PROGER LIVE
466 subscribers
128 photos
13 videos
15 files
241 links
ИТ, дастурлаш, мемлар, интернет ва тренд ҳақида блог.

Дастурчилар, веб-дизайнерлар, ИТ мутахассислари ва қизиқувчилар учун.

❗️Каналдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт!
@qirol4006
Download Telegram
​​Dasturchiga ekspertdan 5 ta maslahat

Ekspert: John Cotterel, game dev

1. Dasturchi bitta dasturlash tilini mukammal bilishi kerak, qolganlari haqida esa hech bo'lmasa tushunchaga ega bo'lishi kerak

2. Och qorinda ishlash, bu to'g'ri kelmaydi. Lekin ortiqchasi, undan ham yomoni

3. O'zingizni shunday narsalar bilan ta'minlangki, ular sizning ishingizni effektini oshirsin va qulaylik ta'minlasin. Masalan, yomon internet, kuchsiz kompyuter...

4. O'z xatongizni o'zingiz to'g'rilashga harakat qiling.

5. Har doim vaqtida uxlashga harakat qiling. Sport bilan shug'ullaning, zararli odatlarni tashlang. Sizning jismoniy holatingiz ishingizga ta'sir qiladi

Shaxsan mendan maslahat olishni istaysizmi? Maslahatim, do'stlar, shu ekspert akamizni maslahatlariga amal qiling! 😆

#experts #consultation


@thedevuz
​​Britaniya maktablarida ota-onalarni bolalarini hakerlar dasturlari o'rnatgani uchun politsiyaga topshirishga chaqirmoqda

West-Midlands grafligi maktablarida bolalarini kompyuterida ayrim dasturlar yuklangan bo'lsa, bu uni politsiyaga topshirishga sabab bo'ladi. Bu ro'yxatda Tor Browser, Kali Linux, virtual mashina (buni Kali Linuxga qo'ysa bo'ladi) va, to'satdam, gamerlar messenjeri Discord! Ya'ni bular hakerlik uchun yetar ekanmish...

Britaniyalik bo'lganimda, kim qachon qamalib ketarmidim... 😊 Lekin bizning o'zbek xakerlarimiz eng yaxshisi! Chunki ular faqat qo'shnining Wi-Fi'ni buzishadi xolos 😅

#news #hackers

Source: ZDNet



@thedevuz
​​Google o'zining tekin Wi-Fi loyihalarini yopdi

Qo'rqmang, bu O'zbekistonda emas, darvoqe, bu narsa bizda yo'q.

O'zida 400 nuqtalarda bepul Wi-FI tashkil qilgan Google Station loyihasi Hindiston, Meksika, Tailand, Braziliya, Nigeriya, JAR, Vyetnam va Fillipinda tekin Wi-Filarni yopdi. Buning sababi esa Google daromadsizlik deb ta'kidlab o'tdi.

Agar bizda Google tekin Wi-Fi joriy qilsa, odamlar yotib olsa kerak..

#news #google


@thedevuz
Injener, eng katta ishlardan birini qilgan buyuk inson, ya'ni CTRL+C VA CTRL+V kombinatsiyasini o'ylab topgan Larri Tesler 74 yoshida vafot etdi... Press F 😔

#pressF

@thedevuz
​​#ithumor

Kompyuterlar 1946-yil yaratilgan. Dasturchilar 1946-yilgacha:


@thedevuz
​​Ertalab shunday yotoqda uyg'onishni kim ham orzu qilmaydi deysiz?

#ithumor

@thedevuz
​​Hindistonda VPN va Proksilar uchun qamashyapti ekanmish

Jamma va Kashmir shtatlari bo'linishi tufayli Hindiston shimolida yomon geosiyosiy muhit vujudga keldi. Shuning uchun davlat 300 ga yaqin saytni, jumladan ijtimoiy tarmoqlarni va o'sha saytlarga kiruvchi VPN va Proksilarni taqiqlab qo'ydi. Bu orqali esa u yerda VPN uchun jinoiy javobgarlikka tortilishyapti ekan.

Source CNews

#news #india


@thedevuz
​​Frilanser-dasturchilarga tajribalilardan maslahatlar to'plami

Frilansermisiz? Buyurtmangiz yaxshi sifatda bo'lishi, buyurtmachiga sizning ishingiz yoqishi, narxni qanday ko'tarish va boshqalar haqida gaplashamiz!

Qanday qilib buyurtma olish mumkin?

Siz yaxshi dasturchi bo'lsangiz, siz haqingizda odamlar bilsa, sizga buyurtma tushadi. Lekin sizga xohlagan buyurtmachi dastur buyurtma qilganda, albatta, sizdan portfolio so'raydi. Agar sizda portfolio bo'lmasa, bu degani, frilanser bo'la olmayman degani emas. Siz uni ishontiring, ya'ni yaxshi dastur taxlashingizga uni amin qiling. Shundan keyin yaxshi dastur taxlaysiz. Va uni portfolioga solib qo'yasiz, tamom! Lekin siz mashxur bo'lmasangizda, sizni odamlar topishin xohlasangiz, xizmatlaringizni reklama qiling. Xohlasangiz, menga murojaat qiling, xizmatlaringizni odamlarga tanishtirishda yordam beraman. Va yana bir narsa! Buyutmachi bilan gaplashganda har doim MUOMALA bilan gaplashing. Shirin muomala unga ham yoqadi. Shu orqali buyurtma ham olasiz. Xullas, har xil yo'llar bor. Asosiysi, iqtidor va mehnat!


Buyurtmachiga ishning yoqishi va narx

Bu nozik masala. Chunki siz uxlamay tayyorlab chiqqan narsa buyurtmachiga yoqmay qolishi ham mumkin. Bu albatta jahlni chiqaradi, chunki bu narsa menda ham bo'lgan =) Ammo, yoqmagan narsani aylantirib, bahona toping. Uni xuddi shu narsani tushunmaydiganday qiling, ya'ni siz o'zingizni mutaxassisidek tuting, agar "bilmasam, yo'g'e, e o'zi shunaqa" desangiz, siz uni ko'z oldida "tupoy"dek ko'rinib qolasiz. Narxga o'tamiz. Oo, shu narx degani yomonda. O'lib taxlagan narsani "kopeyka" bilan baholasa, yig'lagingiz keladi. Narxni ko'tarish uchun siz oldindan gaplashishingiz kerak. Tushuntirish kerak, xuddi dastur nisbatan qiyin, shu uchun shuncha narx. Hammasi juda oddiy! 😉


Agar maqola yoqqan bo'lsa, do'stlar bilan bo'lishing!


#consultation


@thedevuz
Bu muammoni faqat Python-mutaxassis bartaraf qila oladi

#ithumor


@thedevuz
​​Hozir Facebook'da o'qib qoldim buni. Kechagi kommment ekan. To'g'risi, bu odamni topib olsam, u sog' qolmaydi. Shunaqa "filosof"lar bor ekan, davlat rivojlanmaydi. Agar bu odam "tepa"da ishlasa, demak davlatga "foyda" keltiruvchilar bittaga oshgan ekan. Gap, so'z yo'q...

#comments


@thedevuz
​​Haligi «борзый» okamizni topishibdi. Adabini berishganga o'xshaydi. Maqtab yozibdi-ku. Tagida kommentchi menman =)

#comments


@thedevuz
​​Microsoft Linux'ga viruslarga qarshi kurashda yordam beradi

Advanced Threat Protection antivirus dasturi Linux OSga moslab taxlandi. Bu "saxiylik" esa faqat shu OSning server distributlariga tarqaladi. Bunga esa Microsoft ham hissa qo'shmoqda.

#news #linux #microsoft


@thedevuz
Siz qanchalik tez yoza olasiz?

Yoshlar Ittifoqi yangi loyiha ochibdi. Klaviaturada qanchalik tez va bexato yozishinizni aniqlab beruvchi saytni ishga tushirishgan bo'lib, unda shaxsan men ham qatnashdim. Ajoyib loyiha ekan.

1 minutda nechta so'zni bexato va aniq yoza olasiz? Albatta, dasturchilar uchun bu juda kerakli narsa, ya'ni tez yozish, bilasiz, hamma joyda muhim.

Sayt 👉 tezyoz.uz

Yuqori natijalarni kanalimiz botida kutib qolaman!


@thedevuz
Ertaga ajoyib videorolik tashlamoqchiman, do'stlar! Lekin qaysi dasturlash tilidan tashlasam ekan deb ikkilanib turibman-da =)

Qaysi dasturlash tilidan videorolik bo'lsin?
Anonymous Poll
32%
Java
18%
C/C++
28%
Python
14%
JavaScript
9%
PHP
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mana, kechagi natijalar!

Java — 29%
C/C++ — 20%
Python — 26%
JavaScript — 15%
PHP — 10%

Ko'rib turganingizdek, Java yutdi! 29%

Video o'zbek tilida! Javani bo'limma-bo'lim, kitobma-kitob qilib o'rganish shart emas. Men shunaqa video topdim. Ajoyib ekan, bitta videoda shuncha narsa! Oling, ko'ring, o'rganing, rivojlaning!

#java #videocourses

@thedevuz
​​Stackoverflow nima?

Dasturchilarning "jannat"i

Bu savol-javob sistemasi. Dasturingizda xato chiqib qolsa, bemalol, INGLIZCHADA Stackoverflow.com saytiga joylashingiz mumkin. Tezda va aniq javob berishadi, o'zim ham u yerda faolman 😉 Ko'p kishi Stackoverflow'ni dasturlash tili deb o'ylashadi. Shundaylarga yaxshi ma'lumot bo'ldi degan umiddaman!

#stackoverflow #info


👉 @thedevuz