Amudarya.uz
9.92K subscribers
21.3K photos
2.15K videos
20 files
7.24K links
Download Telegram
#seminar
#agrar_soha

Bugun Amudaryo tumani Qilichboy OFY hududidagi “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishoni sohibi Nurimov Quchqarboy xonadonida “Dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalaridan samarali foydalanish tomorqa daromadini 10 barobarga oshirish” mavzusida qishloq xo‘jaligi seminari bo'lib o‘tdi.

Unda Xizr eli, Besh ovul, Tosh qal’a, Yuqori qishloq, Ayoqchi, Xolimbeg, Do‘rman ovul va mahallalar yettiligi hamda hududlardagi dehqonlar, namunali tomorqachilar hamda soha mas'ullari ishtirok etdi. Seminarda tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi mas'ullari tomonidan
mavzu yuzasidan tegishli ma'lumotlar, takliflar hamda tavsiyalar berildi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

📌https://t.iss.one/press_Amuwdarya

🌐Sayt✉️ Telegram📱Instagram 📱Facebook
#sessiya

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

2024-yil 8-noyabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari tuman Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada deputatlar, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, idora, tashkilot rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani tuman saylov komissiyasi raisi Yalg‘osh Shomurodov ochdi va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga 2024-yil 27-oktabrda bo‘lib o‘tgan saylov natijalari to‘g‘risida axborot berdi.
Sessiya kun tartibida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlarini ro‘yxatga olish, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash, 2024-yil 6-noyabrda qabul qilingan “Xo‘jametov Sobir Jabbarberganovichni Amudaryo tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risida”gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining farmoyishini tasdiqlash hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tuman va shahar Kengashlari qo‘shma majlisi Maslahat Kengashiga Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashidan nomzod tavsiya etish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining “Xo‘jametov Sobir Jabbarberganovichni Amudaryo tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risida”gi farmoyishi Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari tomonidan tasdiqlandi.

Shundan so‘ng Xo‘jametov Sobir Jabbarbeganovich Amudaryo tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dasturini o‘qib eshittirdi hamda dastur deputatlar tomonidan ma’qullandi.

Sessiya davomida kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shu bilan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘z ishini yakunladi.


Tuman hokimligining Axborot xizmati.

📌https://t.iss.one/press_Amuwdarya

🌐Sayt✉️ Telegram📱Instagram 📱Facebook
Медицина хызметкерлери күни мүнәсибети менен тараў хызметкерлеринен бир топарын сыйлықлаў ҳаққында Өзбекстан Республикасы Президентиниң Пәрманы

Қарақалпақстан Республикасы бойынша:

II дәрежели "Саломатлик" ордени менен

Мауленов Бабараушан Жумабаевич
- Шоманай районлық медицина бирлеспесиниң қабыллаў бөлиминиң анестезиолог-реаниматологы,

"Дўстлик" ордени менен

Сметова Гулнар Жолдасбаевна
- Кегейли районындағы "Ақтуба" шаңарақлық шыпакерлик пунктиниң улыўма әмелият шыпакери;

"Шуҳрат" медалы менен

Тангирбергенов Рустам
- Республикалық тез медициналық жәрдем орайы Қарақалпақстан Республикасы филиалының Беруний районы бөлиминиң автомашина басқарыўшысы.

Тиббиёт ходимлари куни муносабати билан соҳа ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони

Қорақалпоғистон Республикаси бўйича:

II даражали «Саломатлик» ордени билан

Мауленов Бабараушан Жумабаевич - Шуманай тумани тиббиёт бирлашмасининг қабул бўлими анестезиолог-реаниматологи;

«Дўстлик» ордени билан

Сметова Гулнар Жолдасбаевна - Кегейли туманидаги «Ақтуба» оилавий шифокорлик пункти умумий амалиёт шифокори;

«Шуҳрат» медали билан

Тангирбергенов Рустам - Республика тез тиббий ёрдам маркази Қорақалпоғистон Республикаси филиалининг Беруний тумани бўлими ҳайдовчиси.


Каналға ағза болыў: @joqargikenes

🌐Telegram 🌐Website 📱Instagram 📱Facebook 🌐YouTube
Қутлықлаў!

Ҳүрметли шыпакерлер, медицина тараўы хызметкерлери!

Ең дəслеп, Сизлерди ҳәр жылы елимизде кең түрде белгиленип киятырған кәсиплик байрамыңыз – «Медицина хызметкерлери күни» менен Қарақалпақстан Республикасы Жоқарғы Кеңеси ҳәм Министрлер Кеңеси атынан қызғын қутлықлайман.

Халқымыздың саламатлығын сақлаўдай жуўапкершиликли ҳәм мақтанышлы жолда өзин аямай, пидәкерлик пенен мийнет етип атырған сиз әзизлердиң мийнетиңизди халқымыз жақсы аңлайды ҳәм ҳүрметлейди.

Қәдирли дослар!

Биз Жаңа Өзбекстанда инсан қәдири ҳәм мәплерин тәмийинлеўди өз алдымызға ийгиликли мақсет етип қойған екенбиз, бул жолда халқымыз саламатлығын беккемлеў ең əҳмийетли ўазыйпаларымыздан бири болыўы тийис. Сондай-ақ, саламатлық пасбанларының аўыр ҳәм жуўапкершиликли мийнетлерин мүнәсип қәдирлеў, олардың өз кәсибине болған сүйиспеншилигин арттырыў мәселеси барқулла мәмлекетимиздиң дыққат итибарында.

Ҳүрметли тараў пидайылары!


Сизлерди кәсиплик байрамыңыз бенен және бир мәрте қызғын қутлықлап, бәршеңизге беккем денсаўлық, шаңарақларыңызға аманлық, халқымыздың саламатлығын қорғаў жолында алып барып атырған ийгиликли ислериңизде тасқын табыслар тилеймиз!

Аманбай Орынбаев
Қарақалпақстан Республикасы Жоқарғы Кеңесиниң Баслығы

Каналға ағза болыў:
@joqargikenes

🌐Telegram 🌐Website 📱Instagram 📱Facebook 🌐YouTube
#tibbiyot_xodimlari_kuni

Yurtimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan 8-noyabr kuni Amudaryo tumani Ko’p tarmoqli markaziy poliklinikasi majlislar zalida tibbiyot xodimlari kuniga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig’i Fahriddin Abdullayev tumanimiz aholisi salomatligini mustahkamlash, sifatli va malakali tibbiy xizmat ko’rsatishda o’zining munosib hissasini qo’shib kelayotgan bir guruh xodimlarni taqdirladi.
Fahriddin Abdullayev o'z so'zida barcha tibbiyot xodimlarini kasb bayramlari bilan tabriklab, ularning soha rivojidagi mashaqqatli va matonatli mehnatlarini alohida e’tirof etdi. Tadbir tuman Madaniyat bo'limi sozandalari va xonandalari ijrosida betakror kuy-qo'shiqlar bilan yuqori bayramona ruhda o'tdi.


Tuman hokimligining Axborot xizmati.

📌https://t.iss.one/press_Amuwdarya

🌐Sayt✉️ Telegram📱Instagram 📱Facebook
#Yashil_makon

Mamlakatimizdagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarda Amudaryo tumani Ichki ishlar bo'limi xodimlari munosib ishtirok etmoqdalar.

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli ko'rsatmasiga binoan oktabr oyining ikkinchi yarmidan boshlab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida kuz mavsumida ko'chat ekish ishlarini tashkil etish belgilangan bo'lib, bo'lim xodimlari tomonidan ko'chat ekish hamda ekilgan ko'chatlari parvarish qilish ishlari samarali tashkil etilmoqda.


Tuman hokimligining Axborot xizmati.

📌https://t.iss.one/press_Amuwdarya

🌐Sayt✉️ Telegram📱Instagram 📱Facebook