Amudarya.uz
9.15K subscribers
21.9K photos
2.2K videos
21 files
7.4K links
Download Telegram
#yurish_marafoni

Amudaryo tumani Olmazor mahallasida "Salomatlik uchun 5000 qadam" yurish maraofoni tashkil etildi.

Tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi hamda tuman Sport maktabi hamkorligida aholi, ayniqsa, xotin-qizlar o'rtasida sog'lom-turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida tashkil etilgan marafonda Olmazor, Gulzor, Oybek mahallalari xotin-qizlari faol ishtirok etdilar.

Yurish marafonidan fotolavhalar


Tuman hokimligining Axborot xizmati.

📌https://t.iss.one/press_Amuwdarya

🌐Sayt✉️ Telegram📱Instagram 📱Facebook
Forwarded from amunews.uz
Қорақалпоғистон Республикаси Амударё тумани 40-сонли ўрта мактабнинг 11-"Д" вариатив синф ўқувчиларининг барчаси ОТМ талабалари бўлишди

Жами ўқувчи: 27 нафар
Грант асосида: 4 нафар
Контракт асосида: 23 нафар
Кириш кўрсаткичи: 100%

Мактабнинг математика фани ўқитувчиси Шерзод Аширов ва инглиз тили фани ўқитувчиси Нурбек Жуманиёзовларнинг шогирдлари кетма-кет учинчи йил 100 фоизлик кўрсаткич билан ОТМ талабалари бўлишди.

📌Amudaryo tumanining https://t.iss.one/amunewsuz kanaliga a’zo bo‘ling!

Sayt | OnlineTV | ATVga tabrik | YouTube
Amudaryo tumani 36-sonli o‘rta maktabning 11-"G" variativ sinf o‘quvchilarining barchasi OTM talabalari bo‘lishdi

Jami o‘quvchi: 25 nafar
Grant asosida: 12 nafar
Kontrakt asosida: 13 nafar
Kirish ko‘rsatkichi: 100%

Makab direktori O'ktam Bidashev hamda Matematika fani o‘qituvchisi hamda sinf rahbari Azimboy Saparboyev va maktab jamoasini 100 foizlik natija bilan tabriklaymiz!


Tuman hokimligining Axborot xizmati.

📌https://t.iss.one/press_Amuwdarya

🌐Sayt✉️ Telegram📱Instagram 📱Facebook
#jarayon
#yurish_marafoni

Amudaryo tumani Olmazor mahallasida tashkil etilgan yurish marafoni doirasida xotin-qizlar ertalabki badantarbiya mashqlarini amalga oshirdilar. Jarayonda tuman Sport maktabining murabbiylari xotin-qizlarga jismoniy chiniqish mashqlarini o'rgatib, har kuni ertalab ushbu mashqlar amalga oshirilsa, salomatlik mustahkam bo'lishi borasida tegishli tavsiyalar berdilar.

Jarayondan fotolavhalar


Tuman hokimligining Axborot xizmati.

📌https://t.iss.one/press_Amuwdarya

🌐Sayt✉️ Telegram📱Instagram 📱Facebook
#Ayol_qadriyatlar_davomchisi

Amudaryo tumanida «Biz bir bo’lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!» shiori ostida «Ayol-qadriyatlar davomchisi» mavzusida madaniy-marifiy targ’ibot tadbirlari keng ko'lamli ravishda tashkil etilmoqda. Olmazor mahallasida joylashgan "Barkamol avlod" bolalar ijod maktabida oilada reproduktiv salomatlik , shaxsiy gigiena jismoniy madaniyat va sport biloan shug'ullanishning sog'liqqa ta'siri hayot tarzidagi illatlarning oqibatlari kabi mavzularda master-klasslar bo'lib o'tdi.

Tadbirda tumandagi "Oqila ayollar" harakati a'zolari, tibbiyot xodimlari, mahalla faol xotin-qizlari ishtirok etdilar. Master-klass mobaynida mavzu yuzasidan qiziqarli ma'lumotlar berildi. Targ'ibot tadbiridan fotolavhalar

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

📌https://t.iss.one/press_Amuwdarya

🌐Sayt✉️ Telegram📱Instagram 📱Facebook