PROGER LIVE
466 subscribers
128 photos
13 videos
15 files
241 links
ИТ, дастурлаш, мемлар, интернет ва тренд ҳақида блог.

Дастурчилар, веб-дизайнерлар, ИТ мутахассислари ва қизиқувчилар учун.

❗️Каналдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт!
@qirol4006
Download Telegram
​​Ertalab shunday yotoqda uyg'onishni kim ham orzu qilmaydi deysiz?

#ithumor

@thedevuz
​​Hindistonda VPN va Proksilar uchun qamashyapti ekanmish

Jamma va Kashmir shtatlari bo'linishi tufayli Hindiston shimolida yomon geosiyosiy muhit vujudga keldi. Shuning uchun davlat 300 ga yaqin saytni, jumladan ijtimoiy tarmoqlarni va o'sha saytlarga kiruvchi VPN va Proksilarni taqiqlab qo'ydi. Bu orqali esa u yerda VPN uchun jinoiy javobgarlikka tortilishyapti ekan.

Source CNews

#news #india


@thedevuz
​​Frilanser-dasturchilarga tajribalilardan maslahatlar to'plami

Frilansermisiz? Buyurtmangiz yaxshi sifatda bo'lishi, buyurtmachiga sizning ishingiz yoqishi, narxni qanday ko'tarish va boshqalar haqida gaplashamiz!

Qanday qilib buyurtma olish mumkin?

Siz yaxshi dasturchi bo'lsangiz, siz haqingizda odamlar bilsa, sizga buyurtma tushadi. Lekin sizga xohlagan buyurtmachi dastur buyurtma qilganda, albatta, sizdan portfolio so'raydi. Agar sizda portfolio bo'lmasa, bu degani, frilanser bo'la olmayman degani emas. Siz uni ishontiring, ya'ni yaxshi dastur taxlashingizga uni amin qiling. Shundan keyin yaxshi dastur taxlaysiz. Va uni portfolioga solib qo'yasiz, tamom! Lekin siz mashxur bo'lmasangizda, sizni odamlar topishin xohlasangiz, xizmatlaringizni reklama qiling. Xohlasangiz, menga murojaat qiling, xizmatlaringizni odamlarga tanishtirishda yordam beraman. Va yana bir narsa! Buyutmachi bilan gaplashganda har doim MUOMALA bilan gaplashing. Shirin muomala unga ham yoqadi. Shu orqali buyurtma ham olasiz. Xullas, har xil yo'llar bor. Asosiysi, iqtidor va mehnat!


Buyurtmachiga ishning yoqishi va narx

Bu nozik masala. Chunki siz uxlamay tayyorlab chiqqan narsa buyurtmachiga yoqmay qolishi ham mumkin. Bu albatta jahlni chiqaradi, chunki bu narsa menda ham bo'lgan =) Ammo, yoqmagan narsani aylantirib, bahona toping. Uni xuddi shu narsani tushunmaydiganday qiling, ya'ni siz o'zingizni mutaxassisidek tuting, agar "bilmasam, yo'g'e, e o'zi shunaqa" desangiz, siz uni ko'z oldida "tupoy"dek ko'rinib qolasiz. Narxga o'tamiz. Oo, shu narx degani yomonda. O'lib taxlagan narsani "kopeyka" bilan baholasa, yig'lagingiz keladi. Narxni ko'tarish uchun siz oldindan gaplashishingiz kerak. Tushuntirish kerak, xuddi dastur nisbatan qiyin, shu uchun shuncha narx. Hammasi juda oddiy! 😉


Agar maqola yoqqan bo'lsa, do'stlar bilan bo'lishing!


#consultation


@thedevuz
Bu muammoni faqat Python-mutaxassis bartaraf qila oladi

#ithumor


@thedevuz
​​Hozir Facebook'da o'qib qoldim buni. Kechagi kommment ekan. To'g'risi, bu odamni topib olsam, u sog' qolmaydi. Shunaqa "filosof"lar bor ekan, davlat rivojlanmaydi. Agar bu odam "tepa"da ishlasa, demak davlatga "foyda" keltiruvchilar bittaga oshgan ekan. Gap, so'z yo'q...

#comments


@thedevuz
​​Haligi «борзый» okamizni topishibdi. Adabini berishganga o'xshaydi. Maqtab yozibdi-ku. Tagida kommentchi menman =)

#comments


@thedevuz
​​Microsoft Linux'ga viruslarga qarshi kurashda yordam beradi

Advanced Threat Protection antivirus dasturi Linux OSga moslab taxlandi. Bu "saxiylik" esa faqat shu OSning server distributlariga tarqaladi. Bunga esa Microsoft ham hissa qo'shmoqda.

#news #linux #microsoft


@thedevuz
Siz qanchalik tez yoza olasiz?

Yoshlar Ittifoqi yangi loyiha ochibdi. Klaviaturada qanchalik tez va bexato yozishinizni aniqlab beruvchi saytni ishga tushirishgan bo'lib, unda shaxsan men ham qatnashdim. Ajoyib loyiha ekan.

1 minutda nechta so'zni bexato va aniq yoza olasiz? Albatta, dasturchilar uchun bu juda kerakli narsa, ya'ni tez yozish, bilasiz, hamma joyda muhim.

Sayt 👉 tezyoz.uz

Yuqori natijalarni kanalimiz botida kutib qolaman!


@thedevuz
Ertaga ajoyib videorolik tashlamoqchiman, do'stlar! Lekin qaysi dasturlash tilidan tashlasam ekan deb ikkilanib turibman-da =)

Qaysi dasturlash tilidan videorolik bo'lsin?
Anonymous Poll
32%
Java
18%
C/C++
28%
Python
14%
JavaScript
9%
PHP
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mana, kechagi natijalar!

Java — 29%
C/C++ — 20%
Python — 26%
JavaScript — 15%
PHP — 10%

Ko'rib turganingizdek, Java yutdi! 29%

Video o'zbek tilida! Javani bo'limma-bo'lim, kitobma-kitob qilib o'rganish shart emas. Men shunaqa video topdim. Ajoyib ekan, bitta videoda shuncha narsa! Oling, ko'ring, o'rganing, rivojlaning!

#java #videocourses

@thedevuz
​​Stackoverflow nima?

Dasturchilarning "jannat"i

Bu savol-javob sistemasi. Dasturingizda xato chiqib qolsa, bemalol, INGLIZCHADA Stackoverflow.com saytiga joylashingiz mumkin. Tezda va aniq javob berishadi, o'zim ham u yerda faolman 😉 Ko'p kishi Stackoverflow'ni dasturlash tili deb o'ylashadi. Shundaylarga yaxshi ma'lumot bo'ldi degan umiddaman!

#stackoverflow #info


👉 @thedevuz
​​Politsiya Boston-Dynamics robo-itlarini sinovdan o'tkazdi

Massachusets politsiyasi 2019-yil noyabr oyidan beri robo-itni, aniqrog'i Spotni sinovdan o'tkazishyapti. Ammo har doimgidek u ham bagga yo'liqdimi deymanda. Chunki korobkani tekshirish vazifasini berishganda u joyida o'tirib, hech narsa qilmagan. Politsiya korobkada bomba bormi, yo'qligini bilish uchun Spotdan foydalanishmoqchi edi, ammo Spot ham haqiqiy itdan aqlli chiqib qoldi 😂

#news #robots


@thedevuz
​​Dasturchining mushugi doim uni qo'llaydi. U egasining kodidagi baglarni to'g'rilaydi

#ithumor

@thedevuz
Dasturchining mushugi nafaqat kodda yordam beradi, balki videoo'yinlarga sherik ham bo'ladi 😂
Obunachimizdan =)

#ithumor

@thedevuz
​​Bir tanishimning shaxsiy blogi bor. U fichauz loyihasi asoschisi va yaqinda yangi blog ochdi. Internet, media, trenddagi yangiliklar va boshqa narsalar haqida o'z fikrini bildiradi. Shaxsan men uning blogini kuzataman va sizlarga ham maslahat beraman. Bu reklama emas


👉 @tmanuz — Internet, trend va media haqida shaxsiy blog
Haa, bu JavaScript, do'stlar!

#ithumor

@thedevuz
​​⚡️O'zbekistonda hozircha Ucell mobil operatorida to'xtalish yuzaga keldi. Hozirda hatto do'konlarda terminal to'lov ham ishlamayapdi.

#news #ucell

@thedevuz
Kuniga 2 soatdan shug'ullanish. 1 yilda qanaqa dastur yoza olasiz?

Albatta, hammamiz bilamiz, ko'p kishi dasturlashni o'zlari o'rganishadi. Internetdan, turli xil kitoblardan, har xil resurslardan. Ana shunday ishtiyoqi bor dasturchilar ertaga foydasi tegadigan mutaxassis bo'lib yetishadi.

Nimadan boshlash zarur?

Google'ga kiring. Qaysi dasturlash tilini o'rganmoqchi bo'lsangiz, o'shaning kurslarini oling. Bitta Sublime Text matn muharriri, bitta daftar, bitta ruchka va tinchlik. Ro'yxatda Sublime nima deb savol berishingiz mumkin. Sublime — matn muharrir bo'lib, u orqali dasturlarni chiroyli dizaynda yozib, uni saqlab terminal orqali ishga tushirish uchun mo'ljallangan. Daftar-chi? Daftar siz kursda eshitgan, bilib olgan ma'lumotlar, jumladan funksiyalar, protsedura va modullarni yozib olishga kerak bo'ladi. Shaxsan men Python dasturlash tilini shunday o'rganganman va o'rganishda shu tarzda davom etyapman. Daftarga yozish jarayonida boshqa funksiyalarni ko'raman, va shu orqali ularni bir takrorlab chiqaman. Tinchlik esa diqqatni rostlash uchun. ExeLabning ajoyib, daxshat kurslari! 👉 Download

Kursdan oldin nima qilish kerak?

Albatta, kursdan oldin toza havoga bir chiqib olish kerak. Organizm toza kislorodga to'yinsa, miya faoliyati "четкий" ishlaydi, doktormasman-u, lekin bilaman 😊 Yoningizga ichimlik oling, xoh-u choy bo'lsin, yoki suv. Kompyuter atrofini bo'shating, tashqi shovqinni yo'qoting. Shundagina u quloqdan kirib bunisidan chiqib ketmaydi!

Kuniga 2 soatdan 365 kun.

Agar siz shu yo'sinda, oldingizga maqsad qo'yib, shiddat bilan o'rgansangiz 1 yilda siz umuman boshqacha bo'lasiz. Siz oldingi hammadan yordam so'rab yuradigan, tushuntirishsa kallasiga "tepmaydigan" beginner emas, kamida junior bo'lasiz. Bu katta natijaga bir kun ham qoldirmaganlar sazovor. Qiziqsangiz, o'rganing, Majburiy o'rganishdan naf yo'q!


Men har doim o'qiyman va izlanaman! Qabr toshi mening diplomim...
© Ertta Kitt


#consultation


@thedevuz