Amudarya.uz
10.1K subscribers
19.5K photos
1.99K videos
18 files
6.82K links
Download Telegram
#matbuot_anjumani

Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumanida tuman hokimi Sobir Xo'jametov, tuman IIB bo'limi boshlig'i Muhammetali Xo'jamuratov, mahalla "yettilik" mas'ullari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Matbuot anjumanida tuman IIB boshlig'i joriy yilning shu davriga qadar jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan savollarga javoblar berildi. Mavjud muammo va kamchiliklar tanqid va tahlil etildi hamda oldinda turgan vazifalar xususida so'z yuritildi.

Batafsil: https://amudarya.uz/article/1667

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

📌https://t.iss.one/press_Amuwdarya

🌐Sayt✉️ Telegram📱Instagram 📱Facebook
Amudaryo tumani Madaniyat bo'limida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan otaliqqa olingan yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida ko'rgazmali targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda tuman hokimi o'rinbosari Nodirbek Kamolov, IIB boshlig'i o'rinbosari Umid Urazaliyev, tuman FVB hamda Qo'riqlash xizmati mas'ullari, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi mas'ullari, yoshlar yetakchilari hamda yoshlar ishtirok etdilar.

Yoshlar tadbir doirasida tashkil etilgan ko'rgazma bilan tanishdilar. Madaniyat bo'limi xonandalari ijrosidagi kuy-qo'shiqlar tadbirga bayramona ruh bag'ishladi.


Tuman hokimligining Axborot xizmati.

📌https://t.iss.one/press_Amuwdarya

🌐Sayt✉️ Telegram📱Instagram 📱Facebook
#umumxalq_xayriya_hashari

Amudaryo tumani Qilichboy OFYda joylashgan 83-sonli umumta'lim maktabi jamoasi "Mahalla obod-yurt obod" shiori ostida o'tgan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etdilar hamda maktab hududida obodonlashtirish ishlarini olib bordilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

📌https://t.iss.one/press_Amuwdarya

🌐Sayt✉️ Telegram📱Instagram 📱Facebook