Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
25.7K subscribers
23.5K photos
6.65K videos
14.8K links
Мурожаатлар учун саҳифа: https://tashkent.uz/uz/virtual
Страница для подачи обращений: https://tashkent.uz/ru/virtual

Web-site: www.tashkent.uz
Facebook: fb.com/toshkenthokimligi
Instagram: instagram.com/toshshaharhokimlik
71-210-03-36
71-210-03-37
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌅Xayrli tong, aziz poytaxt!



🌅 Доброе утро, любимая столица!
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🔰 Ота-она (улардан бири) қуйидаги ҳолларда ота-оналик ҳуқуқидан маҳрум қилиниши мумкин:

🔹ота-оналик мажбуриятларини бажаришдан бош тортса, шу жумладан алимент тўлашдан бўйин товласа;

🔹узрсиз сабабларга кўра ўз боласини туғуруқхона ёки бошқа даволаш муассасасидан, тарбия, аҳолини ижтимоий ҳимоялаш муассасаси ва шунга ўхшаш бошқа муассасалардан олишдан бош тортса;

🔹ота-оналик ҳуқуқини суиистеъмол қилса, болаларга нисбатан шафқатсиз муомалада бўлса, жумладан жисмоний куч ишлатса ёки руҳий таъсир кўрсатса;

🔹муттасил ичкиликбозлик ёки гиёвандликка мубтало бўлган бўлса;

🔹ўз болаларининг ҳаёти ёки соғлиғига ёхуд эри (хотини)нинг ҳаёти ёки соғлиғига қарши қасддан жиноят содир қилган бўлса.

⚠️ Ота-оналик ҳуқуқидан маҳрум қилиш суд тартибида амалга оширилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Kompleks gender yondashuvi gender tengligiga erishishning samarali vositasi sifatida

Joriy yilning 24 noyabr kuni Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi, jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi hamda Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Toshkent shahar markazi bilan xamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan 25-noyabr — Halqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuniga bag‘ishlangan 2023-yil 25-noyabrdan 10-dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik” turkum tadbirlarga start berish maqsadida tashkil etilgan konferensiya “Kompleks gender yondashuvi gender tengligiga erishishning samarali vositasi sifatida” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyani Toshkent shahar Hokimi o‘rinbosari, Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarma boshlig‘i Nodira Umarova kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbirni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori, siyosiy fanlar doktori E’tibor Sultanova olib bordi.

Konferensiya yuqori saviyada o‘tgan bo‘lib, qizg‘in mulohaza va savol-javoblarga boy bo‘ldi, xamda ishtirokchilar o‘zini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Konferensiya yakunida ishtirokchilar bilan fotosessiya tashkil qilindi.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fayzli manzillar: Bektemir tumani. "Rohat" mahallasi



Благодатные локации: махалля "Рохат" Бектемирского района

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
24-noyabr kuni Olmazor tumanidagi “Sag‘bon” nimstansiyasida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida katta nosozlik ro‘y berdi.

Oqibatda tumanning qator manzillari elektr ta’minotisiz qolib, aholi bunga ijtimoiy tarmoqlarda e’tiborni qaratdi. Toshkent shahar va Olmazor hokimliklari mutaxassislari hamda Energetika vazirligi vakillaridan iborat guruh vaziyatni tezda nazoratga oldi.

Shahar aholisini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan xarid qilingan generator va boshqa uskunalar yordamida elektr ta’minoti qisqa vaqt ichida tiklandi.

Hozirda nosozlik to‘liq bartaraf etilgan va elektr ta’minoti odatiy tartibda yo‘lga qo‘yilgan.

Fuqarolarga sabr-toqatlari va vaziyatni to‘g‘ri tushunganliklari uchun minnatdorchilik bildirgan holda, Sizning Hokimligingiz.



24 ноября в Алмазарском районе возникла крупная неисправность на сети электропередач высокого напряжения на Подстанции “Сагбан”.

В результате по ряду локаций района было отключено электроснабжение. Потребители в социальных сетях обратили внимание на возникшую ситуацию и команда специалистов Хокимиятов Ташкента и Алмазарского района совместно с представителями Министерства энергетики взяла ситуацию под контроль.

Подача электроснабжения была восстановлена в кратчайшие сроки, благодаря генераторам и другому оборудованию, закупленным по Указу Президента Республики Узбекистан для бесперебойного обеспечения электричеством жителей города.

В настоящее время неисправность полностью устранена и электроснабжение налажено в штатном режиме.

Благодарим граждан за терпение и понимание, с уважением Ваш Хокимият.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xayrli tong, sevimli Toshkent! 🍃



Доброе утро, любимый Ташкент! 🍃
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Toshkent shahar Kengashi
#Ekopartiya
#Yashil_makon

Bu yil kuzgi daraxt ekish mavsumida poytaxtimizda 1 mln. tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan. Ushbu reja asosida Toshkent shahrida daraxt ekish ishlari ortig‘i bilan muddatidan ilgari bajarilgan bo‘lsada poytaxt aholisi tomonidan ko‘chat ekish davom etmoqda.

Bugun Maxusustrans DUK tashabbusi bilan O‘zbekiston Ekologik partisi Toshkent shahar partiya tashkiloti hamkorligida "Yashil makon" umummiliy loyihasi doirasida Yashnobod tumanida daraxt ekish aksiyasi o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi A.Xamzayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari X.Gapparovlar ishtirok etib, inson salomatligi uchun daraxtlarning tutgan o‘rni, ekologik muammolarga daraxt ekish asosiy yechim ekanligi haqida batafsil tushuntirishlar berib o‘tdi.

Aksiya davimida ishtirokchilar tomonidan 200 tupdan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

https://t.iss.one/ecopartytoshkent