Poytaxt yoshlari I Yoshlar ittifoqi
2.24K subscribers
2.53K photos
173 videos
2 files
571 links
🇺🇿 Poytaxt yoshlari hayotiga oid so'ngi yangiliklar va foydali ma'lumotlarni bizning sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

©️ O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi

Biz bilan aloqa:

📝 @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦 #hisobot_saylov

Talaba yoshlarning ijtimoiy hayotini yaxshilash negizida hisobot saylov yig'ilishi bo'lib o'tdi

🗞 O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi boshlang'ich tashkilotining hisobot saylov yig'ilishi ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi. Madhiya sadolari ostidagi kirish qismidan so'ng universitetimiz rektori Kongratbay Sharipov tadbirni ochib berish uchun nutq so'zladilar va lider yoshlarga kelgusi ishlarda muvaffaqiyatlar tilab o'tdilar.

💡 Tadbir davomida so'zga chiqqan yoshlar yetakchisi Shoxrux Baymuradov o'tgan muddatdagi qilingan amaliy ishlarni tadbir ishtirokchilariga tanishtirib o'tdi.

🌎 Shuningdek, tadbirda mehmon sifatida ishtirok etgan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy kengashi raisi Shukrulloxon Maqsudxonovich loyihalar va tadbirlarga yuqori baho berib, yangi o'quv yili uchun nomzod bo'lgan fakultet koordinatorlari va yoshlar yetakchisini tadbir ishtirokchilariga tanishtirdi. Nomzodlar bir ovozdan maqullandi va ishonch yorliqlari topshirildi.

🟢 Tadbirdan so‘ng TDIU Yoshlar ittifoqi qoshidagi klublar tomonidan interaktiv tanlovlar tashkil etildi.

🕊 @poytaxtyoshlari_yi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi o‘rtasida qo‘shma qaror imzolandi!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qo'shma qarorga ko‘ra quyidagilar belgilanmoqda:

- Yoshlar ittifoqning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligidagi boshlang‘ich tashkiloti to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi;

- Vazirlik markaziy apparati hamda uning tizim tashkilotlarida Ittifoqning boshlang‘ich tashkilotlari kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

- Boshlang‘ich tashkilot yoshlar yetakchisi - yoshlar masalalari bo‘yicha rahbarning maslahatchisi lavozimiga nomzodlar o‘rtasida saylovlar o‘tkaziladi;

- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda uning tizim tashkilotlaridagi Ittifoqning boshlang‘ich tashkilotlari yoshlar yetakchilariga jamoatchilik asosida tegishli tashkilot rahbarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi maqomi beriladi
.

🗒 Quyidagi havola orqali qaror matni bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin:

⬇️ Ko'rish / yuklab olish

#hamkorlik #yoshlarittifoqi #vazirlik

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦 #hisobot_saylov

Joriy yilning 4-oktyabr kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O’zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti hisobot-saylov yig'ilishi bo'lib o'tdi.

🗞 Hisobot-saylov yig’ilishida TATU Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat boshqarma boshlig'i Ubaydullayev Zuhriddin Botirovich, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengash raisi maslahatchisi Sobitov Otabekxo'ja Yuldoshovich, professor-o’qituvchilar, akademik guruhlardagi yoshlar yetakchilari va faol yoshlar ishtirok etib, yillik hisobot doirasida o'z fikrlarini bayon etdilar.

💡 Saylov natijalariga ko'ra, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti O’zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilotining yetakchisi lavozimiga Bekbayev Jamshidbek Rustam o’g’li saylandi.

🌎 Yig'ilish so'ngida, universitet rahbariyati tomonidan fakultet va yo'nalish koordinatorlariga “Ishonch yorliqlari” topshirildi va ularning kelgusidagi faoliyatlariga omad tilab qolindi.

🕊 @poytaxtyoshlari_yi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦 #hisobot_saylov

O’zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent pediatriya tibbiyot institutidagi boshlang'ich tashkiloti hisobot-saylov yig'ilishi bo'lib o'tdi.

🗞 Hisobot-saylov yig’ilishida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Axmedova Muborak Axmedovna, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengash raisi maslahatchisi Sobitov Otabek Yo'ldosh o'g'li, professor-o’qituvchilar, akademik guruhlardagi yoshlar yetakchilari va faol yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etib, yillik hisobot doirasida o'z fikrlarini bayon etdilar.

💡 Saylov natijalariga ko'ra, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektorining yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi - O’zbekiston yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang'ich tashkiloti Yoshlar yetakchisi etib amaldagi Yoshlar yetakchisi Abidov Xasanxodja Alisherovich qayta saylandi.

🌎 Yig'ilish so'ngida, institut rahbariyati tomonidan fakultet va yo'nalish koordinatorlariga “Ishonch yorliqlari” topshirildi va ularning kelgusidagi faoliyatlariga omad tilab qolindi.

🕊 @poytaxtyoshlari_yi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM