Progress Academy
454 subscribers
609 photos
47 videos
259 links
Zamonaviy kasblar akademiyasi
● SMM va Targeting Kursi
● Arxitektura va binolar dizayni
● Internet Marketing kursi
⛳️ Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Beruniy shoh ko'chasi, 18
👤 @progresuz
☎️ +998712002212
Download Telegram
Kelajak bugungi qaroringizdan boshlanadi🤓

Progress Academy 11-yanvardan e'tiboran barcha kurslarda darslar boshlanishini ma'lum qiladi. 🗣

Yanvarning dastlabki kunlaridanoq quyidagi kurslarni o'rganishni boshlashingiz mumkin:

Arxitektura va dizayn — binolarning interyer va eksteryer dizayni, 3D modelingni o'rganish imkonini beradi. Bu soha mehnat bozorida eng talabgir kasblardan hisoblanadi.

SMM — Internet orqali yuritiladigan har qanday biznes borki, ushbu soha vakillariga ehtiyoj sezadi. SMM darsida ijtimoiy tarmoqlarda marketing yuritish, brendni tanitish, targeting kabilar o'rgatiladi.

Grafik dizayn— "kompyuter rassomlari", hozirgi kunning eng talabgir kishilaridan. Bu kursni O'zbekistonning eng yaxshi grafik dizaynerlaridan o'rganing!

Veb-dasturlash— erkin ish grafigi, qo'shimchasiga yuqori daromadli kasb egasiga aylanmoqchimisiz? Unda veb-dasturlash kursida o'qishni tavsiya qilamiz.

Yangi mavsumni yaxshi niyat bilan, yangi kasb bilan boshlang!
Yana bir "arxitektor qaldirg'ochlar" parvozga otlanmoqda 😊

Progress Academy'ning faoliyatiga ko'p bo'lmagan bo'lsa-da, bir qator yo'nalishlar bo'yicha ko'plab o'quvchilarni kasbga tayyorlashga erishdi🤗

Bizda navbatdagi bitiruvchilarimiz o'quv kursini muvaffiqiyatli yakunlab, o'z yo'nalishlari bo'yicha ishlash imkoniga ega bo'lmoqda😇

Yuqorida "Arxitektura va binolar dizayni" kursining bitiruv kunidan lavhalar.

Eslatib o'tamiz, Arxitektura kursimizning yangi guruhiga yanvar oyida start beriladi 🙂
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Arxitektura kursini bitirsam nima ish qila olaman, deganlar uchun maxsus video 😁

Progress academy' tomonidan tashkil qilingan darslarning eng sifatlilaridan biri, shubhasiz, arxitektura kursimizdir.

Bundan sal oldinroq, "arxitektor qaldirg'och"larimizni uchirma qilganimizni xabar bergan edik. Yanvar oyidan yangi guruhlar uchun qabul boshlanganini ma'lum qilamiz ☺️

Kursga yozilish uchun izohlarda 🔥 belgisini qoldiring. Adminstratorimiz siz bilan bog'lanadi.
Moushn grafika kursimizga qabul boshlandi!

Oʻzbekistonda moushn grafika sohasiga boʻlgan talab kundan kunga oshib bormoqda. Mehnat bozorida bu kasb egalarining oylik maoshi 3 million soʻmdan boshlanadi. Shunday boʻlsada, moushn grafikani oʻrgatuvchi kurslar sanoqli.
Progress academyda moushn grafikani oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarni yanvar oyidan boshlanadigan kurslarimizga taklif qiladi.

Bu kurslarimiz davomida ushbu dasturlarda mukammal koʻnikmaga ega boʻlasiz:

— Premiere Pro;
— After effects;
— Blender
— Cinema 4D
— Redshift

Imkoniyatingizni qoʻldan boy bermang, kursimiz haqida batafsil ma'lumot olish uchun izohlarda 🔥 belgisini qoldiring.
"Raqam olma, bilim ol" – 626 million so'mga Progress Academy'da qancha vaqt ta'lim olish mumkin?

Har kun nari-beridan "palonchi buncha pulga mashina olibdi, pistonchi esa buncha pulga shaharda yangi uy solibdi", degan gaplarni eshitib qolamiz 😐

Keling, bugun kuni kecha sotib olingan 626 million so'mlik mashina raqami o'rniga Progress Academy'da qancha ta'lim olishingiz mumkinligini hisoblab ko'ramiz:

Grafik dizayn – siz bu mablag'ga 84 yil davomida uzluksiz grafik dizayn sir-asrorlarini o'rganishingiz mumkin.

Moushn grafika – bittagina raqamning pulini yanvar oyidan tashkil etilayotgan moushn grafika kursiga 75 yillik ta'lim uchun sarflasa ham bo'ladi.

Arxitektura va binolar dizayni – arxitektura kursida 57 yil o'qish ham mumkin.

SMM – Internetda brend ko'tarish, reklamalar yoqish kursini 55 yil muntazam o'rgansangiz, anavi raqam bilan teng narx chiqar ekan.

Ha aytgancha, tepadagi yillar umumiy yig'indi, xolos. Bizda zamonaviy kasb egasi bo'lishingiz uchun 2 oydan 1 yilgacha vaqt yetarli bo'ladi.
Har bir dizayner uchun zarur bo'lgan foydali servislar

Biz har bir dizayner uchun foydali va kerakli xizmatlarni tavsiya qilamiz.

Yo'qotib qo'ymaslik uchun saqlab qo'ying va o'z tavsiyalaringizni izohlarda baham ko'ring 🤓