PROGER LIVE
466 subscribers
128 photos
13 videos
15 files
241 links
ИТ, дастурлаш, мемлар, интернет ва тренд ҳақида блог.

Дастурчилар, веб-дизайнерлар, ИТ мутахассислари ва қизиқувчилар учун.

❗️Каналдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт!
@qirol4006
Download Telegram
Python uz [@IPROGERUZ].pdf
1.9 MB
PYTHON UZ 🐍

Ko'p kishiga ruscha kitob yoqmagan ko'rinadi... Lekin do'stlar, rus tili va ingliz tilini bilish zarar qilmaydi. Rus tilida yozilgan ayrim va ko'pchilik kitoblar o'zbekcha kitoblardan yaxshi, ko'pchilik o'zbek kitoblari ham rus tilidan tarjima qilinadi. Shuning uchun rus kitoblarini ham tavsiya qilaman, o'zim ham rus va ingliz tilida kitoblardan dasturlashni o'rganganman

#books #python

Dasturchilar 👉 @IPROGERUZ
Delphida dasturlash [@IPROGERUZ].pdf
1.9 MB
DELPHIDA DASTURLASH 💻

Delphichilar uchun ham yaxshi qo'llanma

#delphi #books


Dasturchilar 👉 @IPROGERUZ
Cppda dasturlash asoslari[@iProgeruz].pdf
658.1 KB
C++ DA DASTURLASH ASOSLARI

C++ chilar uchun ham ajoyib bir kitob. Qo'llanma desa ham bo'ladi

#books #cpp

Dasturchilar 👉 @IPROGERUZ
Yomonmas! Shunga aqli yetibdi, qoyil 😊

#ithumor

Dasturchilar 👉 @iPROGERUZ
XAKERLAR VA KORONAVIRUS

Dunyo ahlining diqqatida turgan koronavirus epidemiyasi texnologik kompaniyalarga ham jiddiy ziyon keltirmoqda.
Bu holatga IBM X-Force kompaniyasining kiberxavfsizlik mutaxassislarining xabar berishicha, xakerlar shu ofatdan ham foydalanib qolish yo‘lini topibdi. Bu haqda techradar.com sayti yozmoqda.
Ular go‘yoki koronavirus infeksiyalari va ulardan himoyalanish choralari haqidagi qo‘llanma ko‘rinishida tayyorlangan faylga kompyuter virusini joylab tarqatishyapti.
Mazkur nashrga ko‘ra, bu fayllar Microsoft Word yoki PDF formatli hujjat yoxud MP4-video ko‘rinishida niqoblangan holda tarqatilmoqda. Bir qarashda u fayllarni chindan ham bu virusdan himoyalanish qo‘llanmasi, deb o‘ylash mumkin. Lekin uning ichiga Emotet turkumidagi o‘ta zararli kodlar yashirilgan va ular kompyuterga to‘liq o‘rnashib oladi. Undan so‘ng esa u foydalanuvchining undagi shaxsiy ma’lumoti, login-paroli, brauzeri tarixi, maxfiy hujjati va hokazolarni xakerlarga jo‘natadi.
Achinarlisi, hozirga qadar bir necha ming kompyuter shu tur kiberhujum qurboniga aylangan. Dastlabki qurbonlar esa Yaponiyaning Gifu, Osaka va Tottori shaharlarida kuzatilgani aytilyapti. Biroq xakerlarning bu kabi “faoliyati” yana kengayishi mumkin.
Ushbu vaziyatga “Kasperskiy laboratoriyasi” tahlilchisi Anton Ivanov quyidagicha izoh bergan:

“Asosiy yangilik sifatida keng muhokama etilayotgan koronavirus allaqachon kiberjinoyatchilar uchun “xo‘rak”ka aylanib bo‘lgan. Shu kungacha biz u bilan bog‘liq bo‘lgan 10 xil faylga duch keldik, ammo ular yanada ko‘payishi aniq”.
Ma'lumot TUIT ONLINE kanalidan olindi

#hackers #coronavirus

Dasturchilar 👉 @IPROGERUZ
​​SEARCHEE BOT

Kanalingizning raqobatchilari haqida bilishga qiziqgansiz, bu aniq. Men shunaqa bot topdim, u 4 ta tilda ishlay oladi. O'zbek tilida ham. Unda siz kanalingizni tematikasidagi kanallarni topishingiz mumkin. Sizlarga ham tavsiya qilaman

@Searcheebot
​​Maslahatim, bu rasmni ko'rmang! Yuragi bo'shlar, surdik! 😂

#ithumor

Dasturchilar 👉 @IPROGERUZ
#cpp

[C++] Bu koddan qanday natija chiqadi?

@IPROGERUZ
​​FRONTEND va BACKEND

Front End
— bu brauzer o'qishi, yoki ekranga yoki ishlay oladigan narsalarning barchasi. Ya'ni, bu HTML, CSS va JavaScript.

HTML (HyperText Markup Language) — brauzerga sahifaning mazmunini, masalan, «sarlavha», «paragraf», «ro'yxat», «ro'yxat elementi» nima ekanligini aytadi.

CSS (Cascading Style Sheets) — brauzerga elementlarni qanday ko'rsatish kerakligini aytadi, masalan, «birinchi xatboshidan keyin 20 piksel» va «tana elementidagi barcha matnlar quyuq yashil rangda bo'lishi yoki Verdana shriftida yozilishi kerak».

JavaScript brauzerga yengil dasturlash tilidan foydalangan holda muayyan vaziyatlarga qanday javob berish kerakligini aytadi. Ko'pgina saytlar aslida ko'p JavaScript ishlatmaydilar, lekin agar siz biron bir narsani bossangiz va sahifaning tarkibi oq ekran yonib o'chmasdan o'zgarsa, demak, biron-bir joyda JavaScript ishlatilgan.



Back end — serverda ishlaydigan barcha narsalar, ya'ni «brauzerda emas» yoki «tarmoqqa ulangan kompyuterdan boshqa kompyuterga javob yozish emas»

Belgilash uchun siz serveringizda mavjud bo'lgan har qanday vositalardan foydalanishingiz mumkin (bu aslida xabarlarga javob berish uchun sozlangan kompyuterdir). Bu har qanday universal dasturlash tilidan foydalanishingiz mumkin degan ma'noni anglatadi: Ruby, PHP, Python, Java, JavaScript / Node, Bash. Bundan tashqari, siz MySQL, PostgreSQL, MongoDB, Cassandra, Redis, Memcached kabi ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan foydalanishingiz mumkin.

#frontend #backend #programming


👉 @THEDEVUZ
TIOBE STATISTICS 2020 FEBRURARY

TIOBE
'ning 2020-yil fevral oyiga bo'lgan statistikasi. Statistikadan ko'rinib turibdi, C ko'tarilyapti. C# da ham o'zgarish yaxshi. Swift hamon kuchli 10 talikda. Java har doimgidek. Pythonga kelsak, o'sayapti, ammo o'sish nisbatan kamroq. 2019-yil dekabr oyi statistikasini bu yerda ko'rishingiz mumkin.

#tiobe #stats

👉 @thedevuz
​​DASTURCHIGA DIPLOM KERAKMI?

Dasturlashni o'rganish va dasturchi bo'lish uchun diplom shart emas!

Nega deysizmi?

Agar siz Google va YouTube nimaligini bilsangiz, undan tashqari ingliz va rus tilini bilsangiz, diplomga 4 yil o'qishingiz shart emas. Youtube'da shuncha blogerlar bor. Ular dasturlashni noldan o'rgatishadi. Ha, 0 dan. Saytlardan kerakli narsalarni olasiz, buning uchun Google'ga yozasiz, albatta, yoniga tas-ix deb qo'ying. Bo'lmasa, ko'p kutasiz. Github degan sayt-resurs ham bor. Unda kodlarning namunalarini topasiz. Sololearn ham bor. Unda siz online kompilyator ham topasiz. Github'dek kod namunalari bor.

Shuncha saytlar, resurslar bor. Ammo, ulardan muntazam foydalanish uchun internet tez bo'lishi kerak. Internet tez bo'lishi bu ertak (bizda). Shuning uchun, tinchgina institutni bitirib, o'sha yerda C++ ni 4 yil suvday ichib, keyin boshqani o'rganib, xullas, oxirida... Frilanser bo'lamiz. Ayrim kompaniyalar bor, hujjatboz bo'ladi. Aynan o'shandaylarga diplom kerak. Lekin diplomni hamma ham olavermaydi, bilimi borlar oladi. Shuning uchun institutni bitirgan va dasturlashni Senior yoki Middle darajada biladiganlar hamma yerda talab qilinadi.

#consultation


Devs@thedevuz
​​Dasturlash haqida TOP 3 YouTube rus blogerlar

1. Гоша Дударь

2. Start Android

3. Alex Skutarenko


#youtube


👉 @thedevuz
​​Ingliz blogerlari ham bor. TOP-4 blogerlar. 4 talasiga ham obuna bo'lganman.

ProgrammingKnowledge

TreeHouse

Learncode.academy

Derek Banas

#youtube

👉 @thedevuz
​​i o'zgaruvchisi aslida qanday kelib chiqqan?

Ehtimol siz allaqachon dasturchilar "i" o'zgaruvchisini hamma joyda ishlatishni yaxshi ko'rishini payqadingiz. Nega o'zgaruvchi uchun bu nom shu qadar mashhur bo'lib qoldi?

Ko'pchilik bu nom butun sonni anglatuvchi butun son so'zidan kelib chiqadi, deyishadi. Aslida, unday emas! Integer so'zi biz ushbu nomdan foydalanishimiz bilan hech qanday aloqasi yo'q.

Bularning barchasi o'tgan asrning 60-yillarida boshlangan. O'sha payt dasturlash hali ham mashhur emas edi va faqat turli xil ilmiy maqsadlarda ishlatilgan. Keyin, 50-yillarning oxirida, o'sha paytda perspektiv, FORTRAN dasturlash tili paydo bo'ldi.

Ushbu tilning o'ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, o'zgaruvchilar "I", "J", "K", "L", "M" va "N" harflari bilan boshlangan bo'lsa, FORTRAN ularni avtomatik ravishda butun sonlar turiga aylantiradi

Garchi bu uzoq vaqt oldin bo'lgan bo'lsa-da, ammo sikllar o'sha paytda mavjud edi. Va doimiy savol tug'ildi, qaysi o'zgaruvchini siklga qo'yish kerak? Tanlov ushbu 6 ta belgiga to'g'ri kelganligi sababli, tanlash uchun juda ko'p narsa yo'q edi. "i" dan foydalanishga qaror qilishdi. Matematikada sonlar qatori yig'indisi A (i), ya'ni "i" uchun 1 dan "n" gacha yozilganligi ham shuni ko'rsatadi.

O'shandan beri ko'p vaqt o'tdi va dasturlash to'g'risidagi ko'plab kitoblardagi "i" o'zgaruvchisi bu o'zgaruvchini sikllarda ishlatishni odatiy holga aylantirdi, biz bu haqda siz bilan o'ylab ham ko'rmaganmiz!

#variables #programming


Devs 👉 @thedevuz
⚡️O'zbekistonlik dasturchi Alisher Tadjiyev O'zAga taklif berdi. U O'zAning saytini bepulga qilib berib, saytga ajratilgan summani talabalar kontraktini to'lab berishini iltimos qildi.

Chexiyada ham shunday bo'lgan edi. Bekorga aytishmaydi, dasturchi zamon talabi deb. Agar orangizda senior devlar bo'lsa, shu kishini topib murojaat qilsangiz, balki jamoaga qo'shilarsiz.

#news


Devs 👉 @thedevuz
​​Mutaxassis dasturchilar odati - Ekspertlar xulosasi


Aleksey Maleev, MIPT xalqaro dasturchilar va raqamli innovatsiyalar prorektori va Moscow Workshop asoschisi:

«Mutaxassis dasturchilar odati — bu doimiy ravishda biror narsani o'rganishga tayyorligidir. Endi bu barcha kasblarga tegishli, ammo dasturchilar uchun, agar ular talabga ega bo'lishni istasalar, texnologik rivojlanishdan xabardor bo'lish va yangi dasturlash tillarini o'rganishi juda muhimdir. Bundan tashqari, soft skills va jamoaviy ish deb ataladigan narsalar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu fazilatlar turli xil jamoaviy musobaqalarda va hakatonlarda juda yaxshi ajralib turadi. Masalan, dasturlash musobaqalarida 3 kishidan iborat jamoada bor yo'g'i bitta kompyuter mavjud bo'lishi mumkin. Ular rollarni, vaqtni to'g'ri taqsimlashlari, ozgina ekstremal sharoitlarda ishlashni o'rganishlari kerak va hokazo. Jamoalarimizni tayyorlashda biz bunga albatta e'tibor beramiz. Biz Moscow Workshops xalqaro ta'lim loyihasida dunyoning turli burchaklaridan kelgan iste'dodli yoshlarga amaliy yordam beramiz. Yigitlar nafaqat raqobat muhitida ishtirok etishadi va chempionatlarda yuqori natijalarni namoyish etishadi, balki keyin o'zlarini stressli vaziyatlarda ishlashda o'zlarini ancha qulay his qilishadi va natijada samaraliroq bo'lishadi»

Doim izlanish va o'qish kerak. Bir nuqtada qolib ketmaslik kerak.
© The Dev.uz

#experts


Devs 👉 @thedevuz
​​Rossiyalik 14 yoshli developer haqida

Georgiy Bougakov
, rossiyalik yosh dasturchi, yoshi esa 14 da. U o'z ishini 7 yoshidan boshlagan, otasiga havas qilgan holda. Otasi ham dasturchi, o'g'lining yonida C++ da kod yozgan, Python'da «mo'jizachalar» ko'rsatgan. Shu orqali bolakayda qiziqish uyg'ongan. U Scratchni o'rgana boshlaydi, chunki buni otasi maslahat bergan. Uni rivojlantirgandan so'ng, otasi unga Pythonda bir-ikkita «приём» lar ko'rsatadi. Keyin esa u web-devlikka o'tadi. J-Query, JS Frameworks, Node.js va boshqalarga.

U o'z ustida ishlaydi. O'zini o'zi rivojlantiradi. Kecha aytganimdek, Youtube va Googledan o'rgangan, menimcha. Inglizchani ham o'rganadi, Google Translate dan

Oradan vaqt o'tadi. U kuchayadi. U Skyeng loyihasiga qo'shiladi. Shu orqali uni men ham tanib oldim. Motivatsiya uyg'otishi kerak bu yoshlarga.
U haqida batafsil ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz, mana havola
👉 https://habr.com/ru/company/skyeng/blog/487764/


Yosh, junior dasturchi ukalar. Sizlarga bir gap aytaymi? O'ylashga vaqt yo'q, dasturlang!
Kattalar, yoshlarga imkon yaratsangiz, savob bo'ladi. Keyin esa nega bizda dasturchi kam deb yurasiz.

#news #youngcoder


Devs — @thedevuz
​​⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 fevral kuni axborot texnologiyalarini rivojlantirish, buning uchun zamonaviy infratuzilma yaratish masalasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Hozirda u yerda axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha 350 ta mahalliy rezident korxona faoliyat yuritib, 4 mingta mutaxassis ishlamoqda. Xorijiy hamkorlar bilan birgalikda «1 million dasturchi» loyihasini amalga oshirish boshlandi.

2020-2024-yillarda 14 ta hududda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining filialini tashkil etib, rezidentlar sonini 3 barobar oshirish va xodimlar sonini 40 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan. Buning natijasida kompyuter va dasturlash xizmatlari hajmi ham, eksporti ham ancha oshadi.

Batafsil ma'lumot: https://it-park.uz/uz/tehnoparklar/

#news #itpark #OMUC


Devs — @thedevuz
​​Prezidentimiz dasturchilarga katta e'tibor qaratmoqda. O'tgan 10 yil ichida ko'p narsa o'zgardi. Oldingidek emas zamon. IT sohasi ancha rivojlandi. Oldinlari dasturchi deganda, kompyuter ustasi kelardi kallaga. IT-mutaxassis desangiz, it bilan ITni farqiga borishmay qolardi.

Hozirchi? OMUC loyihasi, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, viloyatlarda IT-sohani rivojlantirish, chet el bilan shartnomalar...

Ko'rib quvonasan kishi. Bizni ham o'ylaydiganlar ham bor ekanda😆
Hozir ko'p kishi dasturlash nimaligini biladi. Dasturchi kim, nima ish qiladi, qancha oladi va hokazolar kundalik hayotimizga kirdi. Shunchaki qarsak chalaman


#myopinions

Devs — @thedevuz