Forwarded from Дилшод Саиджанов
Бугун ижтимоий тармоқларда ва бир қатор блогерлар томонидан тасдиқланмаган ҳамда ишончли манбага эга бўлмаган маълумотлар тарқатилди.

Шуни унутмаслик керакки, аҳоли орасида ваҳима чиқаришга қаратилган маълумотлар, материаллар, фейк хабарлар ва умуман, ишончсиз ахборотни ҳар қандай шаклда тарқатиш амалдаги қонунчиликка мувофиқ жиноий жавобгарликка сабаб бўлиши мумкин.

Қонунчиликда ахборот соҳасидаги ҳуқуқ ҳамда масъулият аниқ белгиланган ва буни, айниқса, фаол ва катта аудиторияга, жамиятда ўз меҳнати туфайли таъсир кучига эга блогерлар, ижтимоий тармоқлардаги гуруҳ ва каналлар маъмурлари яхши ҳис этишлари лозим, деб ўйлайман. Чунки жамиятда улар тарқатаётган ҳар қандай ахборотни ҳақиқат сифатида қабул қиладиганлар кўп.

ОАВ ва блогерлар ҳам худди давлат органларидан талаб этилгани каби соҳага оид амалдаги қонунчилик меъёрларига риоя этишлари шарт эканлигини унутмаслиги керак.

Алоҳида таъкидлашни истар эдикки, АОКА барча ОАВ ва блогерлар билан ҳамкорлик қилиб келмоқда ва бундан кейин ҳам уларнинг ахборот олишлари учун кўмак беришга тайёр.

https://t.iss.one/saidjanov_dm
Forwarded from Davr24
⚡️⚡️O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi koronavirusdan saqlanish uchun har bir fuqaro amal qilishi kerak tavsiyalarni e’lon qildi:
• Chet elga borishni rejalashtirishda dunyodagi epidemik vaziyat bo‘yicha to‘liq ma’lumotlardan xabardor bo‘ling!
• Zarurat bo‘lmagan taqdirda ommaviy tadbirlarda ishtirok etishdan imkon qadar cheklaning!
• Qo‘llarni tez-tez, yaxshilab sovun bilan yuving va spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalaning!
• Farzandlaringizning qo‘l yuvishini doimiy nazoratga oling!
• Yuz-ko‘zingizni toza bo‘lmagan qo‘l bilan ushlamang!
• Uy hayvonlarini boqishda, asrashda gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qiling!
• Odamlar oldida yo‘talganingizda yoki aksirganingizda og‘zingiz va burningizni dastro‘mol, salfetka yoki bukilgan tirsagingiz bilan to‘sing!
• Shamollash yoki gripp alomatlari bor odamlar bilan yaqin, yuzma-yuz muloqot qilishdan cheklaning!
• Ovqatlanishda yaxshilab pishirilgan, asosan qaynatilgan va qovurilgan taomlardan iste’mol qiling, iste’mol qilinayotgan go‘sht va sut mahsulotlarining yaxshilab pishganligiga ishonch hosil qiling!
• Isitma, yo‘tal va nafas qisishi holatlari paydo bo‘lganda darhol shifokorga murojaat qiling!
• Eng asosiysi — shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qiling!

Agarda sizda COVID-19 koronavirusi va u bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan qo‘shimcha savol tug‘ilsa, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining 71 276-49-66 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

@qoshni_mahalla
Forwarded from Xushnudbek.uz
⚡️БУ МУҲИМ!!!

Ўзбекистонда коронавирусга оид бир қатор қатъий чоралар белгиланди!


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Komil Allamjonov
Мамлакатимиз биринчи маротаба бундай қийинчиликка дуч келди ва номаълум қўрқувлар пайдо бўлиши табиий. Аммо ваҳима қилиш керак эмас. Биз ушбу рўйхатда биринчи эмасмиз ва бошқа мамлакатлар тажрибасини ҳисобга олган ҳолда, биз янада самарали ҳаракат қилишимиз мумкин.

Изоляция — бу одамларга қарши эмас, кўринмайдиган вирусга қарши кураш. Хозир биз вирус тарқалишига қарши саъй-ҳаракатларимизни бирлаштиришимиз керак. Ва бу икки ҳафта бизга қадрдонлар билан кўпроқ вақт ўтказиб, бир-биримизга ғамхўрлик қилиш учун имконият беради.

___


Наша страна впервые столкнулась с таким вызовом и понятно, что неизвестность пугает, но паниковать не нужно. Мы не первые в списке, и можем, учитывая опыт других стран, реагировать более эффективно.

Изоляция — это не борьба против людей, это борьба с вирусом, в которой мы все должны объединить наши усилия, чтобы противостоять распространению инфекции. И эти две недели дают нам возможность провести больше времени с родными, заботясь друг о друге.

#vahimasizkarantin #карантинбезпаники
#MassMediaUz
O‘zbekistonda koronavirus infektsiyasining tarqalishi va unga qarshi ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha aholini to‘g‘ri, xolis va aniq ma’lumotlardan tezkor xabardor qilish maqsadida @KoronavirusInfoUz rasmiy kanali ochildi.

Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil qilindi.
Forwarded from Times.uz
Жиззахликлар, баракалла!

Жиззахда ўзига хос ва айни пайтда ажойиб бир челленж бошлашибди: «Бизда коронавирус нархга таъсир қилмайди!»

Бутун Ўзбекистон синовдан ўтаётган ва бирлашиш вақти келган пайтда озиқ-овқат маҳсулотлари нарх-навоси осмонга сакрагани рост. Лекин Жиззахда эмас.

Браво, жиззахликлар, браво, Эргаш Алибекович!
@koronavirusinfouz
#vahimasizkarantin
#карантинбезпаники
Forwarded from МЕРКУРИ
За распространение фейков на тему коронавируса надо судить, и очень сурово. За панические рассказы тоже. За пересылку дебильных сообщений наказывать. Приравнять такие действия к терроризму, и всё.
Bugun AOKAda kunning eng dolzarb muammosi — koronavirus kasalligi yuzasidan Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi rahbarlari ishtirokida brifing tashkil etildi.

Mazkur brifing onlayn tartibda o‘tkazildi hamda AOKAning «Facebook»dagi sahifasida, «Youtube» tarmoqlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.

Ushbu brifingni keng yoritishda faol ishtirok etgan barcha OAV, jurnalist va blogerlarga minnatdorlik bildiramiz. Hamkorlik uchun rahmat.

Koronavirus haqida eng aniq va ishonchli ma’lumotlar @koronavirusinfouz kanalida berib borilmoqda.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Butun dunyoda avj olgan koronavirus kasalligining O‘zbekistonga kirib kelishi uning atrofida turli mish-mishlar va vahimalarni keltirib chiqardi. Shu bois ushbu masala yuzasidan Yoshlar telekanali orqali aholiga to‘g‘ri tushuntirish berishga harakat qildim.

Ushbu kasallik yuzasidan tarqatilayotgan barcha ma’lumotlar tegishli davlat organlari tomonidan monitoring qilinmoqda va zudlik bilan o‘rganilmoqda. Yolg‘on axborot tarqatayotganlarga esa chora ko‘rilmoqda.

Chunki aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar, materiallar, feyk xabarlar va umuman, ishonchsiz axborotni har qanday shaklda tarqatish amaldagi qonunchilikka muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Shu o‘rinda eslatib o‘tmoqchimanki, koronavirus kasalligining O‘zbekistondagi holati, u bilan bog‘liq eng aniq, ishonchli va rasmiy ma’lumotlar @koronavirusinfouz kanali orqali berib borilmoqda.
Forwarded from Times.uz
Forwarded from Times.uz
Forwarded from Times.uz
Forwarded from Times.uz
Forwarded from Times.uz
Forwarded from Times.uz
UZ: Ўзбекистон Республикаси Президенти коронавирус билан боғлиқ вазият бўйича халққа мурожаат қилди

🇺🇿 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев бугун 18-март куни маҳалла ва оила масалаларига бағишланган видеоселектор йиғилиши аввалида коронавирус муаммосига тўхталиб ўтди.

⚡️ Ўзбекистон ёшлар иттифоқи мамлакат раҳбарининг мурожаатидан энг долзарб иқтибос ва маълумотларни жамлади. Ўқинг ва бўлишинг!

@koronavirusinfouz
#vahimasizkarantin
#карантинбезпаники
Forwarded from Times.uz