Progress Academy
454 subscribers
609 photos
47 videos
259 links
Zamonaviy kasblar akademiyasi
● SMM va Targeting Kursi
● Arxitektura va binolar dizayni
● Internet Marketing kursi
⛳️ Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Beruniy shoh ko'chasi, 18
👤 @progresuz
☎️ +998712002212
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qahraton qishda qaynoq yangilik - SMM kurslarimizga start berilmoqda!

Facebook, Instagram, Telegram va ularda reklama berish, targeting, retargeting va mini-saytlar yaratish oʻrgatiladigan "SMM va Targeting" kursimizga 14-yanvar kuni start beriladi.

Darslarimiz haftada ikki marta bo'lib o'tadi. Kurs davomiyligi ikki oy.

Bir necha yillik tajribaga ega bo'lgan SMM mutaxassisidan kasb o'rganishga shoshiling. Joylar soni chegaralangan.


💻 Administratorga yozish

📞 Tel: +998712002212

Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Kichik halqa yo'li 19 A uy
Eng ko'p yo'llanadigan savollarga javoblar (2-qism) 🤓

Bugun arxitektura kursimiz haqidagi ayrim savollarga javob beramiz.

🔰 Darslarda arxitektura va dizaynni to'liq o'rgana olamanmi?
– Arxitektura va dizayn kursini biror loyiha to'liq bajara oladigan darajada o'rgatamiz. Dasturlarni to'liq o'rganish uchun kurs davomiyligidan ko'ra ko'proq vaqt ketadi.

🔰 Kursda ham o'qib ham ishlasa bo'ladimi?
– Albatta, bu o'rganuvchining o'ziga bog'liq. Besh oylik kursimizning uchinchi oyidayoq ishlayotganlar bor.

🔰 Kurs narxlari qanday belgilanadi?
– Narxlar "bozor iqtisodiyoti" tamoyillariga ko'ra, talab va taklifdan kelib chiqib shakllantiriladi.

🔰 Chegirma va aksiyalar bormi?
– Chegirma va aksiyalar haqida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda xabar beramiz.

🔰 Kechki guruhlar ham bormi? — Kechki guruhlar ochilishi fevral oyining oxirlarida rejalashtirilyapti.

🔰 Bitta guruhda nechta o'quvchi bo'ladi? — Bir guruhda maksimal 12-13 o'quvchi bo'ladi.

👤 Administrator bilan bog'lanish

☎️ +998712002212
Barcha uchun kerak bo'lgan xizmatlar🤗

Har qanday ijodiy ishingizni buzadigan narsa bu imlo va punktuatsiya xatosidir. Siz tuzayotgan reklama matni har qancha chiroyli iboralarga to'la, zamonaviy uslublar bilan yozilgan bo'lishi mumkin, ammo xatolar uning barcha yaxshi xislatlarini o'ldiradi 🤦‍♂

Barchamiz ham maktabda o'tilgan imlo qoidalarini takrorlashga hafsala qilmaymiz. Lekin bugungi kunda bizga yordam beradigan bir necha bot va ilovalar mavjud!

@bexatobot - bu sizning imlo xatolaringizni tuzatadigan telegram bot.

Matn.uz - bu imlo xatolarini tuzatib beruvchi va xatolarni ko'rsatib beradigan sayt. Juda foydali va muhimi tekin.

👤 Administrotor bilan bog'lanish

📞 +998712002212
#Viktorina

Keling, bugun bir ziyrakligimizni sinab ko'ramiz 🤗

Rasmdagi yashiringan so'zlarni toping, "screenshot" qilib storyda bizni belgilang 😊

Javoblarni izohlarda yozib qoldirishingiz ham mumkin😇
24-yanvar — butunjahon ta'lim kuni 🧑‍🎓

Progress Academy barcha ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchilarni muborakbod etadi 😇

Progress Academy o'zining salkam ikki yillik faoliyati davomida ko'plab yoshlarning zamonaviy kasb egasiga aylanishiga sababchi bo'ldi.

Biz sizning ta'limingiz rivoji uchun qo'limizdan kelgancha yordam beramiz va doim sizni qo'llab-quvvatlaymiz 🙂

Ta'limingiz biz uchun muhim!
IT mutaxassislari qanday farqlanadi? 🤔

Toʻsatdan biror IT (internet texnologiya) davrasiga kirib qolsangiz junior, middle, senior kabi atamalarga duch kelasiz. Bugun ushbu atamalar haqida suhbatlashamiz.

Junior — IT sohasiga endigina kirib kelgan mutaxassis bo'lib, nazariy bilimlarga ega, biroq soha bo'yicha kam tajribaga ega bo'ladi.

Middle — ma'lum bir tajribaga ega, bir nechta dasturlardan foydalanish ko'nikmasi rivojlangan va mustaqil ravishda biror loyihani boshqara oladigan mutaxassis.

Senior — ulkan tajribaga ega, o'z sohasining yetuk mutaxassisi hisoblanib, IT sohasida eng katta daraja sanaladi.

Progress Academy o'z ustida tinimsiz ishlashdan qo'rqmaydigan, tirishqoq yoshlarni IT sohasining bir necha yo'nalishlariga (Veb dasturlash, Veb dizayn, Grafik dizayn, Moushn grafika, Arxitektura va dizayn) o'qishga taklif qiladi. Biz Sizni senior darajasigacha chiqishingizga ko'makchi bo'lamiz.

👤 Administrotor bilan bog'lanish

☎️ +998712002212
Progress Academy'da yangilik: Google Ads kurslari

Ko'pchilik Google Ads kursida nimalarni o'rganish haqidagi savollar bilan murojaat qiladi.
Ushbu maqolamizda shu savollarga imkon qadar javob topamiz. Google Ads kursida nimalar o'rgatiladi:

Toʻliq maqola uchun havolani bosing

👤 Administrotor bilan bog'lanish

☎️ +998712002212
Spagetti kod haqida nima bilasiz?

Bu kod GOTO operatorlari tomonidan chalkash va yomon ishlab chiqilgan kod turi hisoblanadi.

Kod bunday nom berilishiga sabab, kodning ham xuddi spagetti kabi bosh-oyog'ini topib bo'lmaydi.

Odatda bu kod tajribasiz va "qovunchi" mutaxassislar tomonidan bajariladi. Birgina noto'g'ri kod bir dunyo muammoni keltirib chiqarishi mumkin. Bu muammoga duch kelmaslik uchun, avvalo, to'g'ri va bexato yozishni, pradigma, patternlarga e'tiborli bo'lishni o'rganish lozim.

Progress Academy esa barcha xohlovchilarga bu kabi muammolarga duch kelmaslik va ularni bartaraf etish yo'llarini o'rgatadi. Yosh dasturchilarning malakali bilim olishi Progress jamoasi uchun muhim.

Biz sifatli va qulay ta'lim tarafdorimiz!
Fevral oyidan boshlanadigan kurslarimiz haqida bilasizmi? 🤔

Ilmga oshno o'quvchilarimiz fevral kirib kelishini intiqlik bilan kutgan bo'lsalar kerak. Chunki fevral oyida yangi kurslarimizda darslar boshlanadi-da 😌

Fevralda boshlanadigan kurslarimiz:

- Arxitektura va dizayn;
- SMM;
- Google da reklama yoqish kursi;
- Grafik dizayn;
- Veb-dasturlash

Yangi oyni yangi darslar bilan boshlaymiz 🤗

Kurslarimiz haqida batafsil ma'lumot olishni istasangiz izohda 🔥 belgisini qo'ying. Adminstratorimiz siz bilan bog'lanadi.
Kerakli yukning og'iri yo'q(mi)?

Darslarga shaxsiy noutbuk olib kelishning qanday salbiy tomonlari bor? 🙄

😓 Har darsga noutbuk ko'tarib kelish qiyinchilik tug'diradi.

😓 Noutbukingiz dars amaliyotiga tushmasligi mumkin.

Ammo, lekin, biroq 😁

😎 Uy vazifalaringizni birov o'chirib yuborolmaydi;

😎 Istagan joyingizda o'tirishingiz mumkin;

😎 Barcha kerakli fayllar doim siz bilan bo'ladi;

🤓 Progress akademiyasi 10%lik chegirma ham beradi (arxitektura va dizayn kursi uchun).

Biroz mashaqqatdan qochmasangiz, sifatli va qulay darsga ega bo'lar ekansiz. Xo'sh, endi aytingchi, kerakli yukning og'iri bormi yoki yo'q? 😉
Ko'p talabalarga shanba va yakshanba kunlari yengilliklar yaratilibdi deyishdi bilgichlar 🤓

Dam olish kunlarini qanday foydali o'tkazishni esa Progress Academy tavsiya qiladi 😎

Ahli Toshkent! Shoshiling!
Bizda ochiq darslar bo'lyapti:

Shanba kuni:

- Grafik dizayn ochiq darsi soat 15:00 da.

Yakshanba kuni:

- Dasturlash (frontend) 11:00 da;

- Arxitektura va dizayn 14:00;

- Google Ads 16:00;

- va SMM kursi ochiq darsi 18:00 da belgilangan.

Dam olish kunlari nima qilishni bildingiz-a? Noyob imkoniyatni faqat noyob iqtidor sohiblari qo'ldan boy bermaydi. Siz esa aynan o'shalardansiz, deb o'ylaymiz 😉

👤Adminstrator bilan bog'lanish uchun

🗺 Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Beruniy koʻchasi 35A .
Moʻljal: Afsona savdo markazi yaqini, Vip Brend magazini ikkinchi qavati.
Bugun va Ertaga ochiq darslar yoddan ko'tarilmadimi? 😉

Dam olish kunlari Progres Academy grafik dizayn, veb-dasturlash, arxitektura va dizayn, Google Ads, SMM kurslaridan ochiq darslar tashkil qilmoqda 😎

O'zingiz uchun joy kelajak kasblaridan birini egallang. Biz sizga yordamchi bo'lamiz.

Ochiq darslar vaqtlari:

Shanba

- Grafik dizayn ochiq darsi soat 15:00 da.

Yakshanba kuni:

- Dasturlash (frontend) 11:00 da;

- Arxitektura va dizayn 14:00;

- Google Ads 16:00;

- SMM 18:00.

Adminstrator bilan bog'lanish uchun:

🗺 Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Beruniy koʻchasi 35A .
Moʻljal: Afsona savdo markazi yaqini, Vip Brend magazini ikkinchi qavati.
Ochiq darslarga qatnashdingizmi?

Progress Academy da shanba va yakshanba kunlari ochiq darslar bo'lib o'tganidan xabaringiz bo'lsa kerak. Grafik dizayn, Arxitektura, Veb-dasturlash, SMM va Google Ads kurslari bo'yicha bo'lib o'tgan ushbu ochiq darslarimiz ko'tarinki kayfiyatda o'tkazildi 😇

Ochiq darslarda qatnashgan yoshlarning ko'zlari kunlar sovuq qish faslida ham yonib turgani bizni quvontirdi 😉 O'ylaymizki bu "yonib-kuyishlar" kurslar davomida ham ularga hamrohlik qiladi.

Siz ushbu ochiq darslarimizga qatnashdingizmi? Ochiq dars haqida qanday fikrdasiz? Izohlarda yozib qoldiring 😊
Keling bir challenge o'tkazamiz🤓

Har qanday ishxonada 4 toifadagi ishchi bo'ladi:

- kechasi ishlaydigan 😎

- kunduzi ishlaydigan🤠

- tinim bilmay ishlaydigan😬

- uyquchi 🥱

Haqiqatni aytadigan payt keldi, o'rtoq ishchilar😉 Birinchi bo'lib o'zim boshlay, masalan, men oxirgi toifaga kiraman😄

Siz qaysi toifaga mansubsiz😁
Izohlarda o'z fikringizni qoldiring!
Ahli O'zbekiston 🗣
Progress'da siz uchun yangilik bor 👀

Bizda Google Ads kurslari uchun qabul boshlandi 🤓

Googleda reklama berishga qiziqqanlar uchun ajoyib imkoniyat bu😎

Kursni bu sohada koʻp yillik tajribaga ega oʻqituvchi olib boradi.

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang 😉

Batafsil maʼlumot: 71 200 22 12

Administrotor bilan bog'lanish
IT mutaxassislari qancha maosh oladi?

Keling, bugun ummon ortiga safar qilamiz. Axir, Qo'shma Shtatlar bu sohada yetakchi davlat hisoblanadi-ku🤓

“Amerikacha orzu”ni “Amerikacha narxlar” bilan taqqoslaymiz😁

Amerikadagi yangi IT-mutaxassislar o'rtacha 52.000$ maosh(yillik) olishadi, yoshroqlari esa 65.000$ olar ekan😅

Ishining ustalarichi? Ular o'rtacha 92.000$ maosh olishar ekan😄

Amerikada bor alamim manim,
O'zbekiston vatanim manim😆
Kelayotgan haftada rejalaringiz qanday?

Rejalar kundan boshlanadi kunlar esa birlashib haftani belgilaydi. Siz ushbu hafta uchun nimani rejalashtirdingiz? "Og'ir dushanba" uchun og'ir savol-a? 😉

Balki rejalaringizda Progress' da biror yangi kursda o'qish yoki yangi guruhlarga yozilish bordir. Umid qilamizki, bizni tanlagan bo'lsangiz adashmagansiz ☺️

Eng muhimi, ushbu haftalik rejangiz foydali bo'lsin va hayotingizga ta'sir qiladigan o'zgarishlar olib kelsin. Har ne qilgan taqdirda ham biz siz bilanmiz 🤓

Rejasida kurslarimizga o'qimoqchi bo'lganlar uchun : +998712002212

Administrotor bilan bog'lanish
​​Qanday qilib to'g'ri portfolio tuzish mumkin? 🤔

Internet ommalashmasidan oldin mutaxassislar bir ishga joylashish uchun suhbatga chaqirilar va ular o'zlari bilan qog'oz portfoliolarini olib yurishlariga to'g'ri kelar edi. Bugungi kunda internetga ulangan har bir kishi siz haqingizda ma'lumotga ega bo'lishi va ishlaringiz bilan oldindan tanishib chiqishi mumkin. Hozirda to'g'ri portfolio tuzish juda muhim hisoblanadi.

To'g'ri portfolio tuzish uchun nima qilish kerak?

1. Tanlab oling - siz o'zingiz bajargan barcha narsalarni portfoliongizga kiritmasligingiz kerak. Shoshilmang va barcha ishlaringizni ko'rib chiqing. O'zingizning eng yaxshi ishingiz, deb hisoblamaydigan har qanday narsani yo'q qiling.

2. Faqat eng yaxshilarini ko'rsating - eng noyob va ijodiy ishingiz bormi? U haqida, albatta, portfolioda yozing.

3. Turli xillikni ko'rsating - bitta format bilan cheklanmang. Turli ish namunalarini ko'rsating ammo ularning har biri biror-bir tarzda bog'liq bo'lsin.

4. Ish miqdori to'g'risida qaror qabul qiling - miqdorga emas, sifatga e'tibor qarating. Agar biz hali ham aniq raqamlar haqida gapiradigan bo'lsak, tomoshabin e'tiborini yo'qotmaslik uchun sizning portfoliongizda 10-20 ta asarni joylashtirishni tavsiya etamiz, ammo bundan ortiq emas. Sizning ishingiz qanchalik zo'r bo'lsa ham, odamlar ulardan faqat bittasini ko'rishadi.

Hozircha shular. Maqolamiz yoqqan bo'lsa, izohlarda fikringizni yozib qoldiring. Siz portfoliongizni qanday tuzgan bo'lar edingiz?
"Digital" lug'at 🧮

Bugungi "digital" lug'atimiz internet marketing sohasiga qiziquvchilar uchun foydali bo'ladi. Lug'atimiz "C" harfi bilan boshlanadigan so'zlarni o'z ichiga oladi. Qani boshladik 🖇

CAC (customery acquisition cost) - mijozlarni sotib olish qiymati. Bugungi kunda barcha kompaniyalar mijozlarning qiymatini kuzatib borishlari kerak. Bu ularga sodiq mijozlarga ega bo'lish uchun juda zarur.

CPA (cost per action) - harakatlanish narxi. O'zbekchada beo'xshov tarjima qilinsa-da, ushbu atama marketing uchun muhim hisoblanadi. U o'z ichiga CPC (cost per click), CPF (cost per follower) ni oladi.

CRM (customer relationship management) - qisqacha xaridor bilan munosabat o'rnatish faoliyati. CRM tizimi kompaniya rivoji uchun muhim hisoblanadi.

CTA (call to action) - harakatga chaqirish.

Bugungi "digital" lug'atimiz sizga yoqqan bo'lsa, izohlarda fikringizni qoldiring. Keyingi lug'at mavzusini tanlang.