Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uyda qoling🤲🏻
Forwarded from Alisher Sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost

Shahrizod Musaboev barakalla! Bizning yoshlar kuchli, bilimli va har qanday sohada jahondagi tengdoshlari bilan bellasha oladi. Faqat imkoniyat va ishonch kerak. Hali yigitlarimiz qurilma narxini optimallashtirish ustida ishlashadi. Loyihaga o’z hissasini qo’shmoqchi bo’lgan tadbirkorlarni hamkorlikka chaqiramiz. Barcha viloyat vakillaridan faollik kutib qolamiz. Qurilmani aholi gavjum joylar, supermarket, bozor va xayriya markazlari atrofiga o’rnatish virusga qarshi kurashishda katta yordam berishiga ishonamiz.(@Musaboyev_Shaxrizod)

Bu videoni do’stlaringiz bilan ulashing!

@alisher_sadullaev
Bugun Gazeta.uz saytida IIV tomonidan Yoshlar ittifoqi aʼzolari, TATU talabalari va ko‘ngilli yoshlardan vatanparvar blogerlar virtual guruhini tashkil etish taklif qilingani haqida material eʼlon qilindi.

❗️Ushbu loyihani ishlab chiqishga Yoshlar ittifoqining mutlaqo aloqasi yo‘q. Ittifoq ushbu bandni rasman rad etgan.
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Бугунги таҳликали кунларда ўн минглаб одам бир-бирига ёрдам қўлини чўзмоқда, қалбининг бир парчасини бериб, бир-бирини қўллаб-қувватламоқда. Оғир аҳволда қолганларга далда бўлаётган ҳамма-ҳаммадан беҳад миннатдормиз. Фондимиз ҳам бу ишларда фаол иштирок этмоқда.

Аммо пандемия муҳтож инсонларга кўмак бериш масаласига бошқача кўз билан қарашга бизни мажбур қилди. Ёрдам бериш жараёнида салбий оқибатлар келтириб чиқармаслик, яъни имкон қадар “бевосита мулоқот қилмаслик” қоидасига риоя қилиш зарур эди. Шу тариқа “Xavfsiz Yordam” лойиҳаси пайдо бўлди.

Биз карантин туфайли моддий аҳволи оғирлашган аёллар учун мингта Uzсard картасини тайёрлатдик ва Жамоат фонди ҳисобидан бир миллиард сўм ўтказдик. Бутун республика бўйлаб ижтимоий ҳимояга муҳтож, фарзандларини ёлғиз тарбия қилаётган, ишсиз қолган минг нафар аёл танлаб олинди. Уларнинг рўйхатини тузишда бир қатор ташкилот ва кўнгиллилар жамоалари, хусусан, Ўзбекистон Республикаси Гендер тенгликни таъминлаш масалалари бўйича комиссияси, Тошкент шаҳар ИИББ Ҳуқуқбузарлик ва профилактика бўлими, Маҳалла ва оилани қуллаб-қувватлаш вазирлиги Ҳомийлик хайрияларини мувофиқлаштириш маркази яқиндан ёрдам берди. Зеро, ким биринчи навбатда кўмакка муҳтож эканлиги айнан уларга маълум.

Мингта карта дегани – денгиздан томчи холос, аммо биз ушбу ташаббус бошқаларга ҳам ибрат бўлади, деган умиддамиз. Картадаги миллион сўм маълум муддат рўзғор тебратишга имкон беради.

Мазкур лойиҳага ҳиссаси қўшилган, бизга ёрдам берган барчага миннатдорчилик билдирамиз. Ўн кун давомида мингта картанинг ҳар биттаси ўз соҳибасига етказилади.

Бугун бутун дунёда бўлгани каби бизда ҳам иқтисодий инқироз юз бермоқда. Аммо айнан шундай синовли кунларда халқимизни жипслаштирадиган энг ажойиб таклифлар ва энг зўр ғоялар туғилишига менинг ишончим комил.

#sinovdavri #bizbirgamiz #bizyengamiz #vahimasizkarantin #MassMediaUz
Forwarded from Telegram Uzbekistan (Davronbek Rustamov)
Telegram endi o‘zbek tilida!

Interfeys tilini o‘zbekchaga o‘zgartirish juda oson:
Settings → Language → O‘zbek (Sozlamalar → Til → O‘zbek).

Hozirgi kunda o‘zbek tili rasmiy ravishda Android va iOS tizimlaridagi Telegram'da taqdim etildi. Tez orada Telegram Desktop ham bu imkoniyatga ega bo‘ladi.

Interfeysni o‘zbek tiliga tarjima qilishda yordam bergan barchaga minnatdormiz.

Istalgan vaqtda tarjimalar platformasida tarjimani mukammallashtirishda yordam berish imkoniyati borligini xabar qilamiz.

@TeleUz

Telegram теперь на узбекском языке!

Сменить язык интерфейса на узбекский очень просто:
Settings → Language → O‘zbek (Настройки → Язык → O‘zbek).

На данный момент узбекский язык внедрён официально в Telegram на Android и iOS. Telegram Desktop также скоро получит эту возможность.

Благодарим всех, кто оказал помощь в переводе интерфейса на узбекский язык.

Сообщаем, что помочь с совершенствованием перевода можно на той же платформе в любое время.
Forwarded from Alimoff
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
COVID-19 вирусини енгиш учун суперқаҳрамонга айланиш вақти келди!

Каналга уланиш 👉@nurbekalimov
“We Are Social” va “Hootsuite” 2020-yilgi hisoboti, internet va ijtimoiy media dunyo bo‘ylab odamlarning kundalik hayotining ajralmas qismiga aylanganligini yaqqol namoyish etadi.

2020-yil boshiga kelib dunyoda 4,5 milliarddan ortiq odam internetdan foydalanmoqda, bu o‘tgan yilga nisbatan 7 foizga ko‘p. Ulardan 3,8 milliardi ijtimoiy tarmoqlarda “aktiv” bo‘lib, bu dunyo aholisining qariyb 60 foizini tashkil qiladi.

5,19 milliarddan ortiq kishi mobil telefonlardan foydalanadi va foydalanuvchilar soni o‘tgan yil davomida 124 millionga yoki 2,4 foizga o‘sdi.

O’zbekistonda esa internetdan 18,34 million odam foydalanmoqda, o’tgan yilga nisbatan 7,1 foizga yoki 1,2 million foydalanuvchiga ko’p. Ulardan 3,20 millioni ijtimoiy tarmoqlardan aktiv tarzda foydalanadi, o’tgan yilga nisbatan 44 foizga yoki 972 mingta foydalanuvchiga ko’p.

25,14 million kishi mobil telefonlardan foydalanadi va foydalanuvchilar soni o‘tgan yil davomida 0,9 foizga yoki 228 mingta odamga o’shgan.

@pulatov_kh
АйPulatov
“We Are Social” va “Hootsuite” 2020-yilgi hisoboti, internet va ijtimoiy media dunyo bo‘ylab odamlarning kundalik hayotining ajralmas qismiga aylanganligini yaqqol namoyish etadi. 2020-yil boshiga kelib dunyoda 4,5 milliarddan ortiq odam internetdan foydalanmoqda…
Новый отчёт We Are Social и Hootsuite наглядно демонстрирует, что цифровые, мобильные и социальные медиа стали неотъемлемой частью повседневной жизни людей во всём мире.

На начало 2020 года в мире уже более 4,5 млрд человек пользуются интернетом — это на 7% больше, чем в прошлом году. Из них в соцсетях «зависает» 3,8 млрд. Это почти 60% населения мира.

Мобильными телефонами пользуются более 5,19 млрд человек, а количество пользователей выросло на 124 миллиона или 2,4% за последний год.

В Узбекистане интернетом пользуются 18,34 миллиона человек, что на 7,1% или на 1,2 миллиона пользователя больше, чем в прошлом году. Из них 3,20 млн активно пользуются социальной сетью, что на 44% или на 972 тысячи пользователя больше, чем в прошлом году.

25,14 миллиона человек пользуются мобильными телефонами, а количество пользователей увеличилось на 0,9% или на 228 тысяч человек за прошлый год.

@pulatov_kh
2017-yilda Eronning yillik Telegramdagi reklama bozori narxi 23 million dollarga baholangan edi.

2020-yilga kelib bu ko‘rsatkich 4 baravarga oshdi.

Eronda Telegram auditoriyasi 40 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega — bu mamlakat aholisining yarmi.

__

В 2017 году ежегодный рекламный рынок Telegram в Иране был оценен в 23 миллиона долларов.

К 2020 году эта цифра увеличилась в четыре раза. В Иране аудитория Telegram насчитывает более 40 миллионов пользователей - это половина населения страны.

@pulatov_kh
Forwarded from Davr24
Besh milliard so‘m miqdoridagi xayriya mablag‘i O‘zbekistonning barcha hududlaridagi yordamga muhtoj besh ming nafar ayolga yo‘naltirildi.

Karantin sababli qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshlarimizga yordam berish tashabbusi Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi vasiylik kengashi tomonidan ilgari surildi.

«Xavfsiz va o‘z vaqtida berilgan ushbu yordam qiyin kunlarda umidsizlikka tushib qolganlarga umid baxsh etsin, mehr va muruvvat oyi bo‘lmish muqaddas Ramazon oyida ularning oilalari va yaqinlariga iliqlik, quvonch va tabassum hadya qilsin», — deya izoh bergan vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva.

“Zamin” fondi faoliyati uzoq muddatli, strategik ahamiyatga ega va barqaror loyihalarga qaratilgan. Jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya badallari, shuningdek xalqaro tashkilotlarning grantlari Fond mablag‘ini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi. 

www.zaminfoundation.ngo
Markaziy Osiyo MMA Konfederatsiyasi, MMA va O‘zbekiston Triatlon Federatsiyasi prezidenti. Prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari - Otabek aka Umarov, Telegramda rasmiy kanal ochibdilar

https://t.iss.one/otabek_muhammadalievich
🤲🏻Allohning amriga ko‘ra bizning hayotimizga muqaddas Ramazon oyi kirib keldi. 

Bu oy barchamiz uchun maʼnaviy poklanishimizga imkoniyat.

Muborak Ramazon oyini munosib o‘tkazishimiz uchun Yaratgandan barchamizga kuch va sabr-qanoat tilab qolaman!

Ibodat va duolarimiz zaminimizga kirib kelgan ofatni ko‘tarilishiga kifoya qisin 🤲🏻

@pulatov_kh
Sen Mening Qahramonimsan.pdf
28.2 MB
🎁Bolalar uchun koronavirus haqida maʼrifiy ertak

Insonparvarlik sohasida faoliyat yurituvchi jahondagi ellikdan ortiq tashkilotlar, jumladan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, UNICEF, BMT qochqinlar masalalari bo‘yicha Oliy komissarligi, Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy tashkilotlari hamkorligida bolalarga COVID-19 muammosini tushuntirish va pandemiya sharoitida yashashga o‘rgatish maqsadida maʼrifiy ertak kitob tayyorlandi va chop etildi.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisi A. Saʼdullayev tashabbusi bilan bir guruh o‘zbek ko‘ngillilari «Sen mening qahramonimsan: bolalar COVID-19 ga qarshi qanday kurashyaptilar» nomli ushbu kitobni o‘zbek tiliga o‘girib, qayta sahifalab nashrga tayyorladilar. Xalqimizning sevimli aktrisasi Dilnoza Kubayeva va el sevgan sanʼatkor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxonning beminnat ishtirokida ovozlashtirilgan ushbu kitob ota-onalar va bolajonlarga ajoyib tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
Audio
🎧«Sen mening qahramonimsan: bolalar COVID-19 ga qarshi qanday kurashyaptilar» nomli kitobni o‘zbek audio shakilda ko‘chirib oling va oilaviy tinglang.

🎙Mazkur audio-kitob farzandlarimizga nafaqat ajoyib tuhfa, balki pandemiya vaqtida bolajonlarimiz uchun oʼzlarini qanday tutish borasida foydali maʼlumotlar jamlamasiga aylanadi deb ishonamiz.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from Masofatalim
📌Tarix bo'yicha test savollari: "Qadimgi tarix - sivilizatsiyaning boshlanishi" (Qadimgi Misr)

Biz sizga tarix bo'yicha bir qator test savollarini taqdim etamiz. Mavzu: “Qadimgi tarix — sivilizatsiyaning boshlanishi" (Qadimgi Misr).

❗️Ushbu testlar to'plami yordamida siz karantin paytida tarix haqidagi bilimlaringizni tekshirishingiz mumkin. Qolaversa, bilmaganlaringizni ham o'rganasiz.

©Masofaviy ta’lim” (@masofatalim) Telegram kanali tomonidan tayyorlangan testlar.

🖊 30 ta savol · 1 min

Testni boshlash uchun:👇🏻
t.iss.one/QuizBot?start=i24zkQJd