Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
26.6K subscribers
23.3K photos
6.52K videos
14.6K links
Мурожаатлар учун саҳифа: https://tashkent.uz/uz/virtual
Страница для подачи обращений: https://tashkent.uz/ru/virtual

Web-site: www.tashkent.uz
Facebook: fb.com/toshkenthokimligi
Instagram: instagram.com/toshshaharhokimlik
71-210-03-36
71-210-03-37
Download Telegram
Чорсу майдони – эски шаҳарнинг маркази

Эски Жува, Хадра ва Чорсу – қадимги бозорнинг атрофида шаклланган эски шаҳарнинг марказини белгилайдиган учта майдон. Чорсу майдонининг ўзи қадимда бўлмаган. Баланд тепаликда Кўкалдош мадрасаси ва Хўжа Аҳрор жомеъ масжиди қад кўтарган.

👉 Батафсил
———

Площадь Чорсу, центр старого города

Эски Джува, Хадра и Чорсу — три площади, определяющие центр старого города, возникшего вокруг старинного базара. Площади Чорсу как таковой в старые времена не было, — на высоком холме возвышались медресе Кукельдаш и пятничная мечеть Хаджи Ахрара.

👉 Подробнее

#bilasizmi
#знаетеливы

🎥 YouTube 🌏 Telegram 🌐 Web-site
#bilasizmi

«Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga muvofiq nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanish va davlat idoralarida mansabdor shaxslarning qabuliga navbatsiz kirish bo‘yicha imtiyozlar berilgan.

«Yuridik yordam» axborot tizimida nogironligi bo‘lgan shaxslarga advokatlar tomonidan ixtiyoriy ravishda bepul professional yuridik yordam ko‘rsatilishini tashkil etishga ko‘maklashuvchi tizim joriy etilgan.

Nogironlar va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchilarga berilgan imtiyozlarning yagona ro‘yxati shakillantirilgan va mazkur ro‘yxat «Advice.uz» huquqiy portaliga joylashtirilgan.

2023-yil 1-mayidan boshlab shifoxonalarda davolanayotgan nogiron bolaga g‘amxo‘rlik qilayotgan shaxslarga:
Bolaning yonida bo‘lish uchun sharoit yaratilgan;
Mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi va bepul ovqatlanish ta’minlangan.

Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari bolani nogiron deb topganda, ularga pensiya tayinlashda qaytadan tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga yuborish bekor qilinadi.
2023/2024-o‘quv yilida abituriyentlar uchun mo‘ljallangan qabul tartibiga oid ma’lumotlar nogironlar uchun qulay formatda bo‘ldi. Shuningdek, videoroliklar surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etildi.

2023/2024-o‘quv yilidan «Maxsus pedagogika, defektologiya» yo‘nalishida magistratura uchun to‘liq davlat granti berildi.

O‘qiyotgan nogiron talabalarga ta’lim jarayonida ko‘maklashish uchun uning yaqinlaridan biriga OTMda yonida birga bo‘lish uchun sharoit yaratildi.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM