Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
26.2K subscribers
23.4K photos
6.6K videos
14.7K links
Мурожаатлар учун саҳифа: https://tashkent.uz/uz/virtual
Страница для подачи обращений: https://tashkent.uz/ru/virtual

Web-site: www.tashkent.uz
Facebook: fb.com/toshkenthokimligi
Instagram: instagram.com/toshshaharhokimlik
71-210-03-36
71-210-03-37
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌷Xayrli tong, Toshkent!

🌷Доброе утро, Ташкент!

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari boshlandi

Toshkent shahar hokimligi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorlikda 2024-2025 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini olib bormoqda.

Xususan, ishchi guruhi tomonidan favqulodda vaziyatlar hamda yirik avariyalarni bartaraf etish, kommunal tizimidagi muammolarni o‘rganish ishlari olib borilib kerakli tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.

FVB xodimlari tomonidan maxsus taktik-o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi, Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazining loyihasi

Buyuk o‘zbek adibi Oybekning "Fanorchi ota" hikoyasini o‘qishni tavsiya etamiz.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
🇺🇿🇯🇵Poytaxt hokimligida Yaponiyaning "Mitsui Bussan Chemicals" vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

13-avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv avvalida Toshkent shahar hokimining o'rinbosari Sharof Rakhmanov mehmonlarga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, shahrimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mahalliy va xorijiy investorlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida ma’lumot berib, shaharsozlik hamda sanoat yo'nalishlarida sohadagi hamkorlikni jadallashtirish maqsadga muvofiqligini ta’kidladi. Mazkur sa'y-harakatlar natijasida Yaponiya kompaniyalari bilan yangi istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani ta'kidlandi.

Xususan, "Mitsui Bussan Chemicals", "ATOMIX" hamda ularning Toshkentdagi mahalliy hamkori "ATOMIT" MCHJ bilan hamkorlikda Toshkent shahrida yo'l qoplamalari uchun lok-bo'yoq mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish uchun barcha sinovlar muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi ma'lum qilindi.

"Mitsui Bussan Chemicals" vakili janob Akimoto tomonidan Toshkent shahri bilan hamkorlikka qiziqish kattaligi bildirilib, Toshkent shahri va Yaponiya hududlari o‘rtasida nafaqat savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy munosabatlarni, balki iqtisodiyotning boshqa istiqbolli sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish har ikki davlat manfaatlariga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida Toshkent shahar hokimligi va "Mitsui Bussan Chemicals", "ATOMIX" hamda ularning Toshkentdagi mahalliy hamkori "ATOMIT" MCHJ o'rtasida yo'l qoplamalari uchun lok-bo'yoq mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo'yicha o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

🤝Uchrashuv yakunida taraflar o‘zaro foydali manfaatlar yo‘lida harakatlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Toshkent shahrida “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Ma’naviyat festivali”ni o‘tkazish yuzasidan vazifalar belgilab olindi

🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi bayoniga muvofiq Toshkent shahrida 26-28-avgust kunlari “Ma’naviyat festivali” ni tashkil etish yuzasidan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari o'rinbosari Alimov Botu Babirovich va Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Raximova Durdona Shukurullayevna rahbarligida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Respublika Ma’naviyat va marifat markazi qoshidagi ijtimoiy tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari M.Quronov, bosh boshqarma, boshqarmalar va tashkilot rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari prorektorlari, akademik litsey va texnikum direktorlari hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda 12 ta tumanda o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi belgilab olindi.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM