Toshkent yoshlarni sevadi
4.19K subscribers
309 photos
148 videos
229 links
Toshkent shahar hokimligining “Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi

⁃ Telegram bot: @poytaxtuzbot

⁃ Facebook: facebook.com/poytaxtuz01

⁃ Instagram: instagram.com/poytaxtuz01

⁃ YouTube: youtube.com/@poytaxtuz
Download Telegram
#Toshkent_yoshlarni_sevadi #Orzu #Bolalar_ijodiyoti #Tanlov

Tanlov gʻoliblari munosib taqdirlandi

Bugun poytaxtimizda joylashgan Yoshlar markazida “Orzu” bolalar ijodiyoti festivalining barcha yoʻnalishlari boʻyicha gʻoliblar e'lon qilindi.

Bir hafta mobaynida qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tgan mazkur tanlovga 2153 ta ariza ro‘yxatdan o‘tkazildi. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uch yosh toifasida (6–8 yosh, 9–11 yosh va 12–14 yosh) o‘zaro bellashdi.

Ishtirokchilar 6 yo‘nalishda — vokal (milliy va akademik ijro, estrada, folklor hamda xor guruhlari bo‘yicha), adabiyot yo‘nalishi ishtirokchilari nazm (she’r, g‘azal, doston) hamda nasr (hikoya va ertaklar), klassika (fortepiano, torli-kamonli, damli va zarbli cholg‘u asboblari), raqs (milliy, ball hamda zamonaviy raqslar), cholg‘u (plektorli, kamonli, damli va zarbli cholg‘u asboblari) hamda tasviriy va amaliy san’at kabi yo‘nalishlarda ishtirok etdi.

Har bir yo‘nalish shaffof o‘tishi uchun Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutidan malakali mutaxassislar jalb qilindi.

Yakunda ikki mingdan ziyod ishtirokchidan 50 nafar iste'dodli bolalar sovrdindorlikni qo‘lga kiritdi.

Taqdirlash marosimida Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Durdona Rahimova sovrindor bolalarni samimiy tabriklab, g‘oliblarni diplom, statuetka va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirladi.

Ushbu hayajonli daqiqalar bolalarga nafaqat quvonch ulashdi, balki ularni yanada sermahsul ijod qilishga ruhlantirdi. Taqdirlash marosimida san’atkor va ijodkor bolalar ishtirokida namoyish etilgan tantanali konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_yoshlarni_sevadi #Orzu #Bolalar_ijodiyoti #Tanlov #Taqdirlash_marosimi

Ilk bor o‘tkazilgan "Orzu" bolalar ijodiyoti festivalining vokal, adabiyot, klassika, raqs, cholg‘u, tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblari aniqlanib, diplom, statuetka va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_yoshlarni_sevadi #Xayriya #Sen_kuchlisan

Onkologik va onkogematologik xastaliklarga chalingan bolalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida bemor bolalar chizgan suratlarning ko‘rgazmali xayriya savdo yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Toshkent_yoshlarni_sevadi #Xayriya

Sen kuchlisan!

Toshkent shahridagi “Alpomish” muz saroyida “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida “Sen kuchlisan” loyihasi – onkologik va onkogematologik xastaliklarga chalingan bolalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida bemor bolalar chizgan suratlarning ko‘rgazmali xayriya savdo yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur xayriya tadbiridan ko‘zlangan maqsad bemor bolalarning mehnatiga e’tibor qaratib, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash hamda sotuvdan tushgan mablag‘larni mazkur xastalikka chalingan bolalar uchun dori-darmon va boshqa zarur xarajatlarga yo‘naltirishdan iboratdir.

Tashkil etilgan ko‘rgazmali savdo yarmarkada bemor bolalar tomonidan qoʻl mehnati asosida yaratilgan 1 000 dan ortiq ijodiy ishlar namoyish qilindi.

Tadbir ishtirokchilari bolalarning ijodiy ishlarini auksion savdo orqali xarid qilib, ularga bir olam quvonch ulashdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube