Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
26.2K subscribers
23.4K photos
6.61K videos
14.7K links
Мурожаатлар учун саҳифа: https://tashkent.uz/uz/virtual
Страница для подачи обращений: https://tashkent.uz/ru/virtual

Web-site: www.tashkent.uz
Facebook: fb.com/toshkenthokimligi
Instagram: instagram.com/toshshaharhokimlik
71-210-03-36
71-210-03-37
Download Telegram
Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi Belоrus Respublikasiga tashrif buyurdi.

Joriy yilning 12-sentyabr kuni Toshkent shahar hokimligi va Minsk shahar ijroiya qo‘mitasi o‘rtasidagi amaliy harakatlar rejasiga asosan Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Sultanova boshchiligidagi Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi o‘rinbosari Muattar Abdullayeva, hokimlik bosh mutaxassisi Maftuna O‘razbayevalardan iborat delegatsiya Belorus Respublikasiga tashrifi tashkillashtirildi.

Tashrif doirasida Belorusning milliy texnika universitetida tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasi talabalari bilan uchrashuv o‘tkazilib, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, oila salomatligini asrash va kundalik hayotga oid asosiy masalalar muhokama qilindi.

Talabalar bilan individual muloqot tashkil etilib, aniqlangan muammolarning yechimi yuzasidan amaliy yordam berish choralari ko‘rildi.
⚡️ Туман ҳокими ўринбосарлари учун ўқув-семинар ташкил этилди

Давлат хизматини ривожлантириш агентлигининг Тошкент шаҳар филиали томонидан Вазирлар Маҳкамасининг 2024 йил 13 июлдаги 463-сон “Республика ва маҳаллий ижро этувчи ҳокимият органлари ҳамда хўжалик бирлашмалари раҳбарлари ва уларнинг ўринбосарлари фаолиятини энг муҳим самарадорлик кўрсаткичлари асосида баҳолашни ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори мазмунини тушунтириш мақсадида масъуллар учун семинар ташкил этилди.

Ушбу ўқув-семинар давомида Агентликнинг Тошкент шаҳар филиали ходимлари томонидан туман ҳокими ўринбосарлари фаолиятининг энг муҳим самарадорлик кўрсаткичларини ишлаб чиқиш, баҳолаш тизими юзасидан тушунчалар берилди.

Семинарда туман ҳокими ўринбосарлари ва масъул раҳбарлардан жами 95 нафари иштирок этиб, ўзларини қизиқтирган саволларига жавоб олишди.

❗️Маълумот учун: Ушбу қарор нафақат раҳбарларнинг масъулиятини оширади, балки "Ўзбекистон – 2030" стратегияси доирасидаги мақсадларга эришишда муҳим ҳисобланади.
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova va DNA Communications boshqaruv strategiyasi direktori Esfandyar Batmanghelidj o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Esfandyar Batmanghelidj yosh tadbirkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash, yosh biznes egalariga yangi imkoniyatlarni ochish va yangi ish o‘rinlari yaratishni qamrab oluvchi "Tashkent Value Creators Summit" sammitini o‘tkazishni taklif qildi.

Bu sammit Toshkent shahrida yoshlar o‘rtasida uchun tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, ularning innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Sammitda ishtirok etadigan yosh tadbirkorlar va biznes egalari o‘zaro tajriba almashish, yangi hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish va shahar iqtisodiyotiga hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova sammitning Toshkent shahrida iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatini hamda yoshlar tadbirkorligiga qo‘shadigan hissasini yuqori baholadi.



Состоялась важная встреча заместителя хокима города Ташкента Дурдоны Рахимовой и директора по стратегии управления компании DNA Communications Эсфандияра Батмангелиджа.


В ходе встречи Эсфандияр Батмангелидж предложил провести саммит "Tashkent Value Creators Summit," который будет направлен на укрепление связей с молодыми предпринимателями, открытие новых возможностей для молодых бизнесменов и создание новых рабочих мест.

Этот саммит нацелен на развитие предпринимательской среды среди молодежи в Ташкенте, поддержку их инновационных идей и стимулирование экономического роста. Участвующие в саммите молодые предприниматели и владельцы бизнеса получат возможность обменяться опытом, изучить новые возможности для сотрудничества и внести свой вклад в экономику города.

Заместитель хокима города Ташкента Дурдона Рахимова высоко оценила экономическую и социальную значимость саммита для города Ташкента и его вклад в развитие молодежного предпринимательства.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahridagi investitsiyaviy loyihalar O'zbekiston 24 nigohida
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi Belоrus Respublikasiga tashrif buyurdi. Joriy yilning 12-sentyabr kuni Toshkent shahar hokimligi va Minsk shahar ijroiya qo‘mitasi o‘rtasidagi amaliy harakatlar rejasiga asosan Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari –…
Tashrif davomida Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi Belorus milliy texnika universitetining "Politexnika" ilmiy texnologik parkiga tashrif buyurdi.

"Politexnika" ilmiy texnologik parkini o‘rganish davomida delegatsiyaga texnopark bosh direktori Georgiy Vershina, tibbiy mahsulotlar eksperimental mexanika bo‘limi rahbari Vladimir Ulasevich, Belorus milliy texnika universitet dekani Pavel Shirvel hamda Belorus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktori Andrey Ponasenkolar hamrohlik qildi.

Kelgusida O‘zbekiston va Belorus Respublikasi o‘rtasidagi fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, innovatsion loyihalar va ilmiy ishlanmalar yuzasidan o‘zaro tajriba almashish yuzasidan kelishib olindi.
Forwarded from Uchtepa tuman hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Оммавий қабул натижадор бўлмоқда

Туман ҳокими в.в.б. Жамшид Алимджанов ва Тошкент шаҳар ҳокими ўринбосари Санжар Таджиев ҳамда Олий Мажлиснинг инсон тҳуқуқлари бўйича вакили (омбудсман) нинг Тошкент шаҳридаги минтақавий вакили Бахтиёр Машарипов ва бошқа масъуллар томонидан оммавий қабул ташкил этилди.

20-сонли Болалар мусиқа ва санъат мактабида бўлиб ўтаётган ушбу қабулда айни дамларгача 10 нафар фуқаро мурожаатлари тингланди ва уларнинг аксарияти жойида ўз ечимини топди.

Оммавий қабул давом этмоқда.



👉https://t.iss.one/uchtepahokimligi

Web-site |facebook | instagram | youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahridagi investitsiyaviy loyihalar O'zbekiston 24 nigohida