Amudarya.uz
5.15K subscribers
18.8K photos
1.87K videos
18 files
6.57K links
Download Telegram
#sessiya

VII chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 3-sessiyasi bo'lib o'tdi.

Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tashkilot va korxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi Raisi, tuman hokimi Sobir Xo'jametov ochdi hamda olib bordi.

Kun tartibidagi "Suv resurslarini samarali boshqarish, suvni yo'qotish miqdorini kamaytirish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish to‘g'risida"gi masala yuzasidan tuman "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasasi boshlig'i Shukurullo Yusupov hisobot berdi.

Sessiyada kun tartibidagi barcha masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Batafsil:
https://amudarya.uz/article/1765

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

📌https://t.iss.one/press_Amuwdarya

🌐Sayt✉️ Telegram📱Instagram 📱Facebook
#matbuot_anjumani

Amudaryo tumani hokimligining Axborot xizmati tomonidan tumanda aholini ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasidan foydalanish darajasini oshirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda tuman hokimi Sobir Xo‘jametov, mahalliy OAV vakillari, yosh jurnalist va blogerlar hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar. Tuman hokimi Sobir Xo‘jametov o‘z so‘zida mamlakatimizda ochiqlik va oshkoralik siyosatini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va ahamiyatiga qaratilayotgan alohida e’tibor va bu boradagi islohotlar xususida so‘z yuritdi.

Matbuot anjumanida kommunal soha bo‘yicha tashkilotlar rahbarlari kun tartibidagi mavzu yuzasidan hisobot berdilar. Anjuman ishitirokchilari tomonidan yo‘llangan savollarga tegishli javoblar berildi.


Batafsil

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

📌https://t.iss.one/press_Amuwdarya

🌐Sayt✉️ Telegram📱Instagram 📱Facebook