Publication_uz
15.9K subscribers
1.51K photos
101 videos
168 files
1.64K links
Ilmiy brendingizni biz bilan birga yarating.

Murojaat va takliflar uchun: https://t.iss.one/publicationu
Download Telegram
Qaysi Scopus yoki Web of Science ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda maqolalar chop qilyapsiz?

Balkim Siz maqolangizni soxta(klon) veb-saytga ega Scopus yoki Web of Science ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda chop qilgandirsiz?

Balkim Siz chop qilmoqchi bo'lgan jurnal Scopus yoki Web of Science ma'lumotlar bazasidan chiqib ketishi kutilyotgandir?

Balkim Siz maqola chop qilmoqchi bo'lgan OAK ro'yxatidagi jurnalning soxta(klon) veb-sayti mavjuddir?

Balkim Siz o'zingizni aldanganingiz va mashenniklar qurboni bo'lganingizdan xabaringiz ham yo'qdir?

📨 Soxta(klon) veb-saytga ega jurnallarga qarshi aktiv kurashish va mualliflarimizni bunday jurnallardan himoya qilish maqsadida Sizga taklif qilinayotgan Scopus, Web of Science va OAK ro'yxatidagi jurnallar haqida bizga ma'lumotlar yuboring va 48 soat ichida Sizga jurnal haqida aniq ma'lumotlar beriladi.

❗️Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul!

✈️ Murojaat: @publicationu
📱 Telegram: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEYVfyROKAjdr3FzLA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangidan-yangi laxatronlar, lekin qurboni yana o'zimizning mualliflar!

📣 Web of Science ma'lumotlar bazasida ham juda ko'plab jurnallarning soxta(klon) veb-saytlari faoliyat olib bormoqda. Jurnal tanlashda juda e'tiborli bo'ling!

♻️ Hozirgi vaqtda juda ko'plab soxta jurnal va haqiqiy jurnallarning soxta(klon) veb-saytlari faoliyat ko'rsatmoqda.

❗️Ayniqsa, Web of Science va Scopus ma'lumotlar bazasidagi jurnallarning ham soxta(klon) veb-saytlari mavjud.

📚 Masalan, "TELEMATIQUE" jurnali Web of Science ma'lumotlar bazasidagi aktiv jurnal hisoblanadi.

Bugungi kunda bu jurnalning soxta(klon) veb-sayti ham yaratilgan bo'lib, afsuski juda ko'plab mualliflarimiz allaqachon jurnalning soxta(klon) veb-sayti qurboniga aylanib bo'lishgan.

🌐 Jurnalning rasmiy veb-sayti:
https://ojs.urbe.edu/index.php/telematique

🚫 Jurnalning soxta(klon) veb-sayti:
https://www.provinciajournal.com/index.php/telematique

⌛️ Jurnalning soxta(klon) veb-sayti yaratilganiga ko'p bo'lmagan, aniqrog'i 2022 yil 30 iyun kuni ro'yxatga olingan(rasmga qarang).
Asos:
https://www.whois.com/whois/provinciajournal.com

🌐 Shuningdek, jurnalning Web of Science ma'lumotlar bazasidagi profilidan rasmiy veb-saytiga o'tuvchi havolada ham jurnalning rasmiy veb-sayti deb quyidagi veb-sayt ko'rsatilgan:
https://ojs.urbe.edu/index.php/telematique

🔍 Eng qiziq tomoni indeksatsiya qilingan va jurnalning rasmiy veb-saytida e'lon qilingan maqolalar orasida birorta ham mamlakatimiz mualliflarining maqolalarini keltirilmagan.

❗️Ogoh bo'ling odamlar ogoh bo'ling. Soxta(klon) veb-saytlarga ega jurnallar qurboniga aylanib qolmang!

Biz hech qachon mualliflarimizni ochiqdan-ochiq aldashlariga yo'l qo'ymaymiz!

📨 Agar Siz maqolangizni chop qilgan yoki chop qilishni rejalashtiryotgan jurnalning joriy holati yoki soxta(klon) veb-sayti mavjudligida shubhalansangiz biz bilan bog'laning.

✈️ Murojaat: @publicationu
📱 Telegram: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEYVfyROKAjdr3FzLA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍 Scopus ma'lumotlar bazasida o'z aktivligini yo'qotgan va Web of Science ma'lumotlar bazasidagi treddagi jurnallar!

Xabaringiz bor "European Chemical Bulletin" jurnali Scopus ma'lumotlar bazasida o'z aktivligini yo'qotgan, ya'ni bazadan chiqib ketgan.

🌐 Asos:
https://www.elsevier.com/solutions/scopus/how-scopus-works/content

❗️"European Chemical Bulletin" jurnalida 2023 yilda chop qilingan mamlakatimiz mualliflarining maqolalari "scopus" maqola deb tan olinmaydi. Chunki birorta maqola ham Scopus ma'lumotlar bazasiga indeksatsiya qilinmagan.

📨 Ushbu masala bo'yicha Scopus mijozlarni qo'llab-quvvatlash markaziga yuborgan "230811-000511" raqamli xatimizga berilgan javob xatida ham bu yana bir marta tasdiqlandi.

Biz ushbu holatni yanada aniqlashtirish maqsadida Scopus muharrirlar kengashiga va Scopusning jurnallarni qayta ko'rib chiqish markaziga murojaatlar yubordik.

🔍 Web of Science ma'lumotlar bazasidagi jurnal deb reklama qilinuvchi "Rivista Italiana di Filosofia Analitica Junior(ISSN: 2037-4445)" jurnali bilan ham qiziq holatlar sodir bo'lmoqda.

❗️Birinchidan maqola chop qilish muddatining juda qisqaligi bo'lsa, ikkinchidan jurnalning veb-sayti deb iddao qilinayotgan veb-saytga joylashtirilgan maqolalarning tartibsiz rasmiylashtirilishida bo'lmoqda.

🌐 Eng qiziqi uning veb-sayti deb e'tirof qilinayotgan "
https://rifanalitica.it/index.php/journal" veb-sayti 2023 yil 24 iyun kuni ro'yxatga olingan. Juda qiziq!!!
Asos:
https://www.whois.com/whois/rifanalitica.it

Biz ushbu holatni aniqlashtirish maqsadida jurnalning rasmiy nashriyoti "Milano University Press" ga murojaatlar yubordik.

⌛️ Har ikkala holat bo'yicha yakuniy xulosalarimizni ertaga kanalimizda e'lon qilishni rejalashtiryapmiz.

✈️ Murojaat: @publicationu
📱 Telegram: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEYVfyROKAjdr3FzLA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌐 Ilmiy maqolalarni tayyorlashda foydalaniladigan asosiy ma'lumotlar bazalari va dasturiy vositalar!

🎯 Scopus sari ilk qadam nomli online kursimizda mualliflarimizga ilmiy maqolalarni tayyorlashda foydalaniladigan asosiy ma'lumotlar bazalari va dasturiy vositalar o'rgatiladi.

Asosiy maqsad - Scopus ma’lumotlar bazasidagi jurnallarda bepul maqolalar chop qilish ko’nikmalarini shakllantirish, shuningdek soxta(klon) veb-saytga ega jurnallarni aniqlash va ulardan himoyalanishga qaratilgan.

🔝 Kursimiz mobaynida Sizning ilmiy dunyoqarashingiz tubdan o'zgarishi kafolatlangan!

✈️ Murojaat: @publicationu
📱 Telegram: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEYVfyROKAjdr3FzLA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣Pulga maqola chop qilishni to'xtating. Bepul, garantiyali va tematik Yevropa ilmiy jurnallari!

📨 Sizlarning har bir taklif va murojaatlaringiz biz uchun muhimdir. Juda ko'plab murojaatlarga javoban endilikda kanalimiz orqali maqola chop qilish bepul bo'lgan tematik va garantiyali ilmiy jurnallar ro'yxatini berib borishga harakat qilamiz.

Ushbu jurnallarda maqola chop qilishda hech qanday to’lov talab qilinmaydi va shunchaki maqolangizni jurnal talablari bo'yicha rasmiylashtirib jurnalga taqdim qilsangiz bo'lgani.

📚Jurnal nomi: European Journal of Educational Management
🌐 Jurnal veb-sayti:
https://www.eujem.com/submission

📚Jurnal nomi: European Journal of Psychology and Educational Research
🌐 Jurnal veb-sayti:
https://www.ejper.com/submission

📚Jurnal nomi: European Journal of English Language Studies
🌐 Jurnal veb-sayti:
https://www.ejels.com/submission

Maqolangizni yuborishdan oldin jurnalning veb-sayti orqali ro'yxatdan o'ting. Keyin maqolangizni shu yerdan yuborishingiz mumkin.

📨 Ushbu postni o'zingizga tanish guruhlarga va yaqinlaringizga ulashing!

✈️ Murojaat: @publicationu
📱 Telegram: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEYVfyROKAjdr3FzLA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Scopus ma’lumotlar bazasidagi jurnallarning maqola chop qilishdan oldin tekshiriladigan asosiy parametrlari!

Ilmiy maqolalarni Scopus va Web of Science ma'lumotlar bazalaridagi jurnallarda chop qilish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Jurnallar tanlash va maqolalarni chop qilish Siz o'ylaganingizdek tez va oson amalga oshmaydi.

🔍 Lekin ko'pchilik hollarda ayrim mualliflarimiz umumiy prinsplarga amal qilmaydi va jurnallarni tekshirmasdan maqolalarini soxta yoki klon veb-saytga ega jurnallarda chop qilishadi.

🌐 Indeksatsiya siyosati va standartlariga ko'ra chop qilingan maqolalar jurnal veb-saytlarida e'lon qilingandan so'ng biroz vaqt o'tgandan keyingini Scopus yoki Web of Science ma'lumotlar bazalariga indeksatsiya qilinadi.

🚫 Tabiiyki soxta yoki klon veb-saytga ega jurnallarda chop qilingan maqolalar bundan mustasno.

⌛️ Mualliflarimizning e'tiborsizligi yoki boshqa sabablarga ko'ra o'zlarining soxta jurnallar qurboni bo'lganini 1-2 oy, ba'zan bir necha yildan keyingina anglab yetishadi.

Siz nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki ilmiy jihatdan ham juda katta yo'qotishga uchraysiz. Uning kelgusi potensial xavflari esa Siz o'ylaganingizdan ham daxshatlidir.

💯 Har doim takidlab kelayotgan umumiy prinsplarimiz aslo o'zgarmaydi: iloji boricha maqola chop qilish bepul bo'lgan Scopus va Web of Science ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda maqolalar chop qiling. To'g'ri Siz vaqt jihatdan yutqazishingiz mumkindir, lekin Siz ham iqtisodiy, ham ilmiy jihatdan kafolatli natijaga erishasiz.

📌 Qanaqadir hisobotlar yoki qanaqadir shartnomalar uchun ilmiy maqolangizni qurbon qilmang!

❗️Unutmang! Chop qilingan maqolangiz Sizning bir umrlik ilmiy indikatoringizdir!

✈️ Murojaat: @publicationu
📱 Telegram: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEYVfyROKAjdr3FzLA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Qanaqadir xatlar bilan Sizni chalg'itishlariga aslo yo'l qo'ymang! Birorta jurnalni aynan tan olinishi bo'yicha xatlar berilmagan.

❗️ Keyingi vaqtlarda turli MCHJlar tomonidan OAK tomonidan berilgan xatlarni niqob qilib, o'zining jurnallarini aynan OAK ro'yxatidagi xorijiy jurnallar deb e'tirof etayotgan va asl maqsadi mualliflarimizni chalg'itishga qaratilgan ko'plab e'lonlarga ko'zimiz tushmoqda.

🔍 Xatlarga e'tibor berib qarasangiz deyarli hammasi bir xil namunada va xatning mazmunida OAK tomonidan faqat umumiy standartlar va talablar eslatilayotganini ko'rish mumkin.

📨 Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak asosiy urg'u OAKning dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro'yxati 3-betidagi eslatmaga qaratilyapti.

📥 Agar Siz ham jurnalingiz bo'yicha OAKga murojaat qilsangiz huddi shunday mazmundagi xatni olishingiz mumkin. Bu olgan xatingiz hech qanaqasiga Sizning jurnalni OAK 100% tan oladi degani emas.

❗️Unutmang faqat quyidagi holatlardagina jurnal aynan OAK jurnali deb tan olinadi:

1. Agar jurnal nomi
OAK ro'yxatiga kiritilgan bo'lsa;

2. OAKning rasmiy veb-saytida OAK ro'yxatiga qo'shimcha qilib kiritilgan bo'lsa:
https://oak.uz/pages/4802

🔍 Shuningdek, maqola chop etilgan paytda xalqaro miqyosda faoliyat koʼrsatadigan yirik nashriyotlar yoki maʼlumotlar bazasi asosida «impakt faktor»ga ega boʼlgan ilmiy jurnallarda nashr etilgan maqolalar
OAK Roʼyxati tarkibiga kiritilgan ilmiy jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar sifatida qabul qilinadi.

❗️ O'z manfaatingiz uchun qanaqadir xatlar bilan mualliflarimizni chalg'itmang. Xatning mazmuni boshqa ekanligini o'zingiz ham juda yaxshi bilasizku!

Biz bu holatlarga jiddiy e'tibor qaratamiz va tez kunda har bir jurnal haqida alohida o'rganish natijalarini e'lon qilamiz.

✈️ Murojaat: @publicationu
📱 Telegram: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEYVfyROKAjdr3FzLA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣Pulga maqola chop qilishni to'xtating. Bepul, garantiyali va tematik ilmiy jurnallar!

📨 Sizlarning har bir taklif va murojaatlaringiz biz uchun muhimdir. Juda ko'plab murojaatlarga javoban endilikda kanalimiz orqali barcha sohalar bo'yicha maqola chop qilish bepul bo'lgan tematik va garantiyali ilmiy jurnallar ro'yxatini berib borishga harakat qilamiz.

Ushbu jurnallarda maqola chop qilishda hech qanday to’lov talab qilinmaydi va shunchaki maqolangizni jurnal talablari bo'yicha rasmiylashtirib jurnalga taqdim qilsangiz bo'lgani.

📚1. Jurnal nomi: Advanced Journal of Graduate Research
🌐 Jurnal veb-sayti:
https://journals.aijr.org/index.php/ajgr/about/submissions

📚2. Jurnal nomi: Journal of Modeling and Simulation of Materials
🌐 Jurnal veb-sayti:
https://journals.aijr.org/index.php/jmsm/about/submissions

📚3. Jurnal nomi: Advanced Nano Research
🌐 Jurnal veb-sayti:
https://journals.aijr.org/index.php/anr/about/submissions

📚4. Jurnal nomi: Journal of Modern Materials
🌐 Jurnal veb-sayti:
https://journals.aijr.org/index.php/jmm/about/submissions

Maqolangizni yuborishdan oldin jurnalning veb-sayti orqali ro'yxatdan o'ting. Keyin maqolangizni shu yerdan yuborishingiz mumkin.

📨 Ushbu postni o'zingizga tanish guruhlarga va yaqinlaringizga ulashing!

✈️ Murojaat: @publicationu
📱 Telegram: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEYVfyROKAjdr3FzLA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍 Vaqtinchalik indeksatsiya qurbonlari, yohud Scopus ma'lumotlar bazasidan o'chirilgan maqolalar!

📣 Scopus bazasiga indeksatsiya qilinmagan yoki bazadan o'chirilgan maqolalar jamoatchilik tomonidan "scopus" maqola sifatida tan olinmaydi.

🚫 Boshqacha qilib aytganda maqolangiz bir muddat bazada turadi, jurnal bazadan chiqib ketgandan keyin maqolangiz bazadan olib tashlanadi va hamma qilgan ishlaringiz "nol"ga teng bo'ladi.

💯 Masalan "International Journal of Health Sciences" va "Webology" ilmiy jurnallarida 2022 yilda chop qilingan maqolalar "scopus" maqola sifatida tan olinmaydi.

Chunki, "International Journal of Health Sciences" va "Webology" ilmiy jurnallarida 2022 yilda indeksatsiya qilingan mualliflarimizning barcha maqolalari Scopus ma'lumotlar bazasidan o'chirilgan.

🌐 Tekshirish uchun Scopus havola(International Journal of Health Sciences):
https://www.scopus.com/sourceid/21101052764
🌐 Tekshirish uchun Scopus havola(Webology):
https://www.scopus.com/sourceid/4400151723

📚 "International Journal of Special Education" jurnalining soxta(klon) veb-saytidan indeksatsiya qilingan barcha maqolalar ham Scopus ma'lumotlar bazasidan o'chirilgan.

🚫 Jurnalning soxta(klon) veb-sayti(International Journal of Special Education):
https://www.internationaljournalofspecialeducation.com

❗️ Shuning uchun bu jurnallarda chop qilingan maqolalar 2022 yil uchun "scopus" maqola sifatida tan olinmaydi.

🔍 P.s: Maqolangizni qandaydir vositachilar orqali hech qachon Scopus ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda chop qilmang! Katta extimol bilan aldanib qolasiz. Chunki ular taklif qiladigan jurnallar bazada aktivligini yo'qotgan yoki soxta(klon) veb-saytlarga ega jurnallar bo'lib chiqadi.

Ogoh bo'ling. Vaqtinchalik indeksatsiya qurboniga aylanib qolmang!

✈️ Murojaat: @publicationu
📱 Telegram: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEYVfyROKAjdr3FzLA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣Pulga maqola chop qilishni to'xtating. Bepul, garantiyali va tematik ilmiy jurnallar!

📨 Sizlarning har bir taklif va murojaatlaringiz biz uchun muhimdir. Juda ko'plab murojaatlarga javoban endilikda kanalimiz orqali maqola chop qilish bepul bo'lgan tematik va garantiyali ilmiy jurnallar ro'yxatini muntazam berib boramiz.

Ushbu jurnallarda maqola chop qilishda hech qanday to’lov talab qilinmaydi va shunchaki maqolangizni jurnal talablari bo'yicha rasmiylashtirib jurnalga taqdim qilsangiz bo'lgani.

1. International Journal of Scientific Research in Multidisciplinary Studies
🌐
https://www.isroset.org/journal/IJSRMS/online_submission.php

2. International Journal of Scientific Research in Biological Sciences
🌐
https://www.isroset.org/journal/IJSRBS/online_submission.php

3. International Journal of Scientific Research in Chemical Sciences
🌐
https://www.isroset.org/journal/IJSRCS/online_submission.php

4. International Journal of Scientific Research in Physics and Applied Sciences
🌐
https://www.isroset.org/journal/IJSRPAS/online_submission.php

5. International Journal of Scientific Research in Computer Science and Engineering
🌐
https://www.isroset.org/journal/IJSRCSE/online_submission.php

6. World Academics Journal of Engineering Sciences
🌐
https://www.isroset.org/journal/WAJES/online_submission.php

7. International Journal of Medical Science Research and Practice
🌐
https://www.isroset.org/journal/IJMSRP/online_submission.php

8. World Academics Journal of Management
🌐
https://www.isroset.org/journal/WAJM/online_submission.php

Maqolangizni yuborishdan oldin jurnalning veb-sayti orqali ro'yxatdan o'ting. Keyin maqolangizni shu yerdan yuborishingiz mumkin.

📨 Ushbu postni o'zingizga tanish guruhlarga va yaqinlaringizga ulashing!

🟢 Murojaat: @publicationu
📱 Telegram: @publish_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sentabr oyidagi bepul vebinarimiz qanday mavzuda bo'lishini xoxlaysizlar?
anonymous poll

Maqola chop qilish bepul bo'lgan jurnallar(Scopus) – 173
👍👍👍👍👍👍👍 67%

Soxta impakt faktorli jurnallardan himoyalanish – 45
👍👍 17%

Jurnallarning tekshiriladigan asosiy parametrlari(Scopus) – 41
👍👍 16%

👥 259 people voted so far.
📣 Maqola chop qilish bepul bo'lgan jurnallar(2023 yil dekabr oyigacha)!

📨 Sizlarning har bir taklif va murojaatlaringiz biz uchun muhimdir. Juda ko'plab murojaatlarga javoban endilikda kanalimiz orqali maqola chop qilish bepul bo'lgan tematik va garantiyali ilmiy jurnallar ro'yxatini muntazam berib boramiz.

Ushbu jurnallarda maqola chop qilishda hech qanday to’lov talab qilinmaydi va shunchaki maqolangizni jurnal talablari bo'yicha rasmiylashtirib jurnalga taqdim qilsangiz bo'lgani.

1. International Journal of Applied Science Research
🌐
https://ijasr.forexjournal.co.in

2. International Journal of Clinical & Pharmaceutical Research
🌐
https://ijcpr.forexjournal.co.in

3. International Journal of Mechanical Engineering Research
🌐
https://ijmer.forexjournal.co.in

4. International Journal of Civil Engineering Research
🌐
https://ijcer.forexjournal.co.in

Maqolangizni yuborishdan oldin jurnalning veb-sayti orqali ro'yxatdan o'ting. Keyin maqolangizni shu yerdan yuborishingiz mumkin.

📨 Ushbu postni o'zingizga tanish guruhlarga va yaqinlaringizga ulashing!

🟢 Murojaat: @publicationu
📱 Telegram: @publish_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Biz yana haq bo'lib chiqdik va biz hech qachon mualliflarimizni ochiqdan-ochiq aldashlariga yo'l qo'ymaymiz!

Aslida faoliyati 2018 yilda tugatilgan "Rivista Italiana di Filosofia Analitica Junior" jurnali rasman Web of Science ma'lumotlar bazasidan olib tashlandi!

📨 2023 yil 17 avgust kuni "Milano University Press" nashriyotiga va Web of Science mijozlarni qo'llab-quvvatlash markaziga yuborgan murojaatlarimizdan keyin "Rivista Italiana di Filosofia Analitica Junior" jurnali rasman Web of Science ma'lumotlar bazasidan olib tashlandi!

🔍 Mashenniklar tomonidan soxta(klon) veb-sayti yaratilgan bu jurnalning qurbonlari orasida o'zimizning mualliflarimizning ham borligi juda achinarli holatdir.

🚫 Jurnalning soxta(klon) veb-sayti:
https://rifanalitica.it/index.php/journal

🌐 Jurnalning rasmiy veb-sayti:
https://riviste.unimi.it/index.php/rifanalitica/index

❗️Jurnalning soxta(klon) veb-sayti 2023 yil 24 iyun kuni ro'yxatga olingan.
Asos:
https://www.whois.com/whois/rifanalitica.it

😊 Murojaatlarimizni o'z vaqtida ko'rib chiqqani uchun "Milano University Press" nashriyotiga va Web of Science mijozlarni qo'llab-quvvatlash markaziga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.

✈️ Murojaat: @publicationu
📱 Telegram: @publish_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Maqola chop qilish mutlaqo bepul bo'lgan jurnal!

📨 Sizlarning har bir taklif va murojaatlaringiz biz uchun muhimdir. Juda ko'plab murojaatlarga javoban endilikda kanalimiz orqali maqola chop qilish bepul bo'lgan tematik va garantiyali ilmiy jurnallar ro'yxatini muntazam berib boramiz.

Ushbu jurnalda maqola chop qilishda hech qanday to’lov talab qilinmaydi va shunchaki maqolangizni jurnal talablari bo'yicha rasmiylashtirib jurnalga taqdim qilsangiz bo'lgani.

📚International Journal of Research in Education and Science
🌐
https://www.ijres.net/index.php/ijres/login

🔍 Maqolangizni yuborishdan oldin jurnalning veb-sayti orqali ro'yxatdan o'ting. Keyin maqolangizni shu yerdan yuborishingiz mumkin.

📨 Ushbu postni o'zingizga tanish guruhlarga va yaqinlaringizga ulashing!

🟢 Murojaat: @publicationu
📱 Telegram: @publish_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Mualliflarimiz uchun muhim tavsiya!

🌐 Jurnalning qaroqchi(хищник) ekanligini aniqlovchi tizim:👇
https://140.113.207.51:8000

Asos:
https://www.nature.com/articles/s41598-023-30176-z

Shunchaki maqolangizni chop qilgan yoki chop qilishni rejalashtirayotgan jurnalning rasmiy veb-saytini tizimga kiriting.

🔍 Ushbu tizim Sizga "normal journal" yoki "suspected predatory journal" deb ma'lumot beradi.

😊 Siz maqolangizni qanday jurnallarda chop qilyapsiz. Bitta tekshirib ko'rmaysizmi?

🟢 Murojaat: @publicationu
📱 Telegram: @publish_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 OAK ro'yxatidagi AQSH jurnalining antiqa va soxta(klon) veb-sayti haqida!

😂 Mashenniklarimiz e'tiborsizlik qilib jurnalning soxta(klon) veb-saytini ro'yxatdan o'tkazishda "Farg'ona" viloyati deb qayd qilishgan.

🌐 "Computing Science and Technology International Journal" jurnali OAK ro'yxatiga 2015 yil kiritilgan. Lekin uning soxta(klon) veb-sayti 2023 yilda ro'yxatdan o'tkazilgan. Shuningdek, jurnal AQSHning "Scientific Research Publishing" nashriyotiga qarashli ekanligi ko'rsatilgan.
Asos:
https://oak.uz/userfiles/files/Nashrlar-royxati-2015.pdf

🚫 OAK ro'yxatidagi "Computing Science and Technology International Journal" jurnalining soxta(klon) veb-sayti:👇
https://cstij.org/index.php/j/aim

❗️Jurnalning soxta(klon) veb-sayti 2023 yil 4-fevral kuni ro'yxatdan o'tkazilgan. Yuqoridagi rasmga qarang.
Asos:
https://www.whois.com/whois/cstij.org

🌐 Izoh sifatida jurnal AQSHning "Scientific Research Publishing" nashriyotiga qarashli.

Unutmang! Jurnalning soxta(klon) veb-saytida chop qilingan ilmiy maqolalar dissertatsiyangiz himoyasi paytida ilmiy kengashlar va Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan tan olinmaydi.

❗️Axmoq qilishlariga aslo yo'l qo'ymang. Pullaringizni havoga sarflamang! Ogoh bo'ling odamlar ogoh bo'ling!

✈️ Murojaat: @publicationu
📱 Telegram: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEYVfyROKAjdr3FzLA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌐Bepul online xizmat

Mualliflarimizni soxta(klon) veb-saytga ega yoki joriy holati aktiv bo'lmagan Scopus yoki Web of Science ma'lumotlar bazasidagi jurnallardan himoya qilish maqsadida yangi online xizmatni ishga tushirdik.

🎯 Online xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul. Shunchaki maqolangizni chop qilgan yoki chop qilishni rejalashtiryotgan Scopus yoki Web of Science ma'lumotlar bazasidagi jurnalning nomi haqida ma'lumot qoldirsangiz bo'lgani.

🌐 Xizmatdan foydalanish uchun havola:
https://forms.gle/GgaBMwtV45zTBhSz8

🔍 Sizga Scopus yoki Web of Science mijozlarni qo'llab-quvvatlash markazi bilan bog'langan holda shaxsiy elektron pochtangiz yoki telegram profilingiz orqali 48 soat ichida murojaatingiz bo'yicha javob beriladi.

❗️ Jurnallarni tanlashda tavakkal qilib, pullaringizni havoga sarflamang!

Murojaat:
@publicationu
Telegram:
@publish_uz
🔍 Jurnallarning yuqori impakt faktor ko'rsatkichlari qanchalik to'g'ri?

📚 Bugungi kunda mualliflarimizga taklif qilinayotgan  jurnallarning yuqori impakt faktor ko'ratkichlari haqiqatdan ham shundaymikan? Aslida unaqa bo'lmasachi?

Impakt faktor hisoblash kriteriyalariga ko'ra jurnalda chop qilingan maqolalarga berilgan havolalar va jurnalda chop qilingan maqolalar soni impakt faktor hisoblashda asosiy indekator hisoblanadi.

❗️Jurnalning impakt faktori yuqori bo'lishi jurnalda chop qilgan maqolalarga berilgan havolalar soni bilan uzviy bog'liqdir.

💯 Aslida Siz chop qilayotgan maqolalarga havola berish u yoqda tursin, bu maqolalarni o'zingizdan boshqa hech kim o'qimaydi.

🌐 Undan ham qiziq tomoni ochilgani 1 yil ham bo'lmagan ayrim jurnallar o'zlarini yuqori impakt faktorga egamiz deb reklamalar bermoqda.

🔝 Scopus ma'lumotlar bazasidagi ishonchli ayrim jurnallar hatto 1 dan katta "Site Score"ga ega emas.  Lekin Siz impakt faktori qo'shtirnoq ichida 8 ga teng jurnalda maqolangizni chop qilmoqdasiz!

💵 Gap shundaki ayrim impakt faktor beradigan bazalar shu darajada tijoratlashib ketganki, ular berayotgan impakt faktor aslida jurnalning haqiqiy impakt faktori emas. Hamma gap pulda.

🔍 Shuning uchun jurnallarni tanlashda jurnalga impakt faktorni qaysi baza berganligini bilish nihoyatda muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, ayrim impakt faktorli jurnallar reklamasida aytilayotgan OAK tan olgan bazalarga indeks qilamiz degani ham aslida to'g'ri emas. Birorta jurnalni olib, tekshirib ko'ring.

🌐 Google Scholar ma'lumotlar bazasi OAK tan olgan bazalar ro'yxatida yo'q. Bu baza OAK tomonidan tan olinmaydi.

🔝 Scopus yoki Web of Science ma'lumotlar bazasidagi "h" indeks ko'rsatkichingiz ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olinadi. Shularni kuchaytirishga harakat qiling.

❗️ Ilmiy maqolalar yozish qanchalik mashaqqatli ish ekani va bunga juda katta mehnat va mablag’ sarflayotganingizni unutmang!

Murojaat:
@publicationu
Telegram kanali:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEYVfyROKAjdr3FzLA
📣 O'zbek tilidagi kitob va monografiyalarni mutlaqo bepul chop qiladigan Yevropa nashriyotlaridan xabardormisiz?

Aslida hammasi Siz o'ylaganingizdan ham oson. Shunchaki ma'lumotlarni to'g'ri kiritsangiz bo'lgani.

💯 Internetda ishlash ko'nikmasiga ega har bir muallif o'z kitobini bemalol o'zbek tilida ham xalqaro nashriyotlarda bepul chop qilishi mumkin.

💪 Har bir chop qilingan kitob uchun maxsus ISBN raqami beriladi.

💵 Eng muhimi chop qilingan materiallar uchun hech qanday to’lov talab qilinmaydi va qaytanga Sizga chop qilingan materiallingizni dunyo bozorida sotilishiga qarab har yili gonorar to’lab boriladi.

Yevropada joylashgan "Globe Edit" va "Just Fiction" nashriyotlari ham o'zbek tilida kitob nashr qiladigan ana shunday nashriyotlardan hisoblanadi.

📚 "Globe Edit" nashriyoting kitob yuklash platformasi:
https://my.globeedit.com/cover_playgrounds/playground
📚"Just Fiction" nashriyoting kitob yuklash platformasi:
https://my.justfiction-edition.com/cover_playgrounds/playground

🔍 Shunchaki online havolaga kiring va kerakli ma'lumotlaringizni joylashtiring.

Kitobingiz 1 oy ichida chop qilinadi va Sizga elektron fayli taqdim etiladi.

Unutmang! Soxta o'rtakashlarning kitob va monografiyangizni faqat biz chop qilib beramiz degan gaplari aslida mutlqo yolg'on bo'lib, har bir muallif bu ishni shaxsan o'zi tekinga qilishi mumkin.

✈️ Murojaat: @publicationu
📱 Telegram: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEYVfyROKAjdr3FzLA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣10 ga yaqin Scopus ma'lumotlar bazasidagi yangi jurnallarning soxta(klon) veb-saytlari aniqlandi!

Mashenniklar va qurbonlar haqida ertaga kanalimizda ma'lumot berishni rejalashtiryapmiz.

📨 Agar Siz maqolangizni chop qilgan yoki chop qilishni rejalashtiryotgan Scopus yoki Web of Science ma'lumotlar bazasidagi jurnalning joriy holati yoki soxta(klon) veb-sayti mavjudligida shubhalansangiz biz bilan bog'laning.

✈️ Murojaat: @publicationu
📱 Telegram: @publish_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM