PyNotes
252 subscribers
125 photos
7 videos
1 file
61 links
**Code is communication**
admin: @Xojarbu
https://t.iss.one/solutions_py for problem solutions
Download Telegram
Googleplexning atrofi
πŸ‘15
Ana o'sha Google amakimizπŸ˜„πŸ˜„
πŸ‘34🀩8
Forwarded from Hojarbu's Corner🌱
Silikon vodiysining eng birinchi boshlangan nuqtasi: HP(Hewlett-Packard) kompaniyasiga asos solingan o'sha garaj shu ekan😊. Bu kompaniyaning asoschilari Stanford universitetining ikki bitiruvchilari bo'lib, bu joyni high-tech vodiysiga aylanishini boshlab berishgan.

E'tibor bering a: katta natijaga erishish uchun uni katta boshlash muhim emas, kichkina qadamlar, lekin mustahkam qadamlar bilan katta natijaga olib borish mumkinligining yaqqol misollaridan biri deb o'ylayman.
πŸ‘17
"TECHWOMEN" dasturi orqali safarimizda har bir ishtirokchi Silikon vodiysidagi kompaniyalardan biriga biriktirib qo'yiladi. Datur davomida mentorlar yordamida kompaniyaning har xil lavozimdagi injiner va management yo'nalishidagi xodimlar bilan uchrashuvlar tashkillashtirildi.

Meni "BigCommerce" (Shopify ga o'xshagan E-commerce platformalar yaratib beradigan kompaniya) ga biriktirishdi.
Uchrashuvlar davomida oddiy injinerdan to "Vice President of Engineering" lavozimidagi insonlar bilan suhbatlashish imkoni bo'ldi.

Kecha esa kompaniyaning CEO si Brent Bellm va CFO Robert Alvarez bilan suhbat o'tqazdik.
Sizlar bilan suhbat davomida olgan bazi insightlarimni ulashmoqchiman.
πŸ”₯6πŸ‘4
PyNotes
Photo
Brent Bellm suhbatidan bazi insightlar:

Shunday xalqaro va minglab xodimlari bo'lgan kompaniyani CEO si bo'lishiga qaramasdan, juda kamtarona, do'stona suhbat bo'ldi.

"O'zingiz rostdan qilishni yaxshi ko'rgan ishni qiling"

"Hamma vazifani o'zingizni masuliyatingizga olmang, boshqalar bu ishni qila olishlariga imkon bering, boshqalarni qobiliyatlarini ochilishiga ko'maklashing. Men qildim degandan ko'ra boshqa odamni qilishiga ko'maklashgandagi qoniqish ko'proq bo'ladi"

"Muammoga duch kelganingizda to'xtab qolmang, 1. Sababini anglashga harakat qiling. 2. Endi nima qilish haqida o'ylang, bo'lgan ishni orqaga qaytara olmaysiz lekin keyingi qadamni isloh qila olasiz"

Eng qizig'i, bunday lavozimdagi insonlar juda juda band bo'lishsa kerak deb tasavvur qilamiz, shuning uchun ulardan kun tartiblarini so'radik:
--Uxlashdan oldin pochtadagi hamma xabarlar tekshirib chiqar ekanlar ertangi kunda nimadur e'tiborsiz qolib ketmasligi uchun.
--kechki 10:00, 10:30 larda uxlashga yotib ertalab soat 6:00, 6:30 larda ishga kelib ertaroq oila davrasiga qaytishga harakat qilar ekanlar.
Bu yerda ko'pchilik erta uxlab erta turishni odat qilishgan ekan.
--Haftada 3 kun sport bilan shug'ullanishga vaqt ajratar ekanlar, asosan farzandlari bilan velik haydab turar ekanlar.
--Oilani doim birinchi o'ringa qo'yar ekanlar, doim har kuni kechki taomni oila davrasida qilar ekanlar.
--Social hayotga ish kunlari chalg'imaslikka, shanba yakshanba kunlari esa networking qilishga va oilaga vaqt ajratar ekanlar.
πŸ‘14