Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
26.3K subscribers
23.4K photos
6.58K videos
14.7K links
Мурожаатлар учун саҳифа: https://tashkent.uz/uz/virtual
Страница для подачи обращений: https://tashkent.uz/ru/virtual

Web-site: www.tashkent.uz
Facebook: fb.com/toshkenthokimligi
Instagram: instagram.com/toshshaharhokimlik
71-210-03-36
71-210-03-37
Download Telegram
“Qizil toifa”ga kiritilgan mahallalarga tashriflar va o‘rganish davom etmoqda.

Poytaxt hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi Toshkent shahar sektorlari hamda obodonlashtirish va kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari rahbarlaridan iborat ishchi guruhi Sergeli tumanidagi “Nur-Hayot” mahallasiga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida aholi uchun qulayliklar yaratish va xavfsizligini ta’minlashda birinchi navbatda hal etilishi lozim bo‘lgan muammo va masalalar ko‘tarildi. Yagona konseptual yondashuv asosida ko‘p qavatli avtoturargohlarni samarali tashkil etish orqali “avtomobilsiz hovli” konsepsiyasiga amal qilish zarurligi qayd etildi.

“Yettilik”ga hokimlik va mahalla rahbarlari oldida turgan vazifalar haqida ma’lumot berildi.

Shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari D.Rahimovaga maktablar va maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini qat’iy nazoratga olish topshirildi. Xususan, oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishni rejalashtirmagan talabalarni maktab davridayoq kasbga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Sergeli tumani hokimi E.Shukurov mahallani obodonlashtirish va rivojlantirish bo‘yicha takliflarni taqdim qildi. Shavkat Umurzakov taqdimotda harakatlanishi cheklangan fuqarolar va nogironlar uchun sharoit yaratish ko’zda tutilmaganiga e’tibor qaratdi. Mahallada 50 nafar ishsiz fuqaro borligi masalasi tanqidiy o‘rganilib, ularni ish bilan ta’minlashga ustuvor ahamiyat berildi.

Mahalla oqsoqollari shifoxona yo’qligi masalasini ko‘tardi. Bu borada mas’ullarga muammoni atroflicha o‘rganib, takliflar tayyorlash topshirildi.

#Sergeli
#NurHayot