Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
25.5K subscribers
23.7K photos
6.69K videos
14.9K links
Мурожаатлар учун саҳифа: https://tashkent.uz/uz/virtual
Страница для подачи обращений: https://tashkent.uz/ru/virtual

Web-site: www.tashkent.uz
Facebook: fb.com/toshkenthokimligi
Instagram: instagram.com/toshshaharhokimlik
71-210-03-36
71-210-03-37
Download Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumani 171-umumta'lim maktabidagi daraxtlar kesilganligi haqida material e'lon qilindi.

Ushbu holat Toshkent shahar va Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan o‘rganilmoqda.

Qo‘shimcha ma'lumotlar keyinroq taqdim qilinadi.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site
Юқори кучланишли электр тармоғида кутилмаганда юзага келган носозлик сабаб бир неча насос станциялари электр таъминотидан узилди.

Бунинг натижасида бир қатор аҳоли массивлари сувсиз қолди. Қуйида сув таъминоти тўхтаган ҳудудлар рўйхати билан танишишингиз мумкин.

📍Яшнобод тумани бўйича

📍Яккасарой тумани бўйича

📍Миробод тумани бўйича

🚚Сувсиз қолган ҳудудларга махсус техникаларда сув етказиб берилади!
Joriy yilning 28-may (yakshanba) kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tasarrufidagi MAFIFIDUM (sobiq 171- umumta'lim maktabi) hududida 26 tup Gledichiya navli manzarali daraxtlar fuqaro Strashko Anatoliy Sergeyevich tomonidan kesilgan.

Videokuzatuv kamerasining ko‘rsatishicha, fuqaro bu ishni maktabni o‘rab turuvchi panjaraga tutash bo‘lgan garajlardan oshib tushib, amalga oshirgan.

Ushbu holat Toshkent shahar va Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi va uning tuman bo‘limi hamda tuman prokraturasi tomonidan o‘rganildi.

Hozirda mutaxassislar tomonidan yetkazilgan zarar o‘rganilmoqda.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
Joriy yilning 28-may (yakshanba) kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tasarrufidagi MAFIFIDUM (sobiq 171- umumta'lim maktabi) hududida 26 tup Gledichiya navli manzarali daraxtlar fuqaro Strashko Anatoliy Sergeyevich tomonidan…
28 мая (воскресенье) текущего года гражданином Страшко Анатолием Сергеевичем на территории школы МАФИФИДУМ (бывшая 171-общеобразовательная школа), подведомственной Отделу Министерства дошкольного и школьного образования Мирзо-Улугбекского района, вырублено 26 декоративных деревьев гледичии.

По данным камеры видеонаблюдения, гражданин проделал эту работу, перелезая через гаражи, примыкающие к забору вокруг школы.

Данная ситуация изучена хокимиятами города Ташкента и Мирзо-Улугбекского района, Управлением экологии, охраны окружающей среды и изменения климата и его районным подразделением, а также, районной прокуратурой.

В настоящее время специалисты изучают нанесенный ущерб.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
Photo
📢 Mirzo Ulug'bek, Uchtepa hamda Shayxontohur tumanlarining ayrim joylarida elektr ta’minoti vaqtincha to'xtatildi

🛠 Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, shuningdek shuningdek elektr tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini oldini olish maqsadida, hamda taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida bugun, 8-iyun kuni, quyidagi manzillarda soat 16:00 dan 18:00 gacha elektr taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi:

📍UCHTEPA tumani "Sharq yulduzi" mahallasi Durbek, Durbek 4-tor hamda Lochin ko'chalari hududida;

📍SHAYXONTOXUR tumanining Bog' ko'cha, Shayxontohur, Labzak, A.Xo'jayev, Arxitektorlar, X.Asomov ko'chalarida;

📍MIRZO ULUG'BEK tumanining: "Oltintepa" hamda "Bo'z" mahallalari hududlarida.


"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati
Shavkat Umurzoqov Olmazor tumani aholisi bilan uchrashdi

Tonggi soat 7:30. Toshkent shahar hokimi v.b Shavkat Umurzoqov boshchiligida hokim o‘rinbosarlari, boshqarma boshliqlari, Olmazor tumani hokimi va sektorlari rahbarlari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida olib borilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirishdi. Bu yerda umumiy hisobda 12 ta blokdan iborat bino-inshootlar qurilmoqda. Hokim va uning o‘rinbosarlari qurilish jarayoni bilan tanishish davomida bemorlar va tibbiy jamoa uchun yaratiladigan qulaylik va sharoitlarga alohida e’tibor qaratdilar. Quruvchilarga bunyodkorlikni o‘z vaqtida, sifatli bajarish, hududni obodonlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

👉 Batafsil

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site
“Qo‘qon” podstansiyasi: nosozlik bosqichma - bosqich bartaraf etilib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanmoqda

Poytaxtimizdagi “Qo‘qon” podstansiyasida nosozlikning bir qismi bartaraf etilib, ushbu podstansiya orqali ta’minlanuvchi uchta podstansiyadan ikkitasi tarmoqqa ulandi va Mirobod tumani iste’molchilarining elektr ta’minoti qayta tiklanmoqda.

Hozirgi vaqtda qolgan bitta podstansiyani tarmoqqa ulash choralari ko‘rilyapti. Ishlar yakunlangach, iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq qayta tiklanadi.

Keltirilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.