Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
26.6K subscribers
23.3K photos
6.54K videos
14.6K links
Мурожаатлар учун саҳифа: https://tashkent.uz/uz/virtual
Страница для подачи обращений: https://tashkent.uz/ru/virtual

Web-site: www.tashkent.uz
Facebook: fb.com/toshkenthokimligi
Instagram: instagram.com/toshshaharhokimlik
71-210-03-36
71-210-03-37
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ TOShKENT SHAHAR FILIALINING ISTE’MOLChILARGA MUROJAATI

Ayni kunlardagi sovuq ob-havo tufayli xonodonlarga berilayotgan gaz bosimi hamda issiqlik energiyasi haroratining tushib ketganligi sababli asosiy yuklama elektr taʼminotiga tushishi oqibatida elektr yetkazib berish va taʼminotda uzilishlar kuzatilmoqda.  Buning natijasida Toshkent shahrining koʼplab tumanlaridagi elektr tarmoqlarida nosozliklar yuzaga kelib, favqulodda uzilishlar sodir boʼlmoqda.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tomonidan aholi va ijtimoiy soha obʼektlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash maqsadida, tunu kun tegishli choralar koʼrilmoqda.

Joylarda yuzaga kelayotgan nosozliklarning oldini olish hamda favqulodda avariyali uzilishlarni tezlik bilan oʼz vaqtida bartaraf etish maqsadida, kuchaytirilgan navbatchilik shtabi tashkil etilgan.

Tizimda avariyalarni tezkor bartaraf etish, ijtimoiy soha obʼektlarini alohida nazoratga olish maqsadida tashkil etilgan brigadalarga qoʼshimcha mutaxassislar jalb etilgan. Ular zarur transport vositalari, qoʼshimcha elektr qurilmalari zaxiralari bilan taʼminlangan.

Isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlashda nimstantsiyalarga, yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlariga, tuman elektr taʼminoti korxonalaridagi navbatchilik boʼlimlariga qoʼshimcha malakali  mutaxassislar jalb etilib, yetkazib berilayotgan elektr energiyasi tunu kun nazorat qilib borilmoqda.

Xususan, bugun kun davomida 100 dan ortiq elektr qurilmalarida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etildi.

Shu oʼrinda isteʼmolchilardan vaziyatni toʼgʼri tushungan holda energiya resurslardan imkon qadar samarali foydalanishlarini, nostandart, samarasiz qurilmalardan  foydalanmasliklarini iltimos qilamiz. Iqtisod qilingan elektr energiyasi boshqa xonadonlarda ham chiroq yonishiga sabab boʼladi.

Shuningdek, ayni kunlarda  avariyalarni tezkor bartaraf etish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan qoʼshimcha kuchlar safarbar etilganligini maʼlum qilamiz.

Hurmatli iste’molchilar! Elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha 1154 qisqa raqami yoki “Telegram”dagi
@HET_admin administratorga, gaz ta’minoti yuzasidan 1104, 104 telefon raqamlari yoki Facebook ijtimoiy tarmoqdagi guruhga murojaat qilishingiz mumkin.

Keltirilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr soʻraymiz.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
⭕️⭕️⭕️ Кўп қаватли уйларда яшовчи фуқаролар диққатига!

Ҳурматли хамшаҳарлар!

Тошкент шаҳрида ҳаво-ҳароратининг кескин пасайши оқибатида иссиқлик станцияларига узатилаётган табиий газ босимининг пасайиб кетиши сабабли хонадонларга етказиб берилаётган иссиқ сув таминотида ҳам, иситиш тизимида ҳам охирги кунларда ҳарорат сезиларли даражада пасайиб кетди.

Бунинг натижасида ўз хонадонларини иситиш мақсадида фуқаролар қўшимча электр мосламалардан фойдаланишга мажбур бўлмоқдалар.

Бу эса ўз навбатида трансформатор станциялари ва узатиш симларида нормадан ортиқча юкламани вужудга келтиряпти, бунинг оқибатида эса, охирги кунларда трансформаторлар ва симларда портлаш, ёниб кетиш каби авариялар сони кунлик ўн баробаридан ошиб кетди.

Шунга кўра, электр тизимига юкламани пасайтириш, ҳамда марказлашган иссиқлик тизими (отопление)да ҳароратни кўтариш мақсадида, энг камида, уч кун давомида кўп қаватли уйларнинг иссиқ сув таъминотида ҳароратни вақтинча пасайтиришга мажбурмиз. Бунда сувни иситишга сарфланаётган табиий газ иссиқлик тизими (отопление)га йўналтирилади.

Вазиятни шаҳримиз фуқаролари тўғри баҳолашларига умид қиламиз ва келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз.

🔹🔹🔹
Ҳурматли хамшаҳарлар!

Сизлардан уйларингиздаги энг зарур хоналарни иситиш ва ёритишдан ташқари энергия сарфини имкон қадар камайтиришингизни илтимос қиламиз!

📹YouTube 📱Facebook 📹Instagram 🌐Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ҳурматли тадбиркорлар, хамшаҳарлар!

Тошкент шаҳрида ҳаво-ҳароратининг кескин пасайши даврида аҳоли хонадонларига электр ва газ таъминотини узлуксиз етказиш мақсадида, шаҳардаги озиқ-овқат дўконлари ва умумовқатланиш корхоналаридан ташқари барча савдо ва хизмат кўрсатиш шаҳобчалари, кўнгил очар савдо марказлари ва истирохат боғлари қисқартирилган иш режимига ўтказилади.

Шу боис, барча савдо ва хизмат кўрсатиш шаҳобчалари, кўнгил очар савдо марказлари ва истирохат боғлари иш фаолиятини эрталаб соат 10-00 дан 17-00га қадар амалга ошириши лозим.

Иш вақтидан сўнг, барча электр асбоблари, иситиш ускуналарини ўчирилган ҳолда электр ва газ истеъмолини тўхтатиш талаб этилади.

Вақтинчалик ноқулайликлар учун узр сўраймиз!

📹YouTube 📱Facebook 📹Instagram 🌐Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Toshkent mahallalari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Furqat Mahmudxoʼjayev bilan jonli efir

🕘 2023 yil, 16 yanvar, 21:00
Mavzu: "Mahallada nima gap?"
☎️ Savol va murojaatlaringizni Telegram orqali yuboring: +998-90-827-06-05

👉"Toshkent" telekanali.
———

Прямой эфир с Фуркатом Махмудходжаевым

🕘 16 января 2022 года в 21:00
Тема:
"Маҳаллада нима гап?"
☎️ Свои вопросы и заявки отправляйте в Telegram по номеру +998-90-827-06-05

👉Телеканал "Тошкент".
Jiddiy tanqiddan kelib chiqib, vazifalar belgilab olindi

Toshkent shahar hokimligida shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Shahar hokimi o‘rinbosarlari, shahar va tuman sektorlari rahbarlari, bosh boshqarma va boshqarma boshliqlari, tashkilotlar mas'ullari ishtirok etgan majlisda joriy yilning 16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida energiya resurslari ta'minoti yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan Toshkent shahar hokimligi rahbarlariga bildirilgan jiddiy tanqid va e'tirozlardan kelib chiqib, vazifalar belgilab olindi.

Prezidentimiz tomonidan qayd etilgan barcha kamchiliklar, avvalo, bugungi kunda dolzarb bo‘lgan elektr energiyasi va gaz ta'minotidagi uzilishlarni bartaraf etishga asosiy e'tibor qaratildi. Bir hafta mobaynida barcha tumanlardagi mahallalarda aholining tabiiy gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, sodir bo‘layotgan uzilishlarni qisqa vaqt ichida bartaraf etish vazifalari belgilab olindi.

Buning uchun mutasaddilarga ishga jiddiy kirishish, bor imkoniyatlardan oqilona foydalanish, qo‘shimcha kuchlarni jalb etish topshirig‘i berildi.

📹YouTube 📱Facebook 📹Instagram 🌐Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM