PROGER LIVE
466 subscribers
128 photos
13 videos
15 files
241 links
ИТ, дастурлаш, мемлар, интернет ва тренд ҳақида блог.

Дастурчилар, веб-дизайнерлар, ИТ мутахассислари ва қизиқувчилар учун.

❗️Каналдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт!
@qirol4006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Python dasturlash tilida ajoyib videokurs. 1 soat ichida Pythonni yaxshilab o'rganing. Video rus tilida

#videocourses #python

1080P, FULL HD

@thedevuz
​​Dasturchilar uchun muhim maslahat

Yangi loyiha boshlash, uni davom ettirib, pullash. Qanday?


Siz deylik, katta loyiha boshladingiz. Lekin u loyihani qanday olib borish, uni davom ettirish va yakunda pullash yoki ommaga taqdim etish haqida ma'lumotga ega bo'lmasangiz, bugungi post sizga bag'ishlanadi 😉

Biror loyihaga qo'l urdingizmi, uni davom etish kerak! Dasturchilarda shunaqa «fishka» bor. Ular bir loyihani boshlashadi, shu bilan umri 2-3 kun bo'ladi. Loyihani boshlaganda diqqatni yig'ish kerak. Avval loyihani qismlarga ajratish kerak. Masalan, shu menyuda bunday bo'lish kerak, bunisi shunday... Asosiysi, loyihani nima uchun yaratayotganingizni bilishingiz kerak. Aks holda, omma oldida, loyihang nima qiladi, deyishsa, bilmadim, shu, hello world, deb javob berib qolasiz 😂 Blok-sxemalar orqali loyihani qismlarga bo'lib tuzish, eng katta foydani olib keladi.

Nima ham derdim, shu asosiysi loyiha shu turishicha qolib ketmasin!


#consultation


👉 @thedevuz
​​Windows 7 dan Mac OS X ni taxlasa bo'ladimi? Men taxladim 😎 Albatta, qiyin bo'ldi. Baho bering 👇

#other

@thedevuz
Мусин_Самоучитель Python.pdf
753.3 KB
Dmitriy Musinning ajoyib bir kitobi bor. Pythonni 0 dan o'rgatadi. Shaxsan o'zim shundan o'rganganman va sizlarga ham maslahat beraman.

Muallif: D. Musin
Hajmi: 753 kb
Nomi: Самоучитель Python


#books #python

@thedevuz
Dasturchi bo’lishdagi asosiy ko’nikmalar va unda uchraydigan muammolar.

Dasturlash o'rganaymi deb o'ylab o'tirganlar va yangi boshlovchilar, sizda dasturlashni o'rganishda muammolar va shularga qayerdan yechim olishni bilmayapsizmi, o'zida shu muammolarni ko'rgan tajribali dasturchidan kerakli maslahatlarni olishni xohlaysizmi? Unda vebinarga marhamat!

Vebinarda nimalar haqida ma'lumot va ko'nikma olish mumkin?

— Qanday qilib oyiga $1000 olish.
— Dasturlash haqida.
— Dasturlash tillarining sohasiga qarab ustunligi.
— Dasturchi bo’lish uchun nimalarga e'tibor berish kerak.
— Dasturchi bo'lishdagi asosiy ko'nikmalar, muammolar va unga yechimlar.
— Dasturlashni qayerda o'rganish kerak.
— Kelajakda bizni nima kutyabdi.
— Qiziqtirgan savollarga javoblar
— Webinarni oxirida esa Bonus ham bor.

Vebninarni kim o'tadi?

Vebinarni Burhon Baqoyev o'tqazadi. U kim deysizmi?

«Brain Development» o'quv markazi asoschisi
— «Alpha Team» jamoa team lideri
— «Uzbek Developer» Youtube kanal asoschisi
— Javascript va Python dasturlash tilida ishlaydi
— Web dasturlashda 2 yillik tajribaga ega

Vebinar YouTube orqali jonli efirda bo'ladi. A'zo bo'ling va qo'ng'iroqchani bosib qo'ysangiz, jonli efirga qanchadir qolganda sizga xabar keladi!

📅 8-Mart kuni sizni Vebinarda ko'rishkuncha.


Vebinar manzili 👉 https://youtu.be/twi9Za3aYG8
Yaqinda dastur kodida izohlar haqida gaplashgandik. Menimcha, buni dasturchi qilgan 😂

#ithumor

@thedevuz
​​[Python]
Ushbu kodning bo'lagidan nima chiqadi?


@thedevuz
Yuqoridagi savolning javobi

To'g'ri javob — True!

Pythonda kortejlar (tuple) bo'lib, ularning o'z qiymati bo'ladi. Qiymat jihatidan ikkinchi kortej kattaroq, shuning uchun javob boolean ko'rinishida bo'lib, True chiqadi

Agar yana shunaqa savol tashlashimizni xohlasangiz, 🔥 ga bosing

@thedevuz
Eski loyihangni tugatmay, yangisini boshlama!

#ithumor

@thedevuz
Sizga 0 ni berishdimi? Dasturchilar bunga quvonishadi!

#ithumor

@thedevuz
​​Tepadagi postga bo'lgan izohlarni ko'rib chiqyapman. Hech kimda hech narsa bo'lmabdi 😂 Chunki men bu postni bir rus kanalda ko'rib qolganman. Qarasam, shu yil yanvar oyida yangilanish payti bu xatolik ko'rib chiqilgan va tuzatilgan ekan, bu haqida Mi kompaniyasining offitsial saytida topib oldim. Hammadan uzr, so'rayman. Bu takrorlanmaydi. Darvoqe, bir obunachimiz, (sir tutiladi) buni marketing deb atabdi) Janob, men qolganlarga o'xshab vahima qiladigan ahmoq emasman. Qilsam ham, yaxshi postlarim bilan qilaman. "Shok xabar!" deb chiqadigan kanallarning aksariyati sifatsiz kontent bilan to'lib yotibdi. Ha mayli, xullas shunaqa gaplar...


Ertaga ajoyib post bo'ladi! Post mavzusi: "Dasturlashni qanday boshlash kerak?". Ko'p kishi endi IT sohasiga kirib keladi va hech narsani bilmaydi. Albatta, kompyuterda GTA o'ynashdan tashqari) Ular ikkilanishadi, qanday boshlasam ekan deb. Post vaqti 9:00. Agar post sizga kerak bo'lsa, har doimgidek 🔥 ni bosing!

@thedevuz
Dasturlashni qanday boshlash kerak? Dasturlash, dasturchi haqida ma'lumot.

Postni oxirigacha o'qing!

Masalan, siz dasturlash tugul, IT ni kuchuk bilan tenglashtiradigan odamsiz, masalan! Kompyuterdan faqat GTA o'ynash uchun foydalanasiz. Dasturchini kompyuter ustasi deb o'ylaydigan odam deyishingiz mumkin. Lekin dasturlash olamiga kirib kelgandan so'ng sizning dunyoqarashingiz butunlay o'zgaradi. IT — bu katta olam. Dasturchi — bu "sehrgar". Lekin shu dunyoqarashga ega bo'lish uchun nima qilish kerak?

Siz avvalombor, dasturlashni o'rganishingiz uchun, dasturlash nimaligini bilishingiz kerak! Dasturlash — bu biror bir muammoni kompyuter "tilida" yechish. Dasturlash tilib — bu kompyuter tushunadigan til, ya'ni siz biror bir muammoni hal qilayotgan paytingiz kompyuterga buni tushuntirishingiz kerak. Kompyutergan tushuntirish uchun o'sha tilni siz ham bilishingiz kerak. Dasturlashning o'zining xillari bo'lib, ular juda-juda ko'p. Python, Java, Javascript, C++,C, C#, Swift, Ruby, Rust, PHP, Frontend, Backend... Ular juda ko'p Lekin ularning hammasi ham zo'r emas. Shaxsan o'zim Python, Java, C++ni ma'qullayman. Chunki ular funksional. Funksionallik nima? Bu tilining qo'lidan keladigan ishlari. Masalan, siz salto otishni bilmaysiz, lekin bir do'stingiz saltoni ham, boshqani ham biladi. Bu uning mahoratliligidan dalolat. Dasturlash tillarida ham shunaqa. Qancha ko'p mahoratli bo'lsa, shuncha u foydali. Mana, dasturlash haqida sal bo'lsa ham ma'lumot oldik

Xo'p, unda dasturchi kim?

Dasturchi
— bu o'sha muammolarni hal qiladigan odam. Muammo deganda ko'z oldingizga Xitoydagi koronavirus yoki dollarning ko'tarilishi, propiska, oylik... Ular kelmasin yana)) Muammo, masalan, kvadratning yuzini topish. Tomonini kvadratga oshirasiz tamom. Lekin buni kompyuterga qanday tushuntirishni bilmaysiz, chunki u tushunadigan tilni siz bilmaysiz. Dasturchi esa biladi. U kod yozadi va uni ishga tushiradi. Tomonni kiritadi, birdaniga "abra-kadabra"! Javob chiqdi. Bekorga ham dasturchini sehrgarga qiyoslamadik. Kod nima degan savol keladi. Yo'q-yo'q, bu Wi-Fini kodi emas. Bu dasturlash tilining so'zlari. Ingliz tilida apple, home deganidek, dasturlash tilida ham o'z so'zlari va buyruqlari bor. Dasturchi yozgan narsa — bu kod. U ishladimi, demak muammo hal bo'ldi.

Dasturlashni qanday o'rganish mumkin?

Dasturlashni o'rganish uchun, maslahatim, rus tilini bazaviy bilimlarini bilish kerak. Chunki o'zbek tilidagi sifatli dasturlash haqida kurslar haqida eshitmaganman. Kitoblar ham kam. Barchasi studentlarning diplom ishi. Lekin rus tilida, ehhe... Ingliz tilida ehhhee.... Rus tilida masalan kitob ko'p. Men shaxsan Pythonchiman va Pythonni "A byte of Python" kitobidan mukammal o'rganganman. Boshlang'ichdan o'rgatadi, noldan. Shundoq Google yozsangiz, ruscha varianti chiqadi. Qolganlar haqida ham bor, talaygina. Ularni shunchaki topish kerak. Dasturlashni 2-yo'li bu videokurslar. Masalan, YouTube blogerlar orqali o'rganish mumkin. Men bir postda ular haqida alohida maqola tayyorlaganman. YouTubedan ham o'rganish mumkin. 3-yo'li bu — o'quv kurslari. PDP, Napa, Najot ta'lim.. Lekin bularning barchasi Toshkentda. Xullas, dasturlashni o'rganish oson, hozirgi zamonda. Asosiysi mehnat, dangasalik esa doimo xalaqit beradi!


Agar dasturlashni endigina boshlagan tanishingiz bo'lsa, unga shu postni jo'nating. Zora biror foydamiz tegsa!


#consultation


👉 @progerlive
py3 in one pic.png
3.5 MB
Bitta rasmda butun Python. Shpargalka sifatida foydalansa bo'ladi.

#python

@thedevuz
​​Android uchun qaysi dasturlash tili ma'qul?

Ko'p kishi Androidga dastur yozish uchun qaysi dasturlash tilini tanlagan ma'qul deb yozadi menga. Bugungi post shunaqa savolchilarga.

Android telefon OSi bo'lib, kompyuter dasturi unda ishlamaydi. Shuning uchun ham ushbu platformaga alohida modullar mavjud. Unga deyarli barcha dasturlash tilida dastur tayyorlash mumkin. Masalan, Python, Java, Kotlin, Swift... Lekin aksariyat dasturlar Javada yoki Kotlin, yoki Swiftda qilinadi. Pythonda ham shunaqa modul bor, Kivy degan. U orqali ham dastur tayyorlasb mumkin, lekin Kivy Pythonning 3.8 versiyasidan keyin nomutanosib. Agar Android Dev bo'lishni xohlasangiz, Javani o'rganing.

#android

@thedevuz
Yangi loyiha uchun g'oyani qayerdan olish mumkin?

Masalan, sizda yetarli bilim bor. Pul bor. Internet bor, garchi tez bo'lmasa ham. Lekin g'oya yo'q. Shunday g'ohalarni qanday o'ylab topish haqida gaplashamiz.

1. Hozirgi muammolarni ko'rib chiqing
Hozirgi muammo deganda mashinaning narxi oshishi, monopoliya, pro... e uzr, ro'yxatdan o'tish emas, dasturlardagi va kundalik hayotdagi muammolar. Masalan juda ham mashxur dastur bor. Lekin uni kamchiliklari bor. Kamchiligini topish uchun uni ishlatib, o'zingizni QA injener sifatida ham sinab ko'rasiz. Unga bo'lgan izohlarni ko'rib chiqing. U yerdagi fikrlardan shu dasturni momini va logotipini o'zgartirib, undan ancha yaxshirog'ini qiling.

2. Hali bo'lmagan narsa yarating

Hozir siz telefoningiz yoki kompyuter orqali bir ishni har kuni qilasiz, lekin uni yengillashtirish haqida o'ylab ham ko'rmaysiz. Dasturchi esa shunaqa muammochalarni hal qolishj kerak. Dasturingiz qanchalik foydali bo'lsa, shuncha yaxshi.

3. Loyihani boshlash

Biror loyihaga qo'l urdingizmi, uni davom etish kerak! Dasturchilarda shunaqa «fishka» bor. Ular bir loyihani boshlashadi, shu bilan umri 2-3 kun bo'ladi. Loyihani boshlaganda diqqatni yig'ish kerak. Avval loyihani qismlarga ajratish kerak. Masalan, shu menyuda bunday bo'lish kerak, bunisi shunday... Asosiysi, loyihani nima uchun yaratayotganingizni bilishingiz kerak. Aks holda, omma oldida, loyihang nima qiladi, deyishsa, bilmadim, shu, hello world, deb javob berib qolasiz 😂 Blok-sxemalar orqali loyihani qismlarga bo'lib tuzish, eng katta foydani olib keladi.

#project

@thedevuz

Nima ham derdim, shu asosiysi loyiha shu turishicha qolib ketmasin!
Channel name was changed to «The Dev»
Python-ning asosiy modullari va freymvorklari

PyGame
— Kompyuterlar uchun o'yin tayyorlash moduli

Django — Veb-sahifalar tayyorlash freymvorki

Kivy — Android uchun dasturlar taxlash freymvorki

PyQT5 — Formalar bilan ishlash. C# ga o'xshash interfeysga ega.

GUI — Grafik oynalar tayyorlash moduli

Pythonda modullar va freymvorklar juda ko'p. Lekin biz asosiylarini sanab o'tdik.

#python

@thedevuz