Poytaxt yoshlari I Yoshlar ittifoqi
2.24K subscribers
2.53K photos
173 videos
2 files
571 links
🇺🇿 Poytaxt yoshlari hayotiga oid so'ngi yangiliklar va foydali ma'lumotlarni bizning sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

©️ O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi

Biz bilan aloqa:

📝 @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦 #hisobot_saylov

O'zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent moliya institutidagi boshlangʻich tashkilotining hisobot-saylov yig'ilishi bo'lib o'tdi.

🗞 Hisobot-saylov yig'ilishida institutning Yoshlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi-Yoshlar yetakchisi hamda Yoshlar Kengashi a'zolari saylovi bo'lib o'tdi hamda bir ovozdan ma'qullandi.

💡 Shuningdek, yigʻilish davomida saylangan nomzodlarga ishonch yorliqlari topshirildi.

🕊 @poytaxtyoshlari_yi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦 #hisobot_saylov

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti hisobot-saylov yig'ilishi bo'lib o'tdi.

🗞 Saylov natijalariga ko'ra, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilotining amaldagi yetakchisi Abdurahmon Darobov qayta saylandi.

💡 Yig'ilish so'ngida, universitet rahbariyati tomonidan fakultet va yo'nalish koordinatorlariga “Ishonch yorliqlari” topshirildi.

🕊 @poytaxtyoshlari_yi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦 #hisobot_saylov

Talaba yoshlarning ijtimoiy hayotini yaxshilash negizida hisobot saylov yig'ilishi bo'lib o'tdi

🗞 O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi boshlang'ich tashkilotining hisobot saylov yig'ilishi ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi. Madhiya sadolari ostidagi kirish qismidan so'ng universitetimiz rektori Kongratbay Sharipov tadbirni ochib berish uchun nutq so'zladilar va lider yoshlarga kelgusi ishlarda muvaffaqiyatlar tilab o'tdilar.

💡 Tadbir davomida so'zga chiqqan yoshlar yetakchisi Shoxrux Baymuradov o'tgan muddatdagi qilingan amaliy ishlarni tadbir ishtirokchilariga tanishtirib o'tdi.

🌎 Shuningdek, tadbirda mehmon sifatida ishtirok etgan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy kengashi raisi Shukrulloxon Maqsudxonovich loyihalar va tadbirlarga yuqori baho berib, yangi o'quv yili uchun nomzod bo'lgan fakultet koordinatorlari va yoshlar yetakchisini tadbir ishtirokchilariga tanishtirdi. Nomzodlar bir ovozdan maqullandi va ishonch yorliqlari topshirildi.

🟢 Tadbirdan so‘ng TDIU Yoshlar ittifoqi qoshidagi klublar tomonidan interaktiv tanlovlar tashkil etildi.

🕊 @poytaxtyoshlari_yi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi o‘rtasida qo‘shma qaror imzolandi!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qo'shma qarorga ko‘ra quyidagilar belgilanmoqda:

- Yoshlar ittifoqning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligidagi boshlang‘ich tashkiloti to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi;

- Vazirlik markaziy apparati hamda uning tizim tashkilotlarida Ittifoqning boshlang‘ich tashkilotlari kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

- Boshlang‘ich tashkilot yoshlar yetakchisi - yoshlar masalalari bo‘yicha rahbarning maslahatchisi lavozimiga nomzodlar o‘rtasida saylovlar o‘tkaziladi;

- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda uning tizim tashkilotlaridagi Ittifoqning boshlang‘ich tashkilotlari yoshlar yetakchilariga jamoatchilik asosida tegishli tashkilot rahbarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi maqomi beriladi
.

🗒 Quyidagi havola orqali qaror matni bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin:

⬇️ Ko'rish / yuklab olish

#hamkorlik #yoshlarittifoqi #vazirlik

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦 #hisobot_saylov

Joriy yilning 4-oktyabr kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O’zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti hisobot-saylov yig'ilishi bo'lib o'tdi.

🗞 Hisobot-saylov yig’ilishida TATU Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat boshqarma boshlig'i Ubaydullayev Zuhriddin Botirovich, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengash raisi maslahatchisi Sobitov Otabekxo'ja Yuldoshovich, professor-o’qituvchilar, akademik guruhlardagi yoshlar yetakchilari va faol yoshlar ishtirok etib, yillik hisobot doirasida o'z fikrlarini bayon etdilar.

💡 Saylov natijalariga ko'ra, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti O’zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilotining yetakchisi lavozimiga Bekbayev Jamshidbek Rustam o’g’li saylandi.

🌎 Yig'ilish so'ngida, universitet rahbariyati tomonidan fakultet va yo'nalish koordinatorlariga “Ishonch yorliqlari” topshirildi va ularning kelgusidagi faoliyatlariga omad tilab qolindi.

🕊 @poytaxtyoshlari_yi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM