Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
Photo
Toshkent shahridagi lotoklarning o‘rtacha diametri 300 mmga teng. Ular yog‘ingarchilik suvlarini kollektorlar va kanallarga yetkazadi.
2 aprel kuni 2 soat davomida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik natijasida 20 mm yomg‘ir yog‘di va bu aprel oyi uchun belgilangan umumiy meʼyorning yaʼni 60 mmning uchdan bir qismiga teng.
Lotoklar bir paytning o‘zida bunday katta oqimni qabul qilishga mo‘ljallanmagani bois, shahrimizdagi bir necha manzilgohlarda suv to‘planishi kuzatildi.
Bu holatni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida, Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi va uning tuman boshqarmalari, kommunal soha tizimlari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Ichki ishlar bosh boshqarmasining 500 dan ortiq xodimlari va 100 dan ortiq maxsus texnikalari jalb etilib, 23:00 gacha barcha manzillardagi holatlar bartaraf etildi.

Yurtimiz bo‘ylab 21-31-mart kunlari “Yoshlar turizmi haftaligi” o‘tkazildi. Haftalik doirasida ta'limda yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar uchun “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi va “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga sayohat tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlar bu joyning tarixi, ma'rifatparvar ajdodlarimiz merosi bilan tanishishdi.
Muzey bo‘ylab ekskursiya qilib, jadidlar faoliyati, o‘zbek ziyolilari va xalqimiz tarixiga oid qimmatli ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.
Sayohat davomida yoshlar uchun kitobxonlik tadbiri ham o‘tkazildi va o‘quvchilarga turli adabiyotlar taqdim etildi.
YouTube | Facebook | Instagram | Web-site