Forwarded from Hilola Umarova
YANGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI

Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbusi bilan Respublikamizdagi ixtisoslashtirilgan maktablar Prezident ta'lim muassasalari agentligi tarkibiga o‘tkazildi va qayta tashkil etildi.

O‘tgan qisqa vaqt ichida mazkur maktab va maktab-internatlar uchun eng malakali, zamonaviy fikrlaydigan pedagoglarni 3 bosqichli sinovdan o‘tkazib, saraladik. Bundan tashqari 300 mingga yaqin o‘quvchilar ham test imtihonlaridan o‘tishdi.

Saralash jarayonlari yakuniga yetdi va endi Respublikamizdagi barcha yangi ixtisoslashtirilgan maktablarda navbati bilan ochilish tadbirlarini o‘tkazilmoqda.

O‘zim ham ikki kun davomida Samarqand viloyatining Paxtachi, Navoiyning Konimex tumanlari, Andijon shahri va Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanlaridagi maktablarning ochilish tadbirlarida ishtirok etdim. Maktablarda yaratilgan sharoitlarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rib, ishonch hosil qildim.

Prezidentimiz ta'kidlaganidek yurtimizning chekka-chekka hududlarida ham barcha sharoitlarga ega maktablar tashkil etildi. Umid qilamanki, bu yerda bilimga chanqoq yoshlar jonkuyar ustozlar qo'lida ta'lim olishadi va yurtimizning ertasi uchun zarur kadrlar bo'lib yetishadilar.

Yurtimiz azaldan iste'dodlar yurti. Мaqsadimiz shu iqtidorlarni kashf etish, ularning qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda ko'maklashish va yosh avlodning sifatli ta'lim olishiga hissa qo'shgan holda yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qilishdan iborat.

Shu o'rinda yana bir bor barchangizni yangi o'quv yili bilan tabriklab, o'qish va ishlaringizda muvaffaqiyat hamda zafarlar tilab qolaman. Unutmangki, biz sizni bilim olishingiz, yangi cho'qqilarni zabt etishingizda qo'llab-quvvatlashga doimo tayyormiz.
#Qánigelestirilgen_mektep_internatı
#Sıńǵırla_qońırawım
#Qońırat_rayonı

🔰 Prezident bilimlendiriw mákemeleri  agentligi quramında Qońırat rayonı qánigelestirilgen mektep-internatı ashıldı.

〽️Ózbekstan Respublikası Prezident bilimlendiriw mákemeleri agentligi direktorı orınbasarı A.Ubbiev, Nókis qalasındaǵı Prezident mektebi direktorı N.Baltabaevalar mektep jámáátin jańa mektep bosaǵasına qádem taslawı menen qızǵın qutlıqlap, oqıwshılarǵa jańa oqıw jılında tasqın tabıslar tiledi.

Maǵlıwmat ornında, bıyılǵı jılı mektepte bilim alıw ushın 1264 oqıwshı hújjet tapsırıp, sonnan 300 oqıwshı bilimler sınaǵınan ótip oqıwǵa qabıllandı.
Rayonlıq qánigelestirilgen mektepte-internatında 20 muǵallim óz jumısın basladı.

@Prezidentmektebi
#Qánigelestirilgen_mektep
#Shımbay_rayonı
#Sıńǵırla_qońırawım

⚡️Prezident bilimlendiriw mákemeleri agentligi quramındaǵı Shımbay rayonı qánigelestirilgen mektebiniń saltanatlı ashılıw máresimi bolıp ótti.

〽️Usı múnásibet penen Prezident bilimlendiriw mákemeleri agentligi wákilleri miyman bolıp, mektep turmısı hám oqıwshılarǵa jaratılǵan shárayatlar menen jaqınnan tanısıp shıqtı.

♻️Oqıwshılardıń kózinde quwanısh hám isenim bárshege joqarı keypiyat inam etti.

@Prezidentmektebi