegram
Ⓜ️ Birinchi dastur
Pythonda kodlarni test qilish uchun bizga maxsus dasturlar kerak bo'ladi.
Agar kompyuteringiz tizimi windows bo'lsa https://www.python.org/downloads/ saytidan kompyuteringiz sistemasiga mos python Interperatorini yuklab ishga tushirasiz.
Agar kompyuteringiz tizimi Linux boʻlsa shunchaki terminalga kirib python3 yozish kifoya.

Kodlarni doim interperatorga yozish noqulay bo'lganligi uchun Sublimetext 3 yoki Pycharm redaktorini o'rnating.

Agar siz faqat smartfonda pythonni o'rganmoqchi bo'lsangiz QPython, Pydroid yoki Sololearn dasturini yuklab oling.

Siz faqat havaskor bo'lsangiz @rextester_bot yoki Repl.it saytida kodlarni sinab ko'rishingiz mumkin.

Birinchi "Hello World" dasturni hoziroq ishga tushiring.
Pythonda print chop etuvchi ya’ni najijani chiqaruvchi funksiya hisoblanadi.

#️⃣ print('Hello world!')
>>> Hello world!

@pythonuz
📊 Quyidagi dasturda Salom soʻzi chop etilishi kerak?
____("Salom")
Anonymous Quiz
6%
println
89%
print
3%
echo
1%
puts
Ⓜ️ Oddiy operatsiyalar
Python hisoblashni amalga oshirish qobiliyatiga ega.
Python konsoliga to'g'ridan-to'g'ri misolni kiritib javobini chiqarish mumkin.

>>> 2 + 2
4
>>> 5 + 4 - 3
6

Pythonda ko’paytirish va bo’lish amallarini ham hisoblasa bo’ladi.Xuddi matematika singari oldin bajariladigan operatsiyalarni qavs ichiga kiritamiz.

@pythonuz
📊 Ushbu kodning natijasi qanaqa bo’ladi?
>>> (4 + 8 + 12) * 2
Anonymous Quiz
6%
24
5%
36
88%
48
2%
52
Ⓜ️ Haqiqiy sonlar (Floats)

Pythonda qoldiqli sonlarni ifodalash uchun ishlatiladi.
Qoldiqli sonlarga ba'zi bir misollar 0.5 va -7.8237591
Ular bevosita kasrlarni kiritish yoki butun sonlarga bo'linish kabi operatsiyalar yordamida to'g'ridan-to'g'ri yaratilishi mumkin. Raqamning oxirida qo'shimcha nolga e'tibor berilmaydi.Agar berilgan misoldagi sonlarda . belgisi bo'lsa javobda ham . belgisi yoziladi.
Namuna: 2 + 3.0 = 5.0

@pythonuz
📊 Quyidagi qaysi son qoldiqli son emas?
Anonymous Quiz
15%
2/4
60%
7
18%
7.0
7%
7.7
⭕️ 2-bo'lim “Operatorlar”
—————————————
Ⓜ️Operatorlar guruhlari?
-----------------------------

Pythonda operatorlar quyidagi guruhga bo'linadi.

Arifmetik operatorlar
Tayinlash operatorlari
Taqqoslash operatorlari
Mantiqiy operatorlar
Identifikatsiya operatorlari
A'zolik operatorlari
Bitli operatorlar
Pythonda operatorlar nechta guruhga boʻlinadi?
Anonymous Quiz
5%
1
18%
5
72%
7
5%
8
Python dasturlash maktabi
Pythonda operatorlar nechta guruhga boʻlinadi?
Ⓜ️ Arifmetik operatorlar

Arifmetik operatorlar umumiy matematik amallarni bajarish uchun raqamli qiymatlar bilan ishlatiladi:

+ Qo'shish 10 + 3 = 13

- Ayirish 10 - 3 = 7

* Ko'paytirish 10 * 3 = 30

// Qoldiqsiz bo'lish 10 // 3 = 3

/ Qoldiqli bo'lish 10 / 3 = 3.3333333333333335

% Qoldiq 10 % 3 = 1

Darajaga ko'tarish 10 3 = 1000 10 * 10 * 10 = 1000
📊 Toʻgʻri javobni toping?

print(133 + 233 + 66)
Anonymous Quiz
10%
332
6%
366
79%
432
6%
439
📊 Toʻgʻri javobni toping?

print(33 * 3 * 5)
Anonymous Quiz
72%
495
9%
499
16%
555
3%
556
Binary turdagi ma'lumotlar 2 lik sanoq sistemasida 0 va 1 yordamida ifodalanadi.

Binary raqamlar oldidagi 0b 2 lik sanoq tizimi ekanligini bildiradi.

print(bin(7))
>>> 0b111
print(int(0b111))
>>> 7

@pythonuz