Progress Academy
457 subscribers
609 photos
47 videos
259 links
Zamonaviy kasblar akademiyasi
● SMM va Targeting Kursi
● Arxitektura va binolar dizayni
● Internet Marketing kursi
⛳️ Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Beruniy shoh ko'chasi, 18
👤 @progresuz
☎️ +998712002212
Download Telegram
SMM menejer kim va nima ish qiladi?

SMM so'zi qisqartirilgan “Social Media Marketing”, ya'ni ijtimoiy media marketingining deb ingliz tilidan tarjima qilinadi.

SMM menejer, ijtimoiy platformalar orqali ommani jalb qilish bo'yicha mutaxassis bo'lib, qisqa vaqt ichida Facebook, Instagram, Telegram kabi mashhur ijtimoiy tarmoqlarda jonli trafikka ega bo'ladi.

https://telegra.ph/SMM-menejer-kim-va-nima-ish-qiladi-03-04
Progress academy barcha oʻquvchilari uchun taʻtil eʻlon qiladi.

Oʻzbekistonda 16-martdan barcha davlat, nodavlat va taʼlim muassasalarida, jumladan bogʻcha, maktab, kollej, litsey va OTMlarda muddatdan oldin taʼtil eʼlon qilinishi va oʻqishlar toʻxtatilishi munosabati bilan Progress academy 16-martdan 31-martgacha barcha oʻquvchilari uchun taʻtil eʻlon qiladi.

Oʻquvchilarning darslari bugungacha oʻqigan joyida muzlatiladi va ta'tildan soʻng davom ettiriladi.
Ta'til muddati karantin holatining qancha davom etishiga koʻra uzaytirilishi mumkin. Bu haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz orqali maʻlumot beriladi.

Progress academy Alloh taolodan Sizga va oila aʻzolaringizga sogʻlik-salomatlik, ofiyat soʻrab qoladi.
Assalomu alaykum, Karantin vaqtida vaqtni foydali o'tkazish uchun Bepul vebinarlar o'tkazmoqchimiz. Qaysi yo'nalishdagi vebinarlar Sizga qiziq?
Anonymous Poll
32%
Veb dasturlash
21%
Grafik Dizayn
13%
SMM
11%
Internet Marketing
9%
Arxitektura
15%
Natijani ko'rish 👀
#talim #xayriya #ulashing
Ayni kunlarda butun dunyoda, shu jumladan, vatanimiz O‘zbekistonda ham koronavirus pandemiyasi sababli karantin eʼlon qilinib, deyarli hamma o‘z uyida o‘tiribdi. Shu munosabat bilan yuzaga kelgan bo‘sh vaqtdan munosib foydalanish va foydali bilimlarni ulashish maqsadida Progress Academy zamonaviy kasblar akademiyasi onlayn darslar turkumini taqdim etadi.

Birinchi dars turkumi SMM – Social Media Marketing (Ijtimoiy media, tarmoqlarda bozorni o‘rganish) yo‘nalishida bo‘lib, ushbu darslar pulli. Hozirgi vaziyatda dasrlarni bepul qilsak ham bo‘lardi. Ammo biz jamoamiz bilan kelishib, bu yo‘nalishdagi onlayn darslardan yig‘iladigan mablag‘ni ijtimoiy muhtoj yurtdoshlarimizga yordam berish uchun sarflashga qaror qildik.

Kurs narxi: 200 000 so'm

Kursda qatnashish uchun ro'yxatdan o'ting:
https://forms.gle/RMeK3WC8BYhpXKkr6

P/S: Yaqinlar bilan ulashing va xayriyaga o'z hissangizni qo'shing!
❗️"Targeting sirlari" mavzusida BEPUL vebinar

• Ijtimoiy tarmoqlarda reklamalarni sozlash
• Targetingning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rib chiqamiz

Vebinar spikeri - Tursunov Islomjon. Internet Marketing bo'yicha mutaxassis. Progress Academy rahbari. 2012- yildan boshlab Internet Marketing bilan shug'ullanadi.

Vebinar sanasi: 16 aprel 20:00
➡️ Ulanish uchun link bizning kanalimizda mavjud: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEAw14qucn51LfTKGA
Channel name was changed to «Progress Academy»
Qudrat Abdurahimov bilan online suhbat
🗓 Dasturchi bo'lishni xohlaysizmi?
📆 20:00, 22-aprel

Progress Academy Youtube kanalida
Bizga qo'shiling! Obuna bo'ling 🔔

Savollaringizni shu joyda izohlarda qoldirishingiz mumkin👇
https://www.youtube.com/watch?v=XnvMqs-zkiQ
Bugungi vebinar sizga yoqdimi?
Anonymous Poll
46%
Zo'r
12%
O'rta
9%
Davom etinglar
33%
Ko'ra olmadim
🔴 25-aprel kuni 17:00da Janubiy Koreyaning 3i Inc kompaniyasida WebGI dasturchisi Muhridin Ibragimov bilan online suhbatni tomosha qiling!

Mavzu: Janubiy Koreyada dasturchi bo'lib ishlash

Online suhbat Progress Academyning Youtube kanalida namoish etiladi: https://www.youtube.com/channel/UC0i8G0podD5buO5XhQAdiyA
🔴 27-aprel kuni 20:00da O'zbekistonda turib xalqaro saytlar bilan hamkorlikda ishlayotgan freelancer Sardor Kadirov bilan online suhbatni tomosha qiling!

Mavzu: Qishloqda turib ishlash. Pul ishlab topish uchun foydali saytlar

Online suhbat Progress Academyning Youtube kanalida namoish etiladi: https://www.youtube.com/channel/UC0i8G0podD5buO5XhQAdiyA

Vebinar boshlanishi haqida esa quyidagi link orqali ma'lumot olishingiz mumkin:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEAw14qucn51LfTKGA