Forwarded from Alimoff
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
COVID-19 вирусини енгиш учун суперқаҳрамонга айланиш вақти келди!

Каналга уланиш 👉@nurbekalimov
“We Are Social” va “Hootsuite” 2020-yilgi hisoboti, internet va ijtimoiy media dunyo bo‘ylab odamlarning kundalik hayotining ajralmas qismiga aylanganligini yaqqol namoyish etadi.

2020-yil boshiga kelib dunyoda 4,5 milliarddan ortiq odam internetdan foydalanmoqda, bu o‘tgan yilga nisbatan 7 foizga ko‘p. Ulardan 3,8 milliardi ijtimoiy tarmoqlarda “aktiv” bo‘lib, bu dunyo aholisining qariyb 60 foizini tashkil qiladi.

5,19 milliarddan ortiq kishi mobil telefonlardan foydalanadi va foydalanuvchilar soni o‘tgan yil davomida 124 millionga yoki 2,4 foizga o‘sdi.

O’zbekistonda esa internetdan 18,34 million odam foydalanmoqda, o’tgan yilga nisbatan 7,1 foizga yoki 1,2 million foydalanuvchiga ko’p. Ulardan 3,20 millioni ijtimoiy tarmoqlardan aktiv tarzda foydalanadi, o’tgan yilga nisbatan 44 foizga yoki 972 mingta foydalanuvchiga ko’p.

25,14 million kishi mobil telefonlardan foydalanadi va foydalanuvchilar soni o‘tgan yil davomida 0,9 foizga yoki 228 mingta odamga o’shgan.

@pulatov_kh
АйPulatov
“We Are Social” va “Hootsuite” 2020-yilgi hisoboti, internet va ijtimoiy media dunyo bo‘ylab odamlarning kundalik hayotining ajralmas qismiga aylanganligini yaqqol namoyish etadi. 2020-yil boshiga kelib dunyoda 4,5 milliarddan ortiq odam internetdan foydalanmoqda…
Новый отчёт We Are Social и Hootsuite наглядно демонстрирует, что цифровые, мобильные и социальные медиа стали неотъемлемой частью повседневной жизни людей во всём мире.

На начало 2020 года в мире уже более 4,5 млрд человек пользуются интернетом — это на 7% больше, чем в прошлом году. Из них в соцсетях «зависает» 3,8 млрд. Это почти 60% населения мира.

Мобильными телефонами пользуются более 5,19 млрд человек, а количество пользователей выросло на 124 миллиона или 2,4% за последний год.

В Узбекистане интернетом пользуются 18,34 миллиона человек, что на 7,1% или на 1,2 миллиона пользователя больше, чем в прошлом году. Из них 3,20 млн активно пользуются социальной сетью, что на 44% или на 972 тысячи пользователя больше, чем в прошлом году.

25,14 миллиона человек пользуются мобильными телефонами, а количество пользователей увеличилось на 0,9% или на 228 тысяч человек за прошлый год.

@pulatov_kh
2017-yilda Eronning yillik Telegramdagi reklama bozori narxi 23 million dollarga baholangan edi.

2020-yilga kelib bu ko‘rsatkich 4 baravarga oshdi.

Eronda Telegram auditoriyasi 40 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega — bu mamlakat aholisining yarmi.

__

В 2017 году ежегодный рекламный рынок Telegram в Иране был оценен в 23 миллиона долларов.

К 2020 году эта цифра увеличилась в четыре раза. В Иране аудитория Telegram насчитывает более 40 миллионов пользователей - это половина населения страны.

@pulatov_kh
Forwarded from Davr24
Besh milliard so‘m miqdoridagi xayriya mablag‘i O‘zbekistonning barcha hududlaridagi yordamga muhtoj besh ming nafar ayolga yo‘naltirildi.

Karantin sababli qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshlarimizga yordam berish tashabbusi Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi vasiylik kengashi tomonidan ilgari surildi.

«Xavfsiz va o‘z vaqtida berilgan ushbu yordam qiyin kunlarda umidsizlikka tushib qolganlarga umid baxsh etsin, mehr va muruvvat oyi bo‘lmish muqaddas Ramazon oyida ularning oilalari va yaqinlariga iliqlik, quvonch va tabassum hadya qilsin», — deya izoh bergan vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva.

“Zamin” fondi faoliyati uzoq muddatli, strategik ahamiyatga ega va barqaror loyihalarga qaratilgan. Jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya badallari, shuningdek xalqaro tashkilotlarning grantlari Fond mablag‘ini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi. 

www.zaminfoundation.ngo
Markaziy Osiyo MMA Konfederatsiyasi, MMA va O‘zbekiston Triatlon Federatsiyasi prezidenti. Prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari - Otabek aka Umarov, Telegramda rasmiy kanal ochibdilar

https://t.iss.one/otabek_muhammadalievich
🤲🏻Allohning amriga ko‘ra bizning hayotimizga muqaddas Ramazon oyi kirib keldi. 

Bu oy barchamiz uchun maʼnaviy poklanishimizga imkoniyat.

Muborak Ramazon oyini munosib o‘tkazishimiz uchun Yaratgandan barchamizga kuch va sabr-qanoat tilab qolaman!

Ibodat va duolarimiz zaminimizga kirib kelgan ofatni ko‘tarilishiga kifoya qisin 🤲🏻

@pulatov_kh
Sen Mening Qahramonimsan.pdf
28.2 MB
🎁Bolalar uchun koronavirus haqida maʼrifiy ertak

Insonparvarlik sohasida faoliyat yurituvchi jahondagi ellikdan ortiq tashkilotlar, jumladan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, UNICEF, BMT qochqinlar masalalari bo‘yicha Oliy komissarligi, Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy tashkilotlari hamkorligida bolalarga COVID-19 muammosini tushuntirish va pandemiya sharoitida yashashga o‘rgatish maqsadida maʼrifiy ertak kitob tayyorlandi va chop etildi.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisi A. Saʼdullayev tashabbusi bilan bir guruh o‘zbek ko‘ngillilari «Sen mening qahramonimsan: bolalar COVID-19 ga qarshi qanday kurashyaptilar» nomli ushbu kitobni o‘zbek tiliga o‘girib, qayta sahifalab nashrga tayyorladilar. Xalqimizning sevimli aktrisasi Dilnoza Kubayeva va el sevgan sanʼatkor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxonning beminnat ishtirokida ovozlashtirilgan ushbu kitob ota-onalar va bolajonlarga ajoyib tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
Audio
🎧«Sen mening qahramonimsan: bolalar COVID-19 ga qarshi qanday kurashyaptilar» nomli kitobni o‘zbek audio shakilda ko‘chirib oling va oilaviy tinglang.

🎙Mazkur audio-kitob farzandlarimizga nafaqat ajoyib tuhfa, balki pandemiya vaqtida bolajonlarimiz uchun oʼzlarini qanday tutish borasida foydali maʼlumotlar jamlamasiga aylanadi deb ishonamiz.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from Masofatalim
📌Tarix bo'yicha test savollari: "Qadimgi tarix - sivilizatsiyaning boshlanishi" (Qadimgi Misr)

Biz sizga tarix bo'yicha bir qator test savollarini taqdim etamiz. Mavzu: “Qadimgi tarix — sivilizatsiyaning boshlanishi" (Qadimgi Misr).

❗️Ushbu testlar to'plami yordamida siz karantin paytida tarix haqidagi bilimlaringizni tekshirishingiz mumkin. Qolaversa, bilmaganlaringizni ham o'rganasiz.

©Masofaviy ta’lim” (@masofatalim) Telegram kanali tomonidan tayyorlangan testlar.

🖊 30 ta savol · 1 min

Testni boshlash uchun:👇🏻
t.iss.one/QuizBot?start=i24zkQJd
Saharlik oldi onam bilan gaplashib o‘tirib, 54 yil avval Toshkentda bo‘lgan zilzila haqida gaplashdik. Onam o‘shanda 6 yoshda bo‘lganlar. Aytishlaricha, azonda juda qattiq tovushdan qo‘rqib uyg‘onib ketganlar.

O'shanda onamlar oilada 3 nafar farzand, uch opa-singil birga yerda yotishgan. Yerdan qattiq ovoz chiqib, xuddi yerdan zarba bo'lgandek tuyilgan ekan ularga. Devorda osilib turgan soat yerga tushib chilparchin bo‘lgan, oynalar zirillab titrashni boshlagan. Shunda bobom onam va xolamlar yotgan xonaga kirib, ularni uyg'otib, chiqinglar ko‘chaga, yer qimirlayapti, deb olib chiqib ketgan ekanlar.

Ko‘chada hamma qo‘shnilar toplangan. Hamma bir-biridan xabar olgan. Onamlar ancha vaqt uyga kirishga qo‘rqib, hovlida mashinada yotishgan. O‘sha vaqtlari yil oxirigacha yer kunora qimirlab turgan ekan.

26-aprel sanasi Toshkentda sodir bo‘lgan zilzila sabab fojiali kun sifatida tarixga muhrlangan. Shahar markazi butunlay vayron bo‘lgan, odamlar boshpanasiz qolgan. Ammo o'zbek xalqining birdamligi, jasorati va saxovati bilan qiyinchiliklar yengib o‘tilgan.

Buni qarangki, bugun, oradan 54 yil o'tib, yana xalqimizni birlashtirayotgan sinovli kunlarni boshimizdan o'tkazyapmiz. Ishonamizki, bugun ham o‘sha paytdagi kabi jasorat, birdamlik, ahilillik va xalqimizga xos eng yaxshi fazilatlar bilan bugungi sinovli kunlarni ham yengib o'tamiz. Va albatta, yanada kuchli bo‘lib o'tamiz!

@pulatov_kh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov 1936-yil 26-aprelda tavallud topgan. Uning ijrosidagi qoʻshiqlar xalqning qalbidan chuqur joy olgan, qachon yangramasin kishiga oʻzgacha xush kayfiyat bagʻishlaydi. 

Bir yil avval men, “MilliyTV” jamoasi bilan, Botir Zokirov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Abadiy Iz” nomli korsatuv qilgan edim.

Milliy estradamiz asoschisi, mashhur san’atkor Botir Zokirovning nomi yillar o’tgan sari yanada qadrli, tobora qalbimizga yaqin bo’lib bormoqda.

@pulatov_kh
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
COVID19(21apr2020).pdf
5.1 MB
Koronavirusni Jamiyat va iqtisodiyotga taʼsiri haqida juda zoʻr qisqa kitob yozilibdi, har bir bobini Rossiyalik yetakchi iqtisodchilar, shu jumladan Guriev, Yenikolopov, Sonin, Volchkova va boshqalar yozishgan.

Juda tez oʻqiladi, va shunday paytlarda hukumatlarga, bizneslarga va jamiyatlarga nima qilish kerak haqida koʻp muhim tavsiyalar bor. Albatta oʻzbekchaga tarjima qilinsa zoʻr boʻlar edi. Lekin koʻpchilik ruschada ham oʻqib kerakli axborotni olishadi degan umiddaman.
Forwarded from KUNDALIK
​​Вақти келганда уч фарзандимнинг қай бирига қандай гапиришни, қай ўринда танбеҳ, қай ҳолатда рағбат беришни, қачон юмшоқ, қачон қаттиқ гапиришни билмай қоламан. Аксар ҳолларда эса буларни ўйлашга вақтим ҳам йўқ, афсус. Чунки ишимдан ҳеч ортмайман. Ишламасам гўёки дунё тўхтаб қоладигандек (албатта, қалбимдан тўхтаб қолмаслигини билсам ҳам).

Жаноб президент! Сизни мақтаб, осмонлар-у кўкларга кўтармайман, ҳатто сайтимизда кўпчилик отахон журналистлар эътирозига эътибор қаратмасдан, «президент» сўзини кўпинча кичик ҳарфда ёзамиз. Чунки дунёнинг барча давлатлари президентлари лавозимини кичик ҳарфда ёзамиз ва ҳеч кимни ажратмаймиз.

Шу суратларингизни кўриб чиндан сизга ачиндим. Чин дилдан раҳмим келди. Уйда болам иситмаласа, кўзимга ҳеч нарса кўринмайди. Шу кунларда сизнинг қалбингиздан нималар ўтяпти, билмайман. Бу кўргуликларни қандай кўтаряпсиз, бехабарман. Лекин бир нарсани аниқ биламан — Аллоҳ бандасига фақат улар кўтара оладиган синовларни юборади.

Постим аввал ўйлаганимдан бошқача чиқди. Ўзи, суратингизни қўйиб, мен қалбан сиз билан бирга эканлигимни, сизга елкадош бўлиб, ишонишимни қисқагина билдириб, ҳамма ўйлаган эзгу ниятларингиз амалга ошиб, атрофингизда ҳам ўзингиз истаганингиздек, одамларга фойдасига тегадиган мард, зукко ва халқпарвар ёш амалдорлар кўпроқ бўлишини тилаб пост қилмоқчи эдим, сўзларим жуда чалкашиб кетди.

Рамазон ойи… Кўпроқ дуо қилинг, жаноб президент. Президент халқини кўп-кўп дуо қилиши, халқ эса ўзининг раҳбарини кўп-кўп дуо қилишида албатта хайр бор.

Kun.uz кундалиги
Sardoba voqeasi xalqimizning birdamligini yana bir bor ko'rsatdi. O'zbek xalqi boshiga og'ir sinovli kunlar tushganda o'zini yo'qotib qo'ygani yo'q! Mardonavor qarshi oldi. Birdamlik, matonat, saxovat va mehribonchiligini namoyish qildi.

Buxorodagi hodisalarda ham, Sardobadagi voqeada ham shu vatanning har bir fuqorosini titratadigan darajada davlatimiz rahbari xalq bilan birga ekanligini ko'rsatdilar!

Urush yillarini eslang. Xalqimiz urush yillarida ham millionlab boshqa millat va elatlarning farzandlarini qaramog'iga olgan, uyidan joy, issiq ovqat bergan. Buni qarangki, toshqin tufayli uysiz qolgan minglab odamlarni Sirdaryo va Jizzaxdagi oilalar o‘z uylariga qabul qildi. Boshpana berdi. Oziq-ovqat berdi. Og'ir sinovli kunlarda jim qarab turmadi. Xalqimiz birlashib, Respublikamizning turli hududlaridan yordam jo'natyapti. Doim duolarida eslab, duolar qilyapti.

Xalqimiz bugun haqiqiy birdamlik, insonparvarlik, cheksiz saxovat va oliyjanoblikni namoyish eta oldi!

Sirdaryo, biz sen bilan ❤️

@pulatov_kh