Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
23.4K subscribers
26.4K photos
7.38K videos
1 file
16.3K links
Murojaatlar uchun: https://tashkent.uz/uz/virtual
Приём обращений: https://tashkent.uz/ru/virtual

Site: www.tashkent.uz
Fb: fb.com/toshkenthokimligi
Ig: toshshaharhokimlik
71-210-03-36
71-210-03-37

Matbuot kotibining sahifasi: https://t.iss.one/gulkasim
Download Telegram
"Barqaror turmush!" oyligi davom etmoqda

Sergeli tumanida oilada ayollar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida targ‘ibot-tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi xotin-qizlar, O‘zbekiston Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva va Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Sultonova ishtirok etdi.

Tadbir doirasida ko‘chma tibbiy ko‘rik va "Men Donorman" aksiyasi, tumanda tadbirkorligini boshlagan va imtiyozli kreditlar olib faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil qilinadi. Mutasaddilar tomonidan kasb-hunarga o‘qish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga esa maxsus yo‘llanmalar taqdim etildi.

Shuningdek;

-10 nafar ijtimoiy og‘ir ahvolda bo‘lgan, nizolashayotgan oilalarga sovg‘alar;
- 4 nafar xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinasi;
- 6 nafar xotin-qizlarga davolanish uchun bepul tibbiy yo‘llanma topshirildi.


YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
👍5
🇺🇿 Yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini ta’minlash, kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, ularning malakasini oshirish va munosib kadrlarni rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish maqsadida kadrlar zaxirasi shakllantirib boriladi.

🇺🇿 Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda xotin-qizlar faollari orasidan eng munosiblari "Salohiyatli kadrlar zaxirasi"ga kiritilib bormoqda.

📈 Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar filiali tomonidan tashkil etilgan o‘quv-seminarda Toshkent shahridagi "Salohiyatli kadrlar zaxirasi" va "Istiqbolli kadrlar zaxirasi"ga kiritilgan nomzodlar uchun amaldagi qonunchilik, davlat fuqarolik xizmatida kadrlar masalasi, davlat xizmatchisining odob-axloq me’yorlariga amal qilishi, zaxira shakllantirish bosqichlari, shuningdek, "Toshkent tarixi" haqida ham seminar ishtirokchilariga tushuntirishlar berildi.

Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan har qanday rahbar va davlat xizmatchilari Toshkent tarixini yaxshi bilishi lozimligi bois Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti professori, tarix fanlari doktori Mirsodiq Is’hoqov tomonidan ma’ruza qilindi.

Zaxira nomzodlar bilan ishlash, ularni masofaviy tarzda, Davlat boshqaruvi akademiyasida hamda xorijiy malaka oshirishlarni tashkil etish, respublika vazirlik va idoralarning sohaviy boshqarmalarida amaliyot o‘tash, shaxsiy rivojlanish rejasini ishlab chiqishlari, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga amal qilishlari yuzasidan filialning "Inson resurslarini boshqarish va kadrlar salohiyatini oshirish" bo‘limi bosh inspektori O‘tkir Abdukarimov tushunchalar berdi.

Bo‘lajak rahbar doimiy malakasini oshirib borishi, kitob mutolaasi, o‘z ustida doimiy ishlashi, izlanishi, tashabbuskorlik ko‘rsatishi bilan ajralib turishi lozim deydi – Agentlikning Toshkent shahar filiali bosh inspektori Maryam Abdukarimova.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥1
Президент Шавкат Мирзиёев Қўқон университетида яратилган шароитлар билан танишди ҳамда Тепақўрғон археология ёдгорлигини кўздан кечирди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с условиями, созданными в Кокандском университете, а также посетил археологический памятник Тепакурган.

#Mirziyoyev #safar #Fargona #talim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍43
Президент Шавкат Мирзиёев Фарғона вилояти Бағдод туманидаги Юксалиш маҳалласида бўлиб, аҳоли турмуш шароити билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил махаллю Юксалиш Багдадского района Ферганской области и ознакомился с условиями жизни населения.

#Mirziyoyev #safar #Fargona #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍51