Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
26.6K subscribers
23.3K photos
6.52K videos
14.6K links
Мурожаатлар учун саҳифа: https://tashkent.uz/uz/virtual
Страница для подачи обращений: https://tashkent.uz/ru/virtual

Web-site: www.tashkent.uz
Facebook: fb.com/toshkenthokimligi
Instagram: instagram.com/toshshaharhokimlik
71-210-03-36
71-210-03-37
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🔰 Ўзбекистон қонунчилик ҳужжатлари талабларини жамоат тартибига ва жамоат хавфсизлигига таҳдид соладиган тарзда бажармасликка ёки бузишга, шу жумладан оммавий ахборот воситаларидан, телекоммуникация тармоқларидан, интернетдан, матнни кўпайтиришнинг босма ёки бошқа усулларидан фойдаланган ҳолда омма олдида даъват қилиш:

БҲМнинг 60 бараваридан 80 бараваригача миқдорда
(19 млн 800 минг сўмдан 26 млн 400 минг сўмгача) жарима солишга сабаб бўлади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Kecha Toshkent shahar xokimligi, boshqarmalarning mas’ul xodimlari hamda davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirmoqchi bo‘lgan talabgorlar uchun Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali tomonidan “Tanlovlarni shaffof tarzda o‘tkazilishiga qaratilgan amaliy ishlar” yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot audio shaklda bo‘lib unda davlat xizmatiga ochiq tanlov asosida ishga qabul qilishdagi saralab olishdan boshlab, xodimlarini va boshqa ma’lumotlarini shakllantirib, ishdan bo‘shatishgacha bo‘lgan jarayonlarni raqamlashtirish jarayonlari borasida fikr almashildi.

Audio chatda Agentlikning Toshkent shahar filial rahbari J.Inagamov bugungi kunda filial tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr bildirib o‘tdi. Shu bilan birga davlat xizmati tizimida so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Audio chat ishtirokchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga to‘liq javob olishdi.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | Ёшларнинг бўш вақти мазмунли ўтказилмоқда
#30sep #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Федерацияси Президенти Владимир Путиннинг таклифига биноан расмий ташриф билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

По приглашению Президента Российской Федерации Владимира Путина Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев отбыл в эту страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Федерациясига расмий ташрифнинг биринчи манзили – Қозон шаҳрига келди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл в город Казань, с которого начинается программа официального визита в Российскую Федерацию.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Toshkent shahar hokimining o`rinbosari Yangihayot tumanida fuqarolar bilan uchrashdi.

4 oktyabr kuni Toshkent shahar hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o‘rinbosari Sanjar Obidov Yangihayot tumani fuqarolari uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

👉 Batafsil

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Hurmatli poytaxt aholisi va mehmonlari!

“Xalq nazorati” raqamli xizmati respublikaning bir qancha shaharlarida sinov tariqasida joriy etilishi munosabati bilan 5-oktyabr soat 18:00dan 8-oktyabrgacha “Xalq nazorati” portali faoliyatida texnik nosozliklar yuzaga kelishi mumkin.

Noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

*****

Уважаемые жители и гости столицы!

В связи с пилотным внедрением цифрового сервиса Xalq nazorati в нескольких городах республики, с 18:00 часов 5 октября по 8 октября в работе портала Xalq nazorati возможны технические сбои.

Надеемся на ваше понимание и приносим извинения за неудобства.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
❗️Bektemir, Yunusobod, Sergeli, Yakkasaroy tumanlarida gaz ta'minoti qisman to‘xtatiladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxtimizning Bektemir, Yunusobod, Sergeli, Yakkasaroy tumanlari gaz ta'minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan ushbu tumanlarning ba’zi mahalla va ko`chalarida 6-oktyabr kuni gaz ta'minoti to‘xtatiladi.

Bektemir tumanida 11:00 dan 15:00 gacha:
— «Iyk Ota» mahallasi;
— «Gulbog`» mahallasi;
— Ulgurji iste`molchilar — 36 ta.

Yunusobod tumanida 10:00 dan 16:00 gacha:
— «Posira» mahallasi;
— Ulgurji iste`molchilar — 1 ta.

Sergeli tumanida 14:00 dan 17:00 gacha:
— «Farog`atli» mahallasi;
— «Xonobodtepa» mahallasi;
— Ulgurji iste`molchilar — 5 ta.

Yakkasaroy tumanida 10:00 dan 17:00 gacha:
— Qushbegi mavzesidagi 11 ta ko`p qavatli uylar;
— Boshliq ko`chasi;
— Ulgurji iste`molchilar — 11 ta.

“Hududgaz Poytaxt” GTF noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Nodira Umarova fuqarolar qabulini o`tkazdi

5-oktyabr kuni Toshkent shahar hokim o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nodira Umarova fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

👉 Batafsil

Нодира Умарова провела прием граждан

5 октября, заместитель хокима города Ташкента – начальник Управления семьи и женщин Нодира Умарова провела прием граждан.

👉 Подробно

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
🔢 Veolia Energy Tashkent kompaniyasining 2023-yildagi 9 oylik natijalari: press-tur davomida jurnalistlarni qiziqtirgan savollar

4-oktabr kuni biz press-tur tashkillashtirib o‘tkazdik va quyidagilarni OAV da yoritdik:

Toshkent shahrida isitish mavsumiga tayyorgarlik.

4000
dan ortiq shikastlangan joylar taʼmirlandi, umumiy uzunligi 54,17 km boʻlgan 328 ta uchastkada (2023-yil uchun rejalashtirilgan hajmning 95%) tarmoq quvurlari o'tkazildi, 3070 dona zulfinlar va 133 dona salma kondensatorlari almashtirildi.

Sergeli va Bektemir tumanlaridagi yopiq isitish tizimiga oʻtish boʻyicha pilot loyihasi.

Ikkala qozonxona (Vodnik va Sanoatenergo) binolarini qurish ishlari yakunlanmoqda, issiqlik tarmoqlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlarning 70% bajarildi, umumiy quvvati 48 MVt bo'lgan ikkala qozonxonaga ham barcha texnologik jihozlar shuningdek issiq quvurli issiq suv qozonlari o‘rnatildi.

Issiqlik tarmoqlarining texnik auditi.

1500 km
dan 600 km issiqlik tarmoqlari oʻrganilib, olingan maʼlumotlar Toshkent shahrini modernizatsiya qilish boʻyicha investitsiya dasturini optimallashtirish va issiqlik taʼminoti sxemasini ishlab chiqish uchun asos boʻladi.

Toshkent shahrini issiqlik ta'minoti sxemasini ishlab chiqish.

2023-yil may oyida tegishli vazirlik va korxonalar, jumladan, Veolia Energy Tashkent dan ishchi guruh tuzilib, yo‘l xaritasi ishlab chiqilib, barcha tomonlar bilan kelishib olindi.

Ekologik tashabbuslar.

11 ta
tuman va metrologiya xizmati bo‘limlarida umumiy quvvati 70 kVt bo‘lgan quyosh batareyalari o‘rnatildi. Endilikda elektr ta'minoti uzilib qolsa 5 soat davomida asosiy funktsiyalardan foydalanish imkoniyati mavjud va bular: iste'molchilarni qabul qilish, balans ma'lumotlarini taqdim etish, naqd pul operatsiyalari, shuningdek, sertifikat va kvitansiyalarni berish.

Korxona xodimlari uchun malaka oshirish va o'qitish dasturlari.

2023-yilda Veolia ning 19 ta o‘quv va ilg‘or amaliyot dasturlari joriy etildi, ular 1432 nafar xodimni qamrab oldi.
Rixsiliy koʻchasi vaqtincha yopiladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida 7-oktyabr soat 09:00 dan 12-oktyabr 17:00 gacha Yunusobod tumani Rixsiliy ko‘chasining Yangi Qoraqamish ko‘chasi bilan kesishmasidan va Binkat ko‘chasigacha bo‘lgan qismida ta’minot quvurlari ta’mirlanadi.
Shu sababli, yo‘lning bir tomoni transport harakati uchun yopiladi, har ikki yo‘nalishda harakatlanish yo‘lning ikkinchi tomonida amalga oshiriladi.

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz.

Улица Рихсилий будет временно закрыта

В рамках работ по подготовке к осенне-зимнему сезону, с 09:00 часов 7 октября по 17:00 часов 12 октября будет проведен ремонт трубопровода на улице Рихсилий (Кулоктепа) Юнусабадского района, от пересечения с улицей Янги Каракамыш с улицей Бинкат.
В связи с этим, одна сторона дороги будет закрыта для проезда транспорта, движение в обе стороны будет осуществляться по одной половине дороги.

Приносим извинения за неудобства и рекомендуем водителям использовать объездные пути.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin