Progress Academy
454 subscribers
609 photos
47 videos
259 links
Zamonaviy kasblar akademiyasi
● SMM va Targeting Kursi
● Arxitektura va binolar dizayni
● Internet Marketing kursi
⛳️ Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Beruniy shoh ko'chasi, 18
👤 @progresuz
☎️ +998712002212
Download Telegram
Ochiq darslarga qatnashdingizmi?

Progress Academy da shanba va yakshanba kunlari ochiq darslar bo'lib o'tganidan xabaringiz bo'lsa kerak. Grafik dizayn, Arxitektura, Veb-dasturlash, SMM va Google Ads kurslari bo'yicha bo'lib o'tgan ushbu ochiq darslarimiz ko'tarinki kayfiyatda o'tkazildi 😇

Ochiq darslarda qatnashgan yoshlarning ko'zlari kunlar sovuq qish faslida ham yonib turgani bizni quvontirdi 😉 O'ylaymizki bu "yonib-kuyishlar" kurslar davomida ham ularga hamrohlik qiladi.

Siz ushbu ochiq darslarimizga qatnashdingizmi? Ochiq dars haqida qanday fikrdasiz? Izohlarda yozib qoldiring 😊
Keling bir challenge o'tkazamiz🤓

Har qanday ishxonada 4 toifadagi ishchi bo'ladi:

- kechasi ishlaydigan 😎

- kunduzi ishlaydigan🤠

- tinim bilmay ishlaydigan😬

- uyquchi 🥱

Haqiqatni aytadigan payt keldi, o'rtoq ishchilar😉 Birinchi bo'lib o'zim boshlay, masalan, men oxirgi toifaga kiraman😄

Siz qaysi toifaga mansubsiz😁
Izohlarda o'z fikringizni qoldiring!
Ahli O'zbekiston 🗣
Progress'da siz uchun yangilik bor 👀

Bizda Google Ads kurslari uchun qabul boshlandi 🤓

Googleda reklama berishga qiziqqanlar uchun ajoyib imkoniyat bu😎

Kursni bu sohada koʻp yillik tajribaga ega oʻqituvchi olib boradi.

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang 😉

Batafsil maʼlumot: 71 200 22 12

Administrotor bilan bog'lanish
IT mutaxassislari qancha maosh oladi?

Keling, bugun ummon ortiga safar qilamiz. Axir, Qo'shma Shtatlar bu sohada yetakchi davlat hisoblanadi-ku🤓

“Amerikacha orzu”ni “Amerikacha narxlar” bilan taqqoslaymiz😁

Amerikadagi yangi IT-mutaxassislar o'rtacha 52.000$ maosh(yillik) olishadi, yoshroqlari esa 65.000$ olar ekan😅

Ishining ustalarichi? Ular o'rtacha 92.000$ maosh olishar ekan😄

Amerikada bor alamim manim,
O'zbekiston vatanim manim😆
Kelayotgan haftada rejalaringiz qanday?

Rejalar kundan boshlanadi kunlar esa birlashib haftani belgilaydi. Siz ushbu hafta uchun nimani rejalashtirdingiz? "Og'ir dushanba" uchun og'ir savol-a? 😉

Balki rejalaringizda Progress' da biror yangi kursda o'qish yoki yangi guruhlarga yozilish bordir. Umid qilamizki, bizni tanlagan bo'lsangiz adashmagansiz ☺️

Eng muhimi, ushbu haftalik rejangiz foydali bo'lsin va hayotingizga ta'sir qiladigan o'zgarishlar olib kelsin. Har ne qilgan taqdirda ham biz siz bilanmiz 🤓

Rejasida kurslarimizga o'qimoqchi bo'lganlar uchun : +998712002212

Administrotor bilan bog'lanish
​​Qanday qilib to'g'ri portfolio tuzish mumkin? 🤔

Internet ommalashmasidan oldin mutaxassislar bir ishga joylashish uchun suhbatga chaqirilar va ular o'zlari bilan qog'oz portfoliolarini olib yurishlariga to'g'ri kelar edi. Bugungi kunda internetga ulangan har bir kishi siz haqingizda ma'lumotga ega bo'lishi va ishlaringiz bilan oldindan tanishib chiqishi mumkin. Hozirda to'g'ri portfolio tuzish juda muhim hisoblanadi.

To'g'ri portfolio tuzish uchun nima qilish kerak?

1. Tanlab oling - siz o'zingiz bajargan barcha narsalarni portfoliongizga kiritmasligingiz kerak. Shoshilmang va barcha ishlaringizni ko'rib chiqing. O'zingizning eng yaxshi ishingiz, deb hisoblamaydigan har qanday narsani yo'q qiling.

2. Faqat eng yaxshilarini ko'rsating - eng noyob va ijodiy ishingiz bormi? U haqida, albatta, portfolioda yozing.

3. Turli xillikni ko'rsating - bitta format bilan cheklanmang. Turli ish namunalarini ko'rsating ammo ularning har biri biror-bir tarzda bog'liq bo'lsin.

4. Ish miqdori to'g'risida qaror qabul qiling - miqdorga emas, sifatga e'tibor qarating. Agar biz hali ham aniq raqamlar haqida gapiradigan bo'lsak, tomoshabin e'tiborini yo'qotmaslik uchun sizning portfoliongizda 10-20 ta asarni joylashtirishni tavsiya etamiz, ammo bundan ortiq emas. Sizning ishingiz qanchalik zo'r bo'lsa ham, odamlar ulardan faqat bittasini ko'rishadi.

Hozircha shular. Maqolamiz yoqqan bo'lsa, izohlarda fikringizni yozib qoldiring. Siz portfoliongizni qanday tuzgan bo'lar edingiz?
"Digital" lug'at 🧮

Bugungi "digital" lug'atimiz internet marketing sohasiga qiziquvchilar uchun foydali bo'ladi. Lug'atimiz "C" harfi bilan boshlanadigan so'zlarni o'z ichiga oladi. Qani boshladik 🖇

CAC (customery acquisition cost) - mijozlarni sotib olish qiymati. Bugungi kunda barcha kompaniyalar mijozlarning qiymatini kuzatib borishlari kerak. Bu ularga sodiq mijozlarga ega bo'lish uchun juda zarur.

CPA (cost per action) - harakatlanish narxi. O'zbekchada beo'xshov tarjima qilinsa-da, ushbu atama marketing uchun muhim hisoblanadi. U o'z ichiga CPC (cost per click), CPF (cost per follower) ni oladi.

CRM (customer relationship management) - qisqacha xaridor bilan munosabat o'rnatish faoliyati. CRM tizimi kompaniya rivoji uchun muhim hisoblanadi.

CTA (call to action) - harakatga chaqirish.

Bugungi "digital" lug'atimiz sizga yoqqan bo'lsa, izohlarda fikringizni qoldiring. Keyingi lug'at mavzusini tanlang.
Qulay narxdagi SMM 📊

So'nggi vaqtlarning trendi hisoblangan SMM menejerlik kasbini egallash uchun munosib joy va qulay narxdagi kurs izlayapsizmi? 😉

Progress' da siz izlagan ikkisi ham muhayyo 😎 Bizda SMM kursi yuqori daraja va sizni malollantirmaydigan narxda o'tiladi 😅

Aytgancha, shoshilish uchun yana bir sabab: bu narxdagi SMM darsimizning oxirgi qabuli 😌 O'rningizni tezroq band qiling.

Kursga yozilmoqchimiz unda quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling: 71 200 22 12

Administrotor bilan bog'lanish
Progresda Google Ads kurslari 😎

Zamonaviy kasblar ichida talabgir va daromadli sohalardan biri bo'lgan Google Ads' da reklama yoqishni o'rganmoqchimisiz? 😎

Progress' da ushbu kurs uchun yangi qabullar boshlanmoqda 🤓

Darsni shu sohaning mutaxassisi bo'lgan o'qituvchi olib boradi

Hoziroq o'z o'rningizni band qiling va hozirning eng trenddagi sohasini o'zlashtiring 😌

Administrotor bilan bog'lanish
🔴 "Progress"da progress!

"Progress" zamonaviy kasblar akademiyasi oʻz doʻstlari uchun ajoyib yangiliklar va o'zgarishlarni tayyorlab qoʻygan.

Sizningcha bu yangiliklar qanday boʻlishi mumkin?

📝 Taxminlaringizni izohlarda yozib qoldiring.
🎞 Tobora ommalashib borayotgan "Tik-Tok"ning ayni paytdagi aktiv foydalanuvchilari 689 millionga yetdi.

Xitoyning o'zida "Douyin" nomi bilan mashhur bo'lgan ushbu videohosting dasturi Xitoyning ByteDance media kompaniyasiga tegishli.

Ayni paytda ushbu dastur allaqachon Indoneziya, Bangladesh va Pokistonda ta'qiqqa uchrashga ulgurdi.

🇺🇿 O'zbekistionda Tik-Tokning kelajagi haqida qanday fikrdasiz? O'zbekistonda ham ushbu dastur ta'qiqlanishi mumkinmi?
🌙 Aziz doʻstlar!

Dinimizning qutlugʻ oyi - Mohi Ramazon eshik qoqmoqda.

🔴 "Progress Academy" Siz va siz orqali barcha yaqinlaringizni muborak oy kirib kelganligi bilan muborakbod etadi.

Uyingiz qut-baraka, hotirjamlik va xursandchilik bilan toʻlsin.

Hurmat bilan, "Progress" jamoasi
🔝2020-yil yakunlariga ko'ra Java dasturlash tili Pythondan keyin yilning eng yaxshi ikkinchi dasturlash tili deya e'tirof etildi.

Yillar davomida ko'pchilikning sevimli dasturlash tiliga aylangan bu dasturlash tili foydalanuvchilar tomonidan tushunishga oson, katta qiyinchilik talab etmaydigan dasturlash tili deya e'tirof etilgan.

Dasturlashni endi boshlayotgan foydalanuvchilar qaysi dasturlash tili yaxshiroq deya savol berilishi tabiiy hol. Qaysi birini tanlashingizdan qat'i nazar o'sha til ustida samarali ishlasangiz yetarli.

🔴 "Progress" akademiyasidagi dasturlash tillari kurslari haqida ma'lumot olish istagida bo'lsangiz, hoziroq qo'ng'iroq qiling: 71 200 22 12
😊 Ochiq eshiklar kuniga marhamat!

🔴 "Progress"da yangi haftani mazmunli oʻtkazish uchun sabablar yetarli

📌 20-aprel, seshanba - Marketing
📌 21-aprel, chorshanba - Digital Marketing
📌 22-aprel, payshanba - SMM

🕒 Barcha ochiq darslar soat 15:00da boshlanadi.

☝️ Sizda o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish va kurslarimiz, shuningdek maxsus aksiya va chegirmalar haqida batafsil ma'lumot olish imkoniyati bor.

Ro'yhatdan o'tishni unutmang

☎️ Qo'shimcha ma'lumotlar uchun: +998 71 200 22 12