PROGER LIVE
466 subscribers
128 photos
13 videos
15 files
241 links
ИТ, дастурлаш, мемлар, интернет ва тренд ҳақида блог.

Дастурчилар, веб-дизайнерлар, ИТ мутахассислари ва қизиқувчилар учун.

❗️Каналдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт!
@qirol4006
Download Telegram
​​Dasturchi bo'lish uchun qanday xislatlarga ega bo'lish kerak?

Dasturchi, avvalo, mantiqan super fikrlash kerak. Uning fikrlash doirasi juda katta bo'lish kerak. Mantiqiy masalalarni bittada yechib bilishi, dasturni mukammal darajada, sof yoza olishi kerak. Mantiqan fikrlashi kuchli bo'lgan dasturchi berilgan topshiriqni tez va sof tarzda bajaradi. Mantiqan boylikni qanday oshirish mumkin? Ko'proq shaxmat o'ynang. Mantiqiy masalalar yeching. Bu sizga yordam beradi. Yoki boshqotirmalar ham yordam beradi. Logikasi yaxshi bo'lgan odamga matematika ham shart emas.

#devs


👉 @thedevuz 👈
​​​​Hakerlar kim va ular qanday pul ishlashadi? Batafsil

— Haker atamasi
Hozir bilamiz, hakerlik degan narsa juda ko'payib ketdi. Hakerni ko'p kishi kompyuterni daxshat tushunadigan yoki telefonni zo'r tushunadigan odam deb o'ylashadi. Aslida esa, hakerlar jinoyatchilardir. Bilaman, siz shu gapni o'qib haron qoldingiz. Haker - ingl. "hack" - buzmoq, so'zidan olingan. Haker esa o'z navbatida buzg'unchi degan ma'noni anglatadi. Ko'chadagi Wi-Fi ni buzgan odam haker emas, buni unutmang.

Haker nima ish qiladi?
Haker turli xil sistemalarni buzuvchi shaxs. Uning ishi, shu sistemalarni himoyasini yo'q qilish. Kuchli haker uchun buzilmaydigan sistemaning o'zi yo'q. Dasturchilarning ham 70% dan ortig'i kiberhimoya uchun ishga olinadi. Chunki hakerlar yiliga kompaniyalarga juda katta zarar yetkazadi. Davlat organlari uchun hakerlar qo'rqinchli dushman. Davlatning maxfiy sirlari bo'lib, uni o'zlaridan boshqa hech kim bilmaydi. Hakerlar esa shu ma'lumotlarni ommaga tarqatib yuboradi, sistemani buzib, albatta. Shuning uchun ham ular jinoyatchi hisoblanishadi. Ularga beriladigan qamoq jazosi odatda ko'p bo'ladi. Hakerlikni qo'ying, avval dasturchi bo'lib olingchi 😁

— Hakerlar qanday pul topadi?
To'g'risini aytsam, hakerlar omadi kelib qolsa, dasturchining 1 yillik oyligini ham topib qo'yadi. Omadi kelmasa, dasturchining 15 yillik umrini qamoqda o'tkazadi. Lekin buyurtmaga ishlovchi hakerlar bor. Ha-ha, ular qonuniy ishlashadi. Aytaylik, sizning katta kompaniyangiz bor. Sizda maxfiy ma'lumotar bor. Buni raqobatchilardan yashirish maqsadida falon so'mga dasturchi olib kelgansiz. Lekin siz dasturchini kuchli yoki kuchsiz ekanini bilmaysiz. Hakerga telefon qilasiz va buyurtma berasiz. Agar haker buza olsa, u sizga qanday buzganligini ko'rsatadi va unga saboq uchun pul berasiz. Dasturchi bilan esa xayrlashasiz.

— Hakerlar haqida filmlar
Agar hakerlar aynan kimligini bilmoqchi bo'lsangiz, maslahatim, "Who am I", yoki mashhur serial "Mr. Robot" ni ko'ring. Ushbu filmlar hakerlar haqida, batafsil ko'rsatilgan. Serial uchun Mr. Robotni ko'ring, ishingiz qolib ketmasin yana.

|Maqola yoqdi degan umiddaman.

#hackers



@thedevuz
​​Yangilanish

Va, nihoyat, oldingi eski, zerikarli, har kuni o'zicha ekspert postlar tugadi. Endi memlar ko'proq bo'ladi. Mem nimaligini bilasizmi o'zi? Mem - bu ongli ravishda yoki ongsiz ravishda odamdan odamga nutq, yozish, video, marosimlar, imo-ishoralar va boshqalar orqali uzatiladigan har qanday g'oya, ramz, usul yoki harakat usuli. Jaa adabiylashib ketdim. Короче, kulgili rasm (orada ruscha qo'shib gapiraman). Biror bir voqea, holatni rasm orqali ifodalash. O'zimizni eski ithumor'imiz. IT yangiliklar ko'payadi. Oldingidek, esimga tushsa yangilik tashaydigan emas, nima yangilik bo'lsa, albatta, fikr bilan bo'ladi. Ba'zida esa IT mavzusidan yiroqlashib, trenddagi yangiliklar haqida o'z fikrimni bildirib o'taman. Xullas, zerikmaysiz.

Ha, yana bir narsa. Proger kim, deb savol bermang, iltimos. Agar, proger kimligini bilmasangiz, "Покинуть канал". Albatta, Google degan bir narsa bor. Bir narsa yozasiz, "вжух", qarabsizki, mana natija. O'zbekcha yozmang yana. Agar men biror bir postimda notanish so'z yozsam, va uni bilmasangiz, izlang, chiqadi. Shunchaki oldindan ogohlantiryapman. Так, agar hammasi joyida bo'lsa, bugun 21:00 da birinchi postimiz bo'ladi. Mavzu ommaviy, "Hech kimni bezovta qilmay, proger bo'lish". Gruppaga kirvolib, "Salom, dasturlawni qande organsam bolad" deb, xato yozib, asabni buzmasdan, meta-savol bermasdan o'rganishni, men ayrim Google amakini bilmaydiganlar uchun yozaman. Kuting, hali hammasi oldinda (balki..)


👉 @progerlive 🔥
Hech kimni bezovta qilmay, proger bo'lish

Mana bu savol senga tanish:

— Salom, dasturlawni qande organsam boladi?

G — Grammatika. Yoki meta-savol berishadi. Meta-savol — birdaniga maqsadga o'tmaslik. Masalan:

— Pythonni biladiganlar bormi?

Для таких отдельный котёл в аду, лол. Birinchi savolni ko'ramiz. Qanday o'rganish haqida. Shaxsan men dasturlashni Googledan o'rganganman. To'g'risi, googledan izlashni bilmaydiganlarni maymunga o'xshataman. Uzr, qo'pollashdim, ammo haqiqat. Agar shunaqa odam meni postimni o'qiyotgan bo'lsa, do'stim, brauzerga kirda, istagan narsangni, qiziqtirgan narsangni yoz. Ko'rib turibsanki, istalgan narsa chiqadi. Gruppaga kirvolib, xato yozib, asabga o'ynamay, shu yerda yoz. Yana eng hayron qoladiganim, ularning javobi.

— Dasturlashni qanday o'rgansam bo'ladi?
— Googledan izlang, yoki mana shu mana shu kanallarni tavsiya qilaman, kitoblar ko'p
— Hmm.

Hmm?? Axaxaxa! Birov o'lib tushuntiradi, sen hm deysan. Men ko'p ko'rdim. "Rahmat" — 6 ta harf. Shu 6 ta harfni yozish qiyinmi? Unisini qo'ying, savolni голосовой ko'rinishida ham yuborishadi. Xuddi odamlarni qilishga ishi yo'qki, shu ovozni eshitish kerak. Javob berib, evaziga «hmm, sps» degan javob olish kerak.

Katta maslahat

Men senga aytadigan bo'lsam, rus tilini o'rgan, hech bo'lmasa. Ingliz tilini bilsang, juda ham yaxshi. Qaysi dasturlashni tilini o'rganmoqchi bo'lsang, oldinga maqsad qo'y. Googlega kir. Rus tilida yoz. Masalan, «python курсы». Juda ham ko'p narsa chiqadi. Bu narsani gruppada topib bo'lmaydi. YouTubega kir. U yerda videokurslar tiqilib yotibdi. Shaxsan o'zim, dasturlashni Гоша Дударьning videolaridan o'rganganman. Xullas, dasturlashni 21-asrda o'rganish — muammo emas. Xohlasang, kitoblardan o'rgan. Uni ham Googledan izla. Izlash, izlash va yana izlash kerak. Shunda bir narsaga erishsa bo'ladi. Agar qo'pol gapirgan bo'lsam, uzr. Chunki bunaqa narsalarga asabim buziladi. Agar gruppada shunaqa savol ko'rsang, o'shalarga shundoq repost qilib yubor, tamom. O'qishni bilsa, o'qiydi.


#consult


👉 @progerlive 🔥
Veb-progerlar nimani o'rganishi kerak?

Bir dasturchi sayt yaratgan bo'lib, u yerda veb-dasturchilarni nimalarni o'rganishi kerakligi haqida sayt tayyorlagan.

Har bir mavzuda hamma narsa haqida ro'yxatlar bor. HTML, CSS, JS, PWA, freymvorklar, testing, xavfsizli, arxetiktura, dizayn, algoritm, ma'lumotlar bazasi — hammasi bor.

Agar yana shunaqa foydali va bepul resurslardan topib, sizlar bilan ulashishimni xohlasangiz, 🔥 ni bosing!

Погнали 👉 *sayt*

#resources

👉 @progerlive 🔥
​​1000 dan ortiq Zoomdagi shaxsiy videoqo'ng'iroqlar tarqalib ketdi

Zoom
da yozib olingan 1000 dan ortiq videoqo'ng'iroqlar YouTube va Vimeoga tarqalib ketgan. The Washington Post jurnalistlari tomonidan ko'rilgan videolarda aytilishicha, u yerda onlayn terapiya, kichik biznes konferensiyalar, o'quvchilarning shaxsiy ma'lumotlari oshkor bo'lgan maktab mashg'ulotlari va boshqalar videoda bo'lishgan.

Lekin eng hayron qolganim, Zoomning nihoyatda mashxur bo'lib ketishi. Men Zoomdan foydalangan paytlarim, 1-2 ta qarindoshim endi yuklab ulgurgan edi. Statistikaga qaraganda, koronavirus pandemiyasi sabab, Zoom martning o'zidayoq 200 mln. foydalanuvchiga ega bo'lib ulgurgan. Dekabrda bor yo'g'i 10 mln. edi. Koronavirusdan biror joy bankrot bo'lsa, boshqa joylar quvonishmoqda.


#itnews #zoom


@progerlive
Eplab kompilyatsiya qilish kerak 🌚

Дисклеймер: Сарказм!


@progerlive
​​Yana чёткий resurs topdim, do'stlar!

PluralSight
o'zining servislarini mutlaqo bepul qilib qo'ydi. 7000+ videodarslarni bepul yuklab olish imkoniyatini berdi. Karantinda yalpayib yotavermasdan, o'qish kerak.

Lekin bu sayt faqat aprel oyi davomida tekin ishlaydi. Keyin yana pullik bo'ladi. Так что, не теряем время.

Погнали 👉 https://www.pluralsight.com/offer/2020/free-april-month


@progerlive
Kecha yarim kechasi yozgan kodingni bugun o'qimoqchi bo'lganingda :)

Xayrli tong, do'stlar!


@progerlive
​​MEGA-TO'PLAM 🔥


Karantinda dasturlashni o'rganmoqchi bo'lganlar uchun, bugun barcha joylarni titkilab chiqdim! Eng qaynoq havolalar:


👉 Python asoslari — 1-dars

👉 Java beginners (Uzbek)

👉 PHP. #1-qism

👉 JavaScript (Uzbek)

👉 C++ ga kirish

👉 1 soatda CSS

👉 Dasturchilar uchun kitoblar

👉 Dasturchilar uchun pablik


Qo'ldan kelgancha materialla topishga harakat qildim. Sizdan talab qiladigan narsam, repost. Maksimal repost qilaylik, shundagina biz bekorchilarni kamaytiramiz. O'g'rilashdan foyda yo'q (vijdoniga havola).


P.S. Maksimal repost


@ProgerLive
​​​​Proger Live dan yangi loyiha — Proger Lib

Biz endi o'z kutubxonamizni ishga tushirdik. U yerga eng kerakli, ingliz, rus, o'zbek tillarida yozilgan kitoblarni tashlab boramiz. Har xil videodarslar ham tashlashga harakat qilamiz.

Bu bizning loyiha, reklama emas!


👉 @progerLib
​​Dark Reader


Tunda menga o'xshab, vaqtini kompda o'tkazadiganlarga ajoyib расширение.

Tunggi rejimni hamma saytga qo'llash qiyin narsa. Shu paytgacha bu narsada kamchilik ko'rmadim.

Maslahat beraman:
👉 https://chrome.google.com/webstore/detail/dark-reader/eimadpbcbfnmbkopoojfekhnkhdbieeh/related?hl=ru


@progerlive
​​Unsplash API

Unsplash - жуда кўп сифатли ва асосийси, бепул расмлар билан иборат сервис

Бундан ташқари, бу сервисда API мавжуд бўлиб, у орқали яхши веб-софтлар тахлаш мумкин. Бу ерда буни ишлатиш бўйича гайд берилган.


👉 Гайд

P.S. Энди канал кириллча олиб борилади.

@progerlive
​​Дастурчиларнинг ТОП-3 хатоси


1. Google

Дўстим, Google деган нарса ҳақида сенга олдин ҳам айтганман. Бу нафақат илгарилаб кетган прогернинг, балки кодингни энди бошлаган дастурчиларнинг ҳам энг катта хатоси. Улар муаммога душ келишса, группаларда беъмани савол беришади. Агар жавоб келавермаса, бўлди, проектни ташлаб юборади (агар ўзи учун бўлса). Ҳаттоки, шунақалар учун ҳам сайт очиб қўйишган. Агар жаа топилавермаса, StackOverFlow бор. У ерга саволингни ташайсан, мутахассислар кўриб, жавоб беради. Бу қийинми?

2. Изланмаслик

Шунақа прогер дўстларимиз бор, дастурлашни айни бир соҳасини ўрганиб оладида, заказларга қизиқиб кетади. Ва янги нарсаларни ўрганиш тамом! Фақат шу пул ишлаш бўлса бўлди. Агар сен ҳам шундай бўлсанг, бро, бу нарса тўғри келмайди. Агар каттароқ ва қимматроқ заказ олишни хоҳласанг, ўрган, излан, ярат. Портфолиосиз яхши заказ олиш қийин нарса. Улар оғиздаги гапгамас, портфолиога ишонадилар. Шу учун, фақат изланиш керак. Янги нарсаларни ўрганиб, четкий проект қилиш керак. Ана шунда бирор нон ейиш мумкин.

3. Битмай қолган проектлар

Менда ҳам бўлган бу. Компимда бир папка бор. Ичида тугамай қолган проект жуда ҳам кўп. Проектни шарга ўхшатаман. Қанча кўп шар олаверсанг, учиб кетасан. Тугалланганларини сотасан, қолгани қолади. Так что, проект бошлашдан олдин яхшилаб ўйлаш керак. Шу проектдан менга бирор фойда бўладими? Кучим етадими, йўқми, билиш керак. Ва шунга яраша ҳам, проектни бошлаш керак.


👉 @progerlive