#Taqdimot
#Fizika

✔️PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGIDA FIZIKA FANI TA’LIM DASTURI TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI

Agentlik mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan dastur taqdimotida Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi mas’ul xodimlari, shuningdek, amaliyotchi o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

📝 Fizika fani chuqurlashtirib o‘tiladigan maktablar uchun mo‘ljallangan ushbu dasturni ishlab chiqishda xalqaro tajriba, xususan, IGCSE va A-level (Kembrij), International Baccalaureate, NIS-Programme dasturlari, Avstraliya, Rossiya, Belarus singari davlatlar ta’lim standartlari va PISA, SAT xalqaro imtihonlar mazmuni tahlil qilindi.

📌 Ma'lumot o'rnida, dasturda, shuningdek, hozirgi zamon fanining rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda yangi, shu paytgacha o‘quv dasturlari va darsliklarida aks etmagan mavzular ham kiritilgan.