IMA Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
431 subscribers
3.82K photos
265 videos
13 files
810 links
IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI SURXONDARYO VILOYATI BOYSUN TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI.
@BOYSUNTUMANIMBOT murojaat uchun bosing!
+998919692363 telefon raqam
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент: Ўқитувчи ҳуқуқий, ижтимоий ва молиявий томондан ҳимоя қилинган ва етарли таъминланган бўлиши керак

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#qadri_baland_oʻzi_ulugʻ_ustozim

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi jamoasi barcha ustozlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaydi!

Sizlarning sharafli va masʼuliyatli kasbingizga sadoqat va fidoiylik bilan yondashib, zamon bilan hamnafas fikrlashingiz, izlanish va talabchanligingiz, qolaversa, mashaqqatli xizmatlaringiz sabab oʻgʻil-qizlarimiz barcha sohalarda yuksak marralarni zabt etadigan, yetuk salohiyatli, milliy gʻururi baland, Vatanga muhabbati cheksiz insonlar boʻlib ulgʻayishadi.

Olijanob va mas’uliyatli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat, yutuq va zafarlar, xonadoningizga fayzu baraka tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qadri_baland_oʻzi_ulugʻ_ustozim

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 1-oktabr — O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirlaridan videolavha.

#Bayram_muborak

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz oʻqituvchilar, hurmatli ustozlar, qadrli oilam, 1-oktabr "Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" bu yil butunlay oʻzgacha shukuh bilan kutib olindi. Toʻgʻrimi?

Avvaliga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Pedagogik mahorat milliy institutida oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot oʻtkazdilar. Muloqotdagi bayramona muhit muhtasham “Hilton” mehmonxonasiga koʻchib oʻtdi.

Tantanada bir guruh oʻqituvchi va faxriylarimizga mukofotlar topshirdik. Bayramona dasturxon va yulduzlar ishtirokidagi konsert dasturi hayajonga toʻla kunimizni yakunlab berdi.

Oʻylaymanki, biz bir-birimizga faqat mehr va shodlik ulashdik. Qadrli ustoz va oʻqituvchilar aslida bundan ortigʻiga arziysizlar. Sizlarni yaxshi koʻraman, bir safda ekanimizdan faxrlanamam hamda bayramingiz bilan yana bir bor tabriklayman!

Davlatimiz rahbari aytganlaridek, har biringiz taʼlim sohasidagi islohotlarimizda yanada faol ishtirok etib, “Yangi Oʻzbekiston – maʼrifiy jamiyat” degan olijanob gʻoyamizni amalga oshirishga munosib hissa qoʻshasiz.

@hilola_umarova
📣 Vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi tashkil etilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

👉 Qarorga asosan, Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi.

Markazning asosiy faoliyat yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

iqtidorli hamda fanlarni chuqur oʻrganishga qiziqadigan oʻquvchilarni aniqlash va seleksiya qilish, ulardagi isteʻdodni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

xalqaro va respublika miqyosida maktab fanlari boʻyicha oʻtkaziladigan olimpiada, musobaqa va tanlovlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish;

olimpiadalar oʻtkazish boʻyicha xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ushbu sohadagi ilgʻor xorijiy tajribalarni respublika miqyosida ommalashtirish.


2025-yil 1-oktabrga qadar:

Markazda fanlar boʻyicha amaliy topshiriqlarni oʻtkazish uchun zamonaviy asbob-uskunalar va xomashyo materiallari bilan toʻliq jihozlangan laboratoriya tashkil qilinadi.

2025-yildan boshlab:

5–8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi va ularni xalqaro olimpiadalarga maqsadli tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;

asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan iqtidorli yoshlar uchun “Intellektual oromgohlar” tashkil etiladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarini jamoaning natijasiga qarab ragʻbatlantirish tartibi joriy etiladi;

terma jamoalar rahbari nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 35, 25, 15 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

asosiy olimpiadalarning hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar, ularning oʻqituvchilari va terma jamoa rahbarlariga toʻlanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovgʻalar daromad soligʻidan ozod etiladi;

xalqaro olimpiadalarda qatnashish uchun jalb etiladigan nomzodlar oʻquv yigʻinlari davrida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bepul oziq-ovqat va yotoqxona bilan taʼminlanadi.

2025-yil 1-mayga qadar:

asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblariga medal berish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:

millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik hissini shakllantirish, madaniy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlash yoʻnalishida — Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi;
matematika va informatika yoʻnalishida — Al Xorazmiy nomidagi yoshlar turkiy olimpiadasi;
kimyo yoʻnalishida — Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasi;
fizika yoʻnalishida — Ahmad al-Fargʻoniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasi;
biologiya yoʻnalishida — Abu Ali Ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasi oʻtkazib borilishi belgilandi.
#IMA
#Boysun_im
#Besh_tashabbus

Mini futbol musobaqasi o‘tkazildi

🏢Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida mini futbol musobaqasi o‘tkazildi.

🥇-o‘rinni 11-"B" sinf o‘quvchilari;
🥈-o‘rinni 9-"B" sinf o‘quvchilari;
🥉-o‘rinni 10-"B" sinf o‘quvchilari egalladilar.

🌍 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

👉
Telegram | 👉Facebook
#IMA
#Boysun_im
#Besh_tashabbus

O‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida shashka musobaqasi o‘tkazildi

🏢Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida shashka musobaqasi o‘tkazildi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida

🥇-o‘rinni 8-"B" sinf o‘quvchisi K.Avazbekov,
🥈-o‘rinni 6-"B" sinf o‘quvchisi U.Nuraliyev,
🥉-o‘rinni 9-"B" sinf o‘quvchisi O.To‘rayevlar egalladilar.

Qiz bolalar o‘rtasida

🥇-o‘rinni 8-"V" sinf o‘quvchisi G.Eshdonayeva,
🥈-o‘rinni 7-"A" sinf o‘quvchisi Sh.Abduhakimova,
🥉-o‘rinni 9-"V" sinf o‘quvchisi D.Ne‘matovalar egalladilar.

🌍 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

👉
Telegram | 👉Facebook
#IMA
#Boysun_im
#Besh_tashabbus

Stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi

🏢Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi.

🥇-o‘rinni 11-"B" sinf o‘quvchisi Abdullayev Samariddin;
🥈-o‘rinni 10-"A" sinf o‘quvchisi Mamarajabov Xurshid;
🥉-o‘rinni 9-"B" sinf o‘quvchisi Ziyodullayev Jasurlar egalladilar.

🌍 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

👉
Telegram | 👉Facebook