Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
24.2K subscribers
24.9K photos
7.1K videos
1 file
15.6K links
Мурожаатлар учун саҳифа: https://tashkent.uz/uz/virtual
Страница для подачи обращений: https://tashkent.uz/ru/virtual

Web-site: www.tashkent.uz
Facebook: fb.com/toshkenthokimligi
Instagram: instagram.com/toshshaharhokimlik
71-210-03-36
71-210-03-37
Download Telegram
Xalq Nazorati portalining ish ko‘rsatkichlari bilan bo'lishishda davom etamiz.
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
Photo
#rasmiymunosabat

Toshkent shahar hokimligi “Paxtakor” FK MChJning ta'sischisi va bosh homiysidir

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-apreldagi “Futbol klublari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 261-sonli qaroriga asosan “Paxtakor” futbol klubi Toshkent shahar hokimligi balansiga biriktirilishi va hokimiyat bosh homiy bo‘lishi belgilangan. Bu esa futbol klubining xarajatlari asosan Shahar hokimligi mahalliy byudjet daromadlarining orttirilgan qismidan qoplab berilishini anglatadi.

Ayni kunda “Paxtakor” FK MChJning 334 nafar xodimi bor, ularning 200 ga yaqini sportchilar bo‘lib, bular – asosiy tarkib, ayollar, yoshlar, futzal hamda ularning turli yoshdagi jamoalari hamda murabbiylardir. Jamiyatning qolgan a'zolari esa OFK va O‘FA reglamenti asosida ishlovchi xizmatchilardir. “Paxtakor” FKning akademiyasida esa bugungi kunda 300 dan ortiq yoshlar ta'lim olayotgan bo‘lib, ularning murabbiylari ham MChJ xodimlari sanaladi. Ushbu jamoaning mehnat haqi, balansdagi 2 ta baza, 8 ta stadionni saqlash, futbolchilarni vitaminlar bilan ta'minlash, zarur texnik jihozlar xaridi, viloyatlardagi va chet ellardagi safarlar xarajatlarining barchasi ta'sischi, bosh va boshqa homiylar zimmasidadir.

Shunga ko‘ra, “Paxtakor” FK MChJ rahbariyatinning Toshkent shahar hokimligiga 2023-yilning 13-iyul kuni yuborilgan xatida 2023-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga asosan 2023-yilning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, kommunal to‘lovlar va o‘yin o‘tkazish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun klubga 7 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi so‘ralgan. Toshkent shahar hokimining 433-14-0-Q23 sonli qarori bilan klub faoliyati uchun zarur mablag‘ ajratilgan.

Bu mablag‘ futbolni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, uni kimgadir tegishli tizimni moliyalashtirish degan talqin noo‘rin.
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
Photo
ELEKTR ENERGIYASI TA'MINOTIDA REJALI UZILISH 

Uzoq vaqt davomida foydalanishda bolgan elektr ta’minoti kabellarini, tranformatorlarni modernizatsiya qilish hamda shu orqali isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini taʼminlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, bugun, 17-iyul kuni olib boriladigan ta'mirlash ishlari sababli quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi.

Soat 9:00 dan 17:00 gacha:

- "Turon" va Beruniy MFYlarida qisman.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
📣📣📣 TEZKOR!

YUQORI KUCHLANISHLI ELEKTR UZATISH TARMOG'IDA NOSOZLIK YUZAGA KELDI

Olmazor tumanining: "Uzumbog`", “Shifokorlar”, “Ahil”, “Oxunboboyev”, “Qorasaroy”, “Chuqursoy” va “Jomiy” MFYlarining qisman hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 6 kV boʻlgan elektr uzatish kabel tarmog'ining
L DOK 110 kVli yuqori kuchlanishli elektr uzatish qurilmasida favqulodda avariya holatida elektr taminotida uzilish sodir bo‘ldi.

Ayni vaqtda, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filialining tezkor chiqish brigadalari zarur elektr qurilmalar hamda maxsus avtotransport vositalari bilan mazkur nosozlikni bartaraf etishga jalb etilgan.

Tez orada mazkur nosozlik to‘liq bartaraf etilib, tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘liq tiklanadi.

Yuzaga kelgan favqulodda avariyali uzilish vaqti keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏢 Poytaxtimizda «A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti» Federal davlat byudjeti oliy ta'lim muassasasi filiali uchun bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruktsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

🔹Qurilish ko‘lami qanday, inshoot qachon foydalanishga topshiriladi kabi qator savollarga javob – lavhamizda.

🏢 В нашей столице ведется строительство и реконструкция зданий и сооружений филиала ФГБОУ ВО «РГПУ им. А.И. Герцена».

🔹Ответы на ряд вопросов, таких как масштабы строительства и дата сдачи объекта в эксплуатацию, — в нашем видео.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site
#poytaxtidoralari
#ToshkentShaharQurilishBoshqarmasi

📞📨 Sizni Toshkent shahridagi boshqarma, tashkilot va idoralar faoliyati, ularning maqsad va vazifalari, murojaat qilish manzillari bilan tanishtirishda davom etamiz.

"Poytaxt idoralari" sahifasida bu gal Toshkent shahar Qurilish boshqarmasi haqida ma'lumot beramiz.

#ведомствастолицы
#УправлениеСтроительстваГородаТашкента

📞📨 Мы продолжаем знакомить вас с деятельностью управлений, организаций и учреждений в Ташкенте, их целями и задачами, а также контактными данными.

В очередном выпуске рубрики "Ведомства столицы", делимся сведениями об Управлении строительства города Ташкента.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site
Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi Toshkent shahar hududiy bo‘limi va SOS bolalar mahallasi bilan hamkorlikda " Oilani qullab quvvatlash va ijtimoiy psixologik xizmatlarni takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik" mavzusida seminar trening tashkil etildi.

👉
Batafsil

Управление семьи и женщин города Ташкента совместно с Ташкентским областным управлением Центра реабилитации и адаптации женщин и городским филиалом ассоциации «SOS детские деревни Узбекистана» организовали семинар на тему «Сотрудничество по улучшению поддержки семьи и социально-психологической службы».

👉 Подробно

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site
19-iyul kuni soat 10:00 da Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 86-sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

86-сессия Ташкентского городского Кенгаша народных депутатов состоится 19 июля в 10:00.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site
Forwarded from Toshkent mahallalari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Furqat Mahmudxoʼjayev bilan jonli efir

🕘 2023-yil, 17-iyul, 21:00
Mavzu: "Mahallada nima gap?"
☎️ Savol va murojaatlaringizni Telegram orqali yuboring: +998-90-827-06-05

👉"Toshkent" telekanali.
———

Прямой эфир с Фуркатом Махмудходжаевым

🕘 17 июля 2023 года в 21:00
Тема:
"Махаллада нима гап?"
☎️ Свои вопросы и заявки отправляйте в Telegram по номеру +998-90-827-06-05

👉Телеканал "Тошкент".
Sanjar Obidov Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi

Obidov Sanjar Omonxo‘jayevich Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Sanjar Obidov 1986-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. Toshkent moliya institutini va Buyuk Britaniyaning Sterling universitetini tamomlagan.

Bugunga qadar qator mas'ul lavozimlarda – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Pedagog kadrlar sifati nazorati, ta'lim hujjatlarini legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i, Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi direktori v.v.b bo‘lib ishlagan.
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
Sanjar Obidov Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi Obidov Sanjar Omonxo‘jayevich Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Sanjar Obidov 1986-yilda…
Санжар Обидов назначен заместителя хокима Ташкента.

Обидов Санжар Омонхужаевич назначен заместителя хокима по молодежной политике, социальному развитию и духовно-просветительской работе.

Санжар Обидов родился в 1986 году в Ферганской области. Образование высшее. Окончил Ташкентский Финансовый институт и Стерлингский университет в Великобритании.

По настоящее время работал на ряде ответственных должностей, в том числе, начальником Главного управления при Государственной инспекции по надзору за качеством образования при кабинете министров Республики Узбекистан, контролю качества педагогических кадров, легализации, признания и нострификации образовательных документов, а также, вр.и.о. директора Агентства по популяризации изучения иностранных языков.
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
Photo
ELEKTR ENERGIYASI TA'MINOTIDA REJALI UZILISH

Uzoq vaqt davomida foydalanishda bolgan elektr ta’minoti kabellarini, tranformatorlarni modernizatsiya qilish hamda shu orqali isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini taʼminlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, bugun, 18-iyul kuni olib boriladigan ta'mirlash ishlari sababli quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi.

Soat 9:00 dan 15:00 gacha:

- «Oq masjid» va Xurshid MFYlarida qisman;

Soat 9:00 dan 17:00 gacha:

- «Rakatboshi» va «Bahor» MFYlarida qisman.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.