Kitobxonga

Bu kitob saratondan umri tugab borayotgan 20 yoshli afg`on bolasining kechmishi haqida so`zlaydi. Bu kitob - inson umri bir chaqaga arzimaydigan, o`lim har nafasda orqadan izma-iz quvib yuradigan makonga sayohat. Bu kitob – hali tug`ilmasdanoq o`limga mahkum etilgan bir go`zal muhabbat tarixi. Bu kitobni mutolaa qilish oson emas, axir har yangi bobda qahramon yaqinlaridan ayriladi. Biroq bu kitobni oxirigacha o`qishga o`zida kuch topa olgan odam qahramonning boshidan ne savdolar o`tganini bilib oladi. Bu kitob yaqinlaridan saraton sababli ajralgan yoki ularni yo`qotishdan qo`rqadigan insonlar uchun, bu hikoya jismoniy azoblar qalbiga qo`rqinch solgan kitobxonlarga oz bo`lsada tasalli beradi va yaqinlarining o`limi haqidagi o`ylarga ko`na olmayotgan insonlarga ruhan dalda bo`ladi.

Mening ismim Ashraf, kambag`al afg`on oilasida tug`ilgan 4-farzandman. Esimni taniganimdan buyon yurtimizda urush shamoli esadi. Bolaligimizdan Qobuldagi portlashlar-u o`q ovozlariga o`rganib qolganmiz. O`lim doim yonma-yonligini his etib shuni tushundimki, urushsiz o`tgan kunimni eslayolmas ekanman. Bor-yo`q ko`rganim bu shaharning qamal qurshovida alanga olgani, tutundan bo`g`ilgan shahar aholisi. Opalarim va qo`shni bolalar bilan yerto`laga berkinib, tirik qolish va ertangi kunni ko`rish umidida yurgan onlarim hali hamon yodimda. Bir-birimizga kelajak rejalarimiz, bo`lg`usida kim bo`lishimiz va bundan 15-20 yildan so`ng qayerda yashashimiz to`g`risida suhbat qurardik. O`z xayolot olamimizda sayohat qilib biroz bo`lsada hozirgi kun dahshatlarini esdan chiqarardik.

Ota-onamning ilk farzandi o`lik tug`ildi, akamni ko`rish, u bilan birga o`ynash menga nasib etmadi. Otam “Uni bizga Olloh berdi va o`zi qaytib oldi” deya o`g`lining o`limini munosib qarshi oldi, onam esa uzoq vaqt yig`ladi, o`g`lining vafotidan hech o`ziga kela olmadi. Mening otam Abdulboqi G`anixon dunyodagi eng badavlat inson edi – uning 3ta qiz farzandi bor edi. U opalarimni judayam yaxshi ko`rardi, doim ularni asrab-avaylardi, ular bilan mag`rurlanardi, lekin bu boshqa oilalar uchun unchalik odatiy hol emasdi. Afg`on oilasida qachonki qiz bola dunyoga kelsa, uni uzoqroq xonalardan biriga yashirib, bu kunni qora motam kuni deya hisoblashadi, bechora onaga esa barcha qarindoshlar hamdardlik bildiradi.

Otamdan erta judo bo`ldim, u Qobulning obro`li imomi edi. Buxorodagi Mir Arab madrasasida tahsil olib, Islom dinining haqiqiy bilimdoni edi va u tolibon hukumatiga qarshi turdi. U o`zining notiqlik san`ati bilan mashhur edi. Uning jumadagi va’zlari namozxonlarda shunday taassurot qoldirardiki, hatto qo`shni qishloqlardan uni tinglash uchun ataylab xo`tiklarda yoki piyoda bo`lsa ham uzoq yo`l yurib kelishardi.

Yetti yoshga to`lgan kunim biz otam bilan juma namoziga chiqdik. Otam xutba o`qiyotgan paytida uni tolibonlar qo`mondoni Nur Hakmalning odamlari qo`lga oldi. Nur Hakmal – u Najibullo va akalarining qontalash bo`lgan tanalarini prezident saroyining darvozalariga osib qo`ygan o`sha beshafqat qo`mondon.
Otam prezidentning ishlarini qoralardi, uni davlat xoini deb hisoblardi. Qobulliklar ham hech uni yoqtirmasdi.

@pulatov_kh
👍1
Bir kuni Hakmalning shotirlari masjidga qurol bilan bostirib kirdi, otam ularga to`sqinlik qilmoqchi bo`ldi-yu, ammo unga hech kim e`tibor bermadi. Qatorlar orasdan ular tezgina o`tib, minbar yonida paydo bo`lishdi va otamning yuziga Kalashnikov avtomati bilan zarba berishdi. Natijada otam karaxt holga tushdi va uning yuzi qon bilan bo`yaldi. U yerdagilardan hech kim jangarilarga bir so`z ham deyolmadi, hamma o`zi va yaqinlarining hayotidan xavotirda edi.

O`sha damda men uchun butun borliq tosh qotdi, barchasi ostin-ustun bo`lib ketdi. Yig`lagim, baland ovozda qichqirgim keldi, ammo og`riqdan ovozim bo`g`ilib qolgandi. Bu daqiqalarni bir zum ham unuta olmayman. Otamdan ko`zimni uzolmasdim. Soniya sayin nafas olishim qiyinlashib borar, xuddi bu bir umrga cho`zilgandek tuyulardi. Biz otam bilan bir-birimizga juda o`xash edik, bir-birimizni mudom to`g`ri tushunardik.


 U mening eng yaxshi maslahatgo`yim edi, men unga dilimdagi bor gaplarni bemalol ayta olar, u esa doim menga taskin berish uchun to`g`ri so`zlarni topa olardi.

Mening hayotimda birdan-bir umidim qolgandi – u ham bo`lsa onam. Og`ir damda onamning qo`llaridagi taft mening qalbimga najot urug`ini ekdi. Ko`pchilik afg`on ayollaridan farqli o`laroq, tabiat onamni yorqinroq ko`rinishdagi teri rangi bilan siylagandi, u go`yoki nur taratib turgan chinnidek edi. Opalarim bilan ularning sevgi qissalarini bir nafasda eshitardik, oqshomlari otamning atorofida bir qator bo`lib tizilib, uning mayin yoqimli ovozidan bahra olardik. Onamning ismi, Jamila “go`zal, maftunkor” degan ma`noni anglatadi, otam uni doim erkalab Jani deb chaqirardi.

Men tug`ilgan yerda yoshlarning ko`ngli bilan hech kim hisoblashmaydi, ularning taqdiri an’analarimizga muvofiq yoshi ulug` qarindoshlar tomonidan belgilanadi. Ota-onamga esa baxt kulib boqqan edi, ularni ishq birlashtirdi. Ilk bor ular onam buvisi bilan bozor qilib yurganda ko`rishishgan ekan. Sharq bozori bu necha aslardan buyon muqaddas sanalib kelinadigan joy, bu yerda kulib turgan yuzlarni uchratishingiz, rastalardagi turli xil mahsulotlardan, Qobul olma-anorlari-yu shaftolilarining xushbo`y hididan bahramand bo`lishingiz mumkin. Bozordagi kayfiyat sizni o`ziga rom etib, yanada ko`proq narsa sotib olishga undaydi.
Ular tarvuz-qovun rastasi yonida birinchi marta ko`rishib qolishgan. “Kep qoling, op qoling, yarmi asal, yarmi shakar” deb qichqirardi savdogar. Sarg`ish qovunlar yonginasida tarvuzlar yotardi, mahsulot shunchalik ko`pligidan savdogar ularni shundoqqina yerga qo`yib qo`ya qolgandi, “Keling, oling, ta'tib ko`ring” deya u xaridorlarni chorlardi.

Ota-onam uchun bir lahzalik nigohlar to`qnashuvi yetarli bo`ldi, ular bir-birini yoqtirib qolganliklarini allaqachon fahmlagan edilar. O`sha paytda otam onamga hozir biz uchun kechalari o`qib beradigan she`rlarini yo`llar edi. Otam tanlagan qiz bobom va buvimga juda ma`qul tushgandi va ularning baxtiga hech qanday to`siq yo`q edi… Ammo...

@pulatov_kh
Forwarded from Davr24
O‘zbekistonlik dasturchi O‘zAga taklif bilan chiqdi

Axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis Alisher Tadjiyev O‘zbekiston milliy axborot agentligiga o‘ziga xos murojaat bilan chiqdi.

«Assalomu alaykum hurmatli O'zbekiston Milliy Axborot Agentligi!

Men ko’p yillik tajribamga tayanib Sizlarning saytingizni yanada takomillashtirib, davlatimiz byudjetiga 5,4 milliard so’mlik foyda keltirmoqchiman.

Saytingizni qilib berishda O’zbekistondagi eng yuqori malakaga ega bo’lgan kompaniyalarda ishlaydigan do’stlarim(senior’lar) ham ko’maklashadi.

Faqat bir iltimos bor, shu ajratilgan summani barchasini homiylik asosida kontrakt pulini to’lashga qiynalgan talabalarga ajratsangiz.

Biz jamoamiz bilan tayyormiz!»
, — deb yozgan dasturchi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zA axborot portali yaratish va unga zarur texnikalarni sotib olish uchun 5,4 milliard so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan Vazirlar Mahkamasi farmoyishini muhokamaga qo‘ygan edi.

P.S. Ayrim mutaxassislarning fikriga ko‘ra O‘zA nazarda tutayotgan axborot portalini yaratish 100-150 million so‘mga tushadi.
Forwarded from Davr24
“Qoʻshni mahalla” faollari hamda Toshkentdagi Singapur menejment va rivojlanish instituti talabalari bilan birga xayriya ishini oʻtkazdik.

Toshkentda obodonlashtirish korxonalarida sovuqni sovuq, issiqni issiq demay mehnat qilayotgan 100dan ortiq yurtdoshlarimiz uchun bayram tashkillashtirdik. Bir piyola choy va bir choʻqim osh ustida dildan suhbatlashdik.

Bu gaplarni yozishdan maqsad — maqtanish yoki qilingan xayrli ishni koʻz-koʻz qilish emas. Aslo! Shunchaki, barchani jamiyat uchun katta foyda keltirsa-da, kamtarona maoshga ishlab yurgan insonlarga mehrli, eʼtiborli boʻlishga chorlamoqchimiz.

Boringizga shukr!
Forwarded from Davr24
“Qoʻshni mahalla” faollari hamda Toshkentdagi Singapur menejment va rivojlanish instituti talabalari «biz bolmasa, kim?» xayriya fondi bilan birga tadbir oʻtkazdik.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Jurnalist yoki bloger matbuotda gapirgan gapi uchun qamalishi kerak emas!” - Komil Allamjonov.

“Ular” loyihasining navbatdagi soni eʼlon qilindi, Komil Allamjonov bilan boʻlgan suhbatni quyidagi havola orqali toʻliq koʻrishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=MW7-XUBahIM
Forwarded from Madina Nurman
Tengdoshlarimiz ichida kimlarni o'qiyman?

📝 Jurnalist Alisher Ro'zioxunov
👩🏻‍💻 Marketolog Samira Latipova
🖥 Bloger-dizayner Nurjahon Farmonov
📝 Jurnalist-bloger Mirzayor Erkinov
📝 Jurnalist Feruza Avazova
📲
Bloger Hikmatilla Po'latov
📲
Bloger Kapgir'
📝 Jurnalist Saidaziz A'zamov
📲 Bloger Javohir Abdullayev
🖥 Dasturchi-dizayner Murodxo'ja Murodov

Jurnalist Shuhrat Latipov ham Telegramda kanal ochsa zo'r bo'lardi. Mayli, Shuhrat, bu shunchaki taklif. 🙂
Forwarded from Davr24
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Saida Mirziyoyeva Dubayda bo'lib o'tayotkan butunjahon ayollar forumida nutq so'zlamoqda.

“Biz bir-birimizdan o'rganishimiz, bir-birimizga kuch berishimiz va ilhom berishimiz, jamiyatimizdagi ayollarning insoniyat tsivilizatsiyasi rivojiga o'z hissalarini qo'shishlari uchun ularning rolini kuchaytirishni o'rganish uchun kelganmiz. O'ylaymanki, o'zbekistonlik ayollarning dunyoga aytadigan gaplari bor, ular insoniyatning iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga salmoqli hissa qo'sha oladilar ”.
Alisher Qodirovning Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida roʻy bergan nizoga munosabati ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

“Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan qoʻpol qonun buzilishi, jamoat tartibiga putur yetkazish harakatlari qonunlarimizga ham, qadriyatlarimizga ham zid boʻlgan jinoyat sifatida baholanishi kerak”.

Siz jinoyatchi, deb aytayotgan oʻsha fuqarolar, oʻzidan oʻzi davlat xodimni kaltaklab ketmagandir? Albatta, davlat xodimni kaltaklash toʻgʻri emas! Lekin kaltaklaganlar, qonunlarni qoʻpol buzganlar faqat oddiy fuqarolar emasdir? Rasm, videolarni koʻrgandirsiz, yuzi qonga belangan fuqarolar...

Alisher aka, siz birinchi navbatda xalqni himoya qilishingiz kerak! Chunki oʻsha “jinoyatchilar” sizni saylagan. Ha, aytgancha, siz meni saylamagansiz, bundan keyin ham saylamaysiz, deb yozibsiz. Alisher aka, sizni unda kim sayladi?

Nega fuqarolarni jinoyatchiga chiqardingiz? Tergov boʻldimi? Sud hukmi oʻqildimi? Qonunchilikni mendan koʻra yaxshi bilasiz! Menga sizning yondashuvingiz umuman maʼqul kelmadi. Qars ikki qoʻldan chiqadi. Bir tomonni aybdor sanash, siz rahbarlik qilayotgan partiyani qarashlariga ham toʻgʻri keladimi? Aybdor kimligini bilsangiz, hujjat bilan isbotlab yozing.

“AQSHda koʻrsatma bajarilmasa, otib tashlash huquqi berilgan. Bizda unday emas-ku!”
AQSHda xususiy mulk dahlsizligi bor! Shu gapni oʻzi yetadi, menimcha.

“Men sizni umidvor qilmaganman, mendan hech narsa kutmang”.
Alisher aka, shundoq ham sizdan umidimiz katta emas edi. Bu gapingizdan keyin o‘ylab qoldim, sizdan hech narsa kutmas ekanmiz, nima qilib Milliy tiklanish demokratik partiyasi yetakchisi boʻlib oʻtiribsiz? Xalqning soliq pullaridan moliyalashtirilayotgan partiyangiz unda nimaga kerak? Fikrlashingizni oʻzgartiring, xalq sizga dushman emas. Yana oʻzingiz bilasiz...

@pulatov_kh
АйPulatov
​Alisher Qodirovning Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida roʻy bergan nizoga munosabati ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda. “Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan qoʻpol qonun buzilishi…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha, Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida fuqarolar va ichki ishlar xodimlari oʻrtasida janjal kelib chiqqanligi sababli Surxondaryo viloyat hokimi Toʻra Bobolov holatni oʻrganish uchun “Xalqobod“ mahallasiga tashrif buyurib, aholi bilan yuzma-yuz uchrashibdi.

@pulatov_kh
Forwarded from davletovuz
Oliy Majlis Senati raisi, O‘zbekistondagi eng yetuk ayol siyosatchilardan biri Tanzila Kamalovna Norbayeva Instagramda rasmiy sahifa ochibdilar.

Tanzila opa kabi yuqori martabali amaldorlarning Instagramda sahifa yurita boshlaganini faqat va faqat olqishlash mumkin.

Ularni kuzatish barcha uchun qiziq bo‘ladi.
https://instagram.com/tanzilanarbaeva
Telegram messendjeri kanallar, botlar yoki katta faol guruhlarga «rasmiy» maqomini berish qoidalarini e’lon qildi.

Qoidaga ko‘ra Telegram kanal yoki guruh egasining Youtube, Twitter, Facebook yoki Instagrammdagi sahifalari rasmiy maqomga ega bo‘lishi shart.

Agar qaysidur ijtimoiy tarmoqda sahifangiz bo‘lmasa, «Vikipediya»da sahifangiz bo‘lishi kerak va u yerda sahifalaringizga havola ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

@pulatov_kh
Forwarded from Mr Freeman
Сиздаям шундай бўлиб турадими? Масалан, нотаниш бир инсон сизга ёзади:

- Салом брат, яхшимисиз? Битта савол берсам майлими?

- Ваалайкум ассалом, - дейсиз жавобан, - албатта, бўлади. Бераверинг.

- Билмайсизми брат, квант механикаси ва умумий нисбийлик назариясини ягона ўзига мос келадиган назарияга бирлаштириш мумкинми?

- ??????


Блогерни леббой саволнинг жавобини билади, деб ўйлашади-ей шунақа инсонлар)