Forwarded from Davr24
O‘zbekistonlik dasturchi O‘zAga taklif bilan chiqdi

Axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis Alisher Tadjiyev O‘zbekiston milliy axborot agentligiga o‘ziga xos murojaat bilan chiqdi.

«Assalomu alaykum hurmatli O'zbekiston Milliy Axborot Agentligi!

Men ko’p yillik tajribamga tayanib Sizlarning saytingizni yanada takomillashtirib, davlatimiz byudjetiga 5,4 milliard so’mlik foyda keltirmoqchiman.

Saytingizni qilib berishda O’zbekistondagi eng yuqori malakaga ega bo’lgan kompaniyalarda ishlaydigan do’stlarim(senior’lar) ham ko’maklashadi.

Faqat bir iltimos bor, shu ajratilgan summani barchasini homiylik asosida kontrakt pulini to’lashga qiynalgan talabalarga ajratsangiz.

Biz jamoamiz bilan tayyormiz!»
, — deb yozgan dasturchi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zA axborot portali yaratish va unga zarur texnikalarni sotib olish uchun 5,4 milliard so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan Vazirlar Mahkamasi farmoyishini muhokamaga qo‘ygan edi.

P.S. Ayrim mutaxassislarning fikriga ko‘ra O‘zA nazarda tutayotgan axborot portalini yaratish 100-150 million so‘mga tushadi.
Forwarded from Davr24
“Qoʻshni mahalla” faollari hamda Toshkentdagi Singapur menejment va rivojlanish instituti talabalari bilan birga xayriya ishini oʻtkazdik.

Toshkentda obodonlashtirish korxonalarida sovuqni sovuq, issiqni issiq demay mehnat qilayotgan 100dan ortiq yurtdoshlarimiz uchun bayram tashkillashtirdik. Bir piyola choy va bir choʻqim osh ustida dildan suhbatlashdik.

Bu gaplarni yozishdan maqsad — maqtanish yoki qilingan xayrli ishni koʻz-koʻz qilish emas. Aslo! Shunchaki, barchani jamiyat uchun katta foyda keltirsa-da, kamtarona maoshga ishlab yurgan insonlarga mehrli, eʼtiborli boʻlishga chorlamoqchimiz.

Boringizga shukr!
Forwarded from Davr24
“Qoʻshni mahalla” faollari hamda Toshkentdagi Singapur menejment va rivojlanish instituti talabalari «biz bolmasa, kim?» xayriya fondi bilan birga tadbir oʻtkazdik.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Jurnalist yoki bloger matbuotda gapirgan gapi uchun qamalishi kerak emas!” - Komil Allamjonov.

“Ular” loyihasining navbatdagi soni eʼlon qilindi, Komil Allamjonov bilan boʻlgan suhbatni quyidagi havola orqali toʻliq koʻrishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=MW7-XUBahIM
Forwarded from Madina Nurman
Tengdoshlarimiz ichida kimlarni o'qiyman?

📝 Jurnalist Alisher Ro'zioxunov
👩🏻‍💻 Marketolog Samira Latipova
🖥 Bloger-dizayner Nurjahon Farmonov
📝 Jurnalist-bloger Mirzayor Erkinov
📝 Jurnalist Feruza Avazova
📲
Bloger Hikmatilla Po'latov
📲
Bloger Kapgir'
📝 Jurnalist Saidaziz A'zamov
📲 Bloger Javohir Abdullayev
🖥 Dasturchi-dizayner Murodxo'ja Murodov

Jurnalist Shuhrat Latipov ham Telegramda kanal ochsa zo'r bo'lardi. Mayli, Shuhrat, bu shunchaki taklif. 🙂
Forwarded from Davr24
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Saida Mirziyoyeva Dubayda bo'lib o'tayotkan butunjahon ayollar forumida nutq so'zlamoqda.

“Biz bir-birimizdan o'rganishimiz, bir-birimizga kuch berishimiz va ilhom berishimiz, jamiyatimizdagi ayollarning insoniyat tsivilizatsiyasi rivojiga o'z hissalarini qo'shishlari uchun ularning rolini kuchaytirishni o'rganish uchun kelganmiz. O'ylaymanki, o'zbekistonlik ayollarning dunyoga aytadigan gaplari bor, ular insoniyatning iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga salmoqli hissa qo'sha oladilar ”.
Alisher Qodirovning Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida roʻy bergan nizoga munosabati ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

“Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan qoʻpol qonun buzilishi, jamoat tartibiga putur yetkazish harakatlari qonunlarimizga ham, qadriyatlarimizga ham zid boʻlgan jinoyat sifatida baholanishi kerak”.

Siz jinoyatchi, deb aytayotgan oʻsha fuqarolar, oʻzidan oʻzi davlat xodimni kaltaklab ketmagandir? Albatta, davlat xodimni kaltaklash toʻgʻri emas! Lekin kaltaklaganlar, qonunlarni qoʻpol buzganlar faqat oddiy fuqarolar emasdir? Rasm, videolarni koʻrgandirsiz, yuzi qonga belangan fuqarolar...

Alisher aka, siz birinchi navbatda xalqni himoya qilishingiz kerak! Chunki oʻsha “jinoyatchilar” sizni saylagan. Ha, aytgancha, siz meni saylamagansiz, bundan keyin ham saylamaysiz, deb yozibsiz. Alisher aka, sizni unda kim sayladi?

Nega fuqarolarni jinoyatchiga chiqardingiz? Tergov boʻldimi? Sud hukmi oʻqildimi? Qonunchilikni mendan koʻra yaxshi bilasiz! Menga sizning yondashuvingiz umuman maʼqul kelmadi. Qars ikki qoʻldan chiqadi. Bir tomonni aybdor sanash, siz rahbarlik qilayotgan partiyani qarashlariga ham toʻgʻri keladimi? Aybdor kimligini bilsangiz, hujjat bilan isbotlab yozing.

“AQSHda koʻrsatma bajarilmasa, otib tashlash huquqi berilgan. Bizda unday emas-ku!”
AQSHda xususiy mulk dahlsizligi bor! Shu gapni oʻzi yetadi, menimcha.

“Men sizni umidvor qilmaganman, mendan hech narsa kutmang”.
Alisher aka, shundoq ham sizdan umidimiz katta emas edi. Bu gapingizdan keyin o‘ylab qoldim, sizdan hech narsa kutmas ekanmiz, nima qilib Milliy tiklanish demokratik partiyasi yetakchisi boʻlib oʻtiribsiz? Xalqning soliq pullaridan moliyalashtirilayotgan partiyangiz unda nimaga kerak? Fikrlashingizni oʻzgartiring, xalq sizga dushman emas. Yana oʻzingiz bilasiz...

@pulatov_kh
АйPulatov
​Alisher Qodirovning Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida roʻy bergan nizoga munosabati ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda. “Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan qoʻpol qonun buzilishi…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha, Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida fuqarolar va ichki ishlar xodimlari oʻrtasida janjal kelib chiqqanligi sababli Surxondaryo viloyat hokimi Toʻra Bobolov holatni oʻrganish uchun “Xalqobod“ mahallasiga tashrif buyurib, aholi bilan yuzma-yuz uchrashibdi.

@pulatov_kh
Forwarded from davletovuz
Oliy Majlis Senati raisi, O‘zbekistondagi eng yetuk ayol siyosatchilardan biri Tanzila Kamalovna Norbayeva Instagramda rasmiy sahifa ochibdilar.

Tanzila opa kabi yuqori martabali amaldorlarning Instagramda sahifa yurita boshlaganini faqat va faqat olqishlash mumkin.

Ularni kuzatish barcha uchun qiziq bo‘ladi.
https://instagram.com/tanzilanarbaeva
Telegram messendjeri kanallar, botlar yoki katta faol guruhlarga «rasmiy» maqomini berish qoidalarini e’lon qildi.

Qoidaga ko‘ra Telegram kanal yoki guruh egasining Youtube, Twitter, Facebook yoki Instagrammdagi sahifalari rasmiy maqomga ega bo‘lishi shart.

Agar qaysidur ijtimoiy tarmoqda sahifangiz bo‘lmasa, «Vikipediya»da sahifangiz bo‘lishi kerak va u yerda sahifalaringizga havola ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

@pulatov_kh
Forwarded from Mr Freeman
Сиздаям шундай бўлиб турадими? Масалан, нотаниш бир инсон сизга ёзади:

- Салом брат, яхшимисиз? Битта савол берсам майлими?

- Ваалайкум ассалом, - дейсиз жавобан, - албатта, бўлади. Бераверинг.

- Билмайсизми брат, квант механикаси ва умумий нисбийлик назариясини ягона ўзига мос келадиган назарияга бирлаштириш мумкинми?

- ??????


Блогерни леббой саволнинг жавобини билади, деб ўйлашади-ей шунақа инсонлар)
Chellendj qabul qilindi.😉

Men ham el qatori boshqa ishga o'tdim. Loukoster ochaman


@pulatov_kh
Forwarded from Mass-media fondi
Tuhmat va haqorat uchun jinoiy javobgarlikni yengillashtirish yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PQ-4551-sonli qarori asosida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoiy jazo turini tayinlashni bekor qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilgan edi.

Fuqarolik jamiyatining vakili sifatida Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tuhmat yoki haqoratning har qanday shakli uchun ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoning bekor qilinayotganini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, fond tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhdagi jurnalist va blogerlarning fikrlarini inobatga olib, tuhmat yoki haqoratga oid jinoiy javobgarlikni belgilash masalasi yuzasidan yana quyidagi takliflarni bildirmoqchimiz:

Bizning fikrimizcha, eng avvalo ommaviy axborot vositalari orqali tuhmat yoki haqorat qilganlik uchun Jinoyat kodeksida belgilangan alohida og‘irlashtiruvchi qismni chiqarib tashlash lozim. Hozirgi holatda OAV orqali qilingan tuhmat yoki haqorat to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. Mazkur og‘irlashtiruvchi qismni chiqarib tashlab, jurnalistlar uchun dastlab jinoiy emas, balki ma’muriy javobgarlikni belgilash maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Ikkinchidan, amaldagi Jinoyat kodeksida tuhmat yoki haqorat uchun belgilangan jarima jazosi miqdorlari juda katta. Jumladan, umumiy holatda 44 mln so‘mgacha, og‘irlashtiruvchi holatda esa 133 mln so‘mgacha jarima belgilangan. Shu sababli mazkur jarima miqdorlarini keskin kamaytirish maqsadga muvofiq.

Uchinchidan, amaldagi qonunchilikda haqorat qilish jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda sodir etilgan bo‘lsa, bu og‘irlashtiruvchi band sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. Lekin aksincha o‘z xizmat burchini bajarayotgan shaxslar boshqa fuqarolarni haqorat qilsa, bu dastlab ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Ushbu holat ijtimoiy adolat nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqilishi va mazkur kichik bandni chiqarib tashlash taklif etiladi.


@massmediauz