PROGER LIVE
466 subscribers
128 photos
13 videos
15 files
241 links
ИТ, дастурлаш, мемлар, интернет ва тренд ҳақида блог.

Дастурчилар, веб-дизайнерлар, ИТ мутахассислари ва қизиқувчилар учун.

❗️Каналдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт!
@qirol4006
Download Telegram
Java 15 Update - Nima yangiliklar?

• Sealed Classes
— bularni kengaytiruvchi klasslarni nazorat qilib turadi;
• Records — Kotlindagi data classes'ning analogi;
• Soddalashtirilgan instanceofif (obj instanceof String str);
• matnli bloklar.

Sintaksisdan tashqari, bir nechta yangi API qo'shildi, ayrim fichalar olib tashlandi. Batafsil...

@progerlive / #java
​​React.js

Qisqacha tarix
React 2013-yili Facebook kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan edi. Bu kutubxona eng sevimli va talabgir kutubxonalardan biri va StackOverFlow da trenddagi texnologiya bo'ldi.

React nima?
React — Open source JavaScript kutubxona bo'lib, foydalanuvchi interfeyslari yaratishda ishlatiladi

Nima uchun React?
Nimaning hisobiga bu liba buncha mashxur bo'lganini ko'rib chiqamiz:

JSX
Sintaksisi HTMLga o'xshab ketadigan, ammo Javascriptda kompilyatsiya bo'ladigan dasturlash tili

Virtual DOM
Ilovalarning mahsuldorligini oshirishiga xizmat qiladi

Qayerda ishlatish mumkin?
Hamma joyda, ayniqsa qaytariladigan elementlar bor bo'lsa ishlatish kerak. SPA yaratishda React ma'qul.

#reactjs #js

@progerlive
​​«Dasturlashni o'rgandim, qanday pul ishlashim mumkin?»

Ko'pchilik dasturchilar qanday pul ishlashni bilmaydi. Bugun shu haqida qisqacha gaplashamiz.

💢 Shaxsiy brend
Oddiy qilib aytganda, shaxsiy brend bu — insonni brend sifatida faoliyat yuritishi. Maqsad — ismingiz esda qolarli bo'lishi kerak, masalan Артемий Лебедев

💢 Shaxsiy brending o'zi nima?
Portfolio, fikrlar, mashxurlik, potensial mijozlar shular sirasiga kiradi.

💢 Nimadan boshlash kerak?
Agar senda hali portfolio bo'lmasa, tezroq uni tayyorla. Portfoliosiz mijozni jalb qilib bo'lmaydi, aynan portfolio mijozning senga bo'lgan ishonchini oshiradi. Portfolioga iloji boricha buyurtma berilgan ishlarni qo'ying, bu haqida pastroq.

💢 Portfolio bor, ammo mijoz yo'q
Fikr uchun buyurtma izlash eng ma'qul variant. Ya'ni siz unga buyurtmani qilib berasiz, u evaziga siz haqingizda iliq fikr bildiradi (отзыв). Bir o'q bilan ikki quyon — proyekt ham bor, fikr ham bor. Ishingizdan ko'ngli to'lgan zakazchiklarga sizni boshqalarga tavsiya qilishini iltimos qiling.

💢 Reklama
Hammasi tayyor, hammasi bor. Endi mijozni qanday topamiz? Javob — Reklama! Siz o'z xizmatlaringizni yaxshiroq kanal yoki saytda reklama qiling, 2-3 buyurtmadan keyin reklama puli ham qoplanib ketadi.



@progerlive / #freelance
Yuriy Dudning Kaliforniya Kremniy Vodiysi haqidagi uznetni yorgan 3 soatli filmi tobora cho'pchakka aylanmoqda:

1-dekabr: Hewlett-Packard Kaliforniyadan Texasga ko'chdi
8-dekabr: Ilon Mask Kaliforniyadan Texasga ko'chdi
11-dekabr: Oracle Kaliforniyadan Texasga ko'chdi

Ularning orqasidan SignEasy, QuestionPro, DZS, Zoho, CBRE, Charles Schwab va JetSuite kompaniyalari ergashdi. Qattiqqo'l qonunlar, o'ta shafqatsiz soliqlar va pandemiyada bo'shab qolgan narxi osmon ofislar o'z so'zini aytishdi.

Shunchaki ma'lumot uchun: Oracle kompaniyasi TikTok'ning AQSHdagi hamkori bo'lish imkonini qo'lga kiritdi; Ilon Mask dunyoning eng boy 2-odami hisoblanadi, HP asoschilarining garajidan esa butun Kremniy Vodiysi boshlangan. Endi bu uchta akula qishloqsifat Texasning iqtisodi uchun mehnat qilishadi.

Longstoryshort
Roadmap nima va uni qayerdan topish mumkin?

Dasturlashni o'rganish jarayonida qanaqa materiallar, qanaqa kitoblar, aynan qaysi texnologiyalarni o'rganish kerak degan cheksiz savollar anchagina vaqtni oladi hamda bir joyda toptalishga sabab bo'ladi.

Bu muammoni hal qilish uchun «roadmap» (yo'l xaritasi) sizga as qotadi. Butun bir stek, yo'nalish yoki ayni bir tilni o'rganishga qaratilgan o'quv plani va materiallar to'plami e'tiboringizni faqat o'qishda ushlab turishga yordam beradi.

Asosiy savol roadmaplarni qayerdan topsa bo'ladi. Har doimgidek Googledan. Masalan, python roadmap so'rovi orqali Google bizga bir nechta roadmaplarni topib beradi. Ular bir-biridan keskin farq qiladi deb aytolmayman, shuning uchun birortasini tanlab, o'rganishni boshlashingiz mumkin.

Aytib o'tish joizki, Github platformasida asosan sifatli, jamoat tomonidan yig'ilgan roadmaplar bo'ladi. Shulardan biri John Washamning Googlega ishga kirish uchun Computer Science ni o'rganish bo'yicha tuzgan yo'l xaritasi: github.com/jwasham/coding-interview-university

@progerlive
Basecamp nomli AQSH IT kompaniyasi o'z hududida siyosatni taqiqlagach, xodimlarining uchdan bir qismini yo'qotdi.

1. Ish muhitida, xususan, ishga doir chat va forumlarda har qanday ijtimoiy-siyosiy mavzular taqiqlandi. Bunga sabab, xodimlarning ish vaqtidagi cheksiz bahslari kompaniyaga hech qanday foyda olib kelmasligi deb ko'rsatildi.

2. Imtiyozlar (sportzalni to'lab berish, tabiiy fermer xo'jaligi mahsulotlari va shunga o'xshash bema'niliklar) bekor qilinib, ularning o'rniga to'g'ridan-to'g'ri to'lovlar joriy etildi. Hamma o'z pulini xohlaganday ishlatsin!

3. Ishchi guruhlar, komitetlar, xodimbay ishlash dasturlari bekor qilinib, ularning vazifasi direktorlar va javobgar shaxslarga yuklatildi. Shuningdek, xodimlarning hamkasblari tomonidan baholanish formatidan voz kechildi.

4. Basecamp dunyoni qutqarish yoki ijtimoiy muammolarni hal qilish bilan shug'ullanmaydi, uning vazifasi bozorga sifatli mahsulot taqdim etib, daromad ko'rishdir.

Shundan so'ng, kompaniyaning 20 dan ortiq ishchisi norozilik sifatida ariza yozib ishdan bo'shab ketishgan. Kompaniya rahbari bu holat uchun uzr so'radi va ketganlar va qolganlarga minnatdorchilik bildirib, o'zgarishlar bekor qilinmasligini ta'kidlab o'tdi.

@progerlive
1
Team Lead: "Siz yaxshiroq comment yozishingiz kerak"
Men: "Ok boss 👌"

@progerlive
👏16🤯10😁6👍2
Front-end va Back-end haqida IT sohasida bo'lmaganlarga tushuntirishning eng oddiy usuli.

©unknown
@progerlive
😁16👍5🔥2👏2💩1
Forwarded from IT Park Uzbekistan
#event

UzGeeks May2022 Meetup Namangan 🤩

📆 28-may kuni, Namangan shahrida "UzGeeks May2022 Meetup Namangan" bo'lib o'tadi.
Mitapda ishtirokchilar onlayn mobil ta'lim platformasi dizayni, back-end va mobil ilova qismini yaratadilar.

Mitap spikerlari:
🔘 Alisher Mahmudov (Micros Development, Developer) - online mobil ta'lim - dizayndan dasturgacha. Dizayn - Figma.

🔘 Sardor Dushamov (Workly, Team Lead) - online mobil ta'lim - dizayndan dasturgacha. Back-end - Yii2.

🔘 Abdulaminxon Haydarov (Thinkland, Software engineer) - online mobil ta'lim - dizayndan dasturgacha. Mobil ilova - Flutter.

Meetupda qiziqarli savol bergan ishtirokchilarga esdalik sovg'alari topshiriladi 🎁

❗️Mitap bepul, va unda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tish lozim: https://www.uzgeeks.uz

Manzil: Namangan shahri, Hurriyat ko'chasi, 65.
👍1
Forwarded from Sardor Dushamov | PHP
Xayrli kun do’stlar!

Hammaga yaxshi kayfiyat hamroh bo’lsin.
😁21👍2
Forwarded from Abdulaminxon Haydarov
Ushbu maqolada hozirgi paytda IT sohasida ish qidirayotganlar yoki endi kirmoqchi bo'lganlar uchun o'zimni shaxsiy fikrlarimni yozib chiqdim. Agar ushbu maqola sizga qandaydir yordam bersa yoki foydali deb bilsangiz. Kerakli odamlarga ulashsangiz xursand bo'laman!

Maqolani o'qish.
🔥2
Forwarded from Abdulaminxon Haydarov
Assalomu alaykum.

Yaqin kunlarda Amazonga topshirgan intervyum haqida batafsil bitta maqola yozdim. Siz ushbu maqoladan kerakli ma'lumotlar olasiz degan umiddaman. Agar foydali bo'lsa yaqinlarga ham ulashing.

Maqolani o'qish uchun bosing.

Telegram: @webdastur
👍3
Forwarded from JR TwitGram 🥂
E’tibor bering! Amazon Uzbdagi dasturchiga yozyapti.

Bundan buyog’iga Uzbdan turib to’g’ridan to’g’ri FAANG ga (yoki boshqa katta kompaniyalarga) kirgan dasturchilar hikoyalari ko’payib boradi deb o’ylayman.
👍8🔥1😁1🎉1
Shunchaki yig'laging keladi...

@progerlive
😁29👍10😢3💩1
🎯 Dasturchining qoidasi!

— kod ishlayaptimi, bo'ldi tegma 😂
😁35👍6💩1
Holat.... 😂😭

👨‍💻 IT ga oid qiziqarli memelar.
📌 Har kuni yangi postlar.
Kofe va Memelar bilan tanafus.
💬 Commentlarda emotsilarni ulashish.
👆Bularning barchasi.

Instagram programmers.memez sahifasida.
A'zo boling....
🤣16👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁10👍3
Share!
😁14💯1
😁8🏆3👍1