Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
23.4K subscribers
26.4K photos
7.38K videos
1 file
16.3K links
Murojaatlar uchun: https://tashkent.uz/uz/virtual
Приём обращений: https://tashkent.uz/ru/virtual

Site: www.tashkent.uz
Fb: fb.com/toshkenthokimligi
Ig: toshshaharhokimlik
71-210-03-36
71-210-03-37

Matbuot kotibining sahifasi: https://t.iss.one/gulkasim
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mahalla chegaralarini aniq bo’lishi ko’p masalalarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, aholi sonini mahalla kesimida aniqlash, kam ta’minlangan oilalarga manzilli yordam ko’rsatish va mahalla infrastrukturasini rivojlantirish uchun ajratilgan mablag’lardan samarali foydalanish kabi masalalarni aytish mumkin.

Ma’muriy chegaralarni aniq belgilash uchun Toshkent shahri va tumanlari chegaralariga oid 1956 — 2021-yillar davomida vakolatli davlat organlari tomonidan qabul qilingan hujjatlar nusxalari arxivlardan izlab topildi. Ular asosida Toshkent shahrining aniq ma’muriy chegaralari elektron xaritaga tushirildi.

Hozirda Mirobod, Mirzo Ulug’bek, Sergeli, Yangihayot, Yashnobod tumanlarining mahalla chegaralari Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashi tomonidan tasdiqlangan.

Bektemir va Yakkasaroy tumanlarining mahalla chegaralari regulation.uz saytida jamoatchilik muhokamasiga qo’yilgan.

Shayxontohur, Yunusobod, Olmаzor, Uchtepa, Chilonzor tumanlarida mahalla chegaralariga aniqlik kiritish bo’yicha ishlar davom etmoqda.

Ushbu sohada olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot — Toshkent shahar hokimligi huzuridagi "Raqamli rivojlanish departamenti" MChJ direktori o'rinbosarining intervyusida.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
👍7🔥1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев иштирокида Халқ депутатлари Тошкент шаҳар кенгашининг навбатдан ташқари сессияси бўлиб ўтди.

С участием Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева состоялась внеочередная сессия Ташкентского городского Кенгаша народных депутатов.

#Mirziyoyev #Toshkent #sessiya #tashkiliymasala

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍81
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ш.Б. Умурзаковни Тошкент шаҳри ҳокими лавозимига тайинлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О назначении Умурзакова Ш.Б. на должность хокима города Ташкента"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍10🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Xayrli tong, aziz Toshkent!

🇺🇿Доброе утро, дорогой Ташкент

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥6👍32🥰1
🇺🇿Bugun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi va Nodavlat-notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Tadbir avvalida Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi va Nodavlat-notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining 2024-yil 1-choragi uchun faoliyati yuzasidan ma’lumot berildi.

So‘ngra 2024-yilda davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘lar hamda 2024-yil uchun e’lon qilingan “Aholi o‘rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda davlat va nodavlat tashkilotlarining ijtimoiy hamkorligi” davlat grantining 1-tanloviga kelib tushgan loyihalar haqida so‘z yuritilib, muhokama etildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan savol-javoblar, taklif va tavsiyalar tinglandi.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64
ПРЕЗИДЕНТ СОВҒАСИ БОЛАЖОНЛАРГА ТУҲФА ҚИЛИНДИ

🎹 Хабарингиз бор куни кеча Давлатимиз раҳбари Юнусобод туманидаги 1-сонли Мусиқа ва санъат мактабида яратилган шароитлар билан танишган эди.

☑️Юнусобод тумани ҳокими Б.Абдувалиев ушбу санъат мактабида таҳсил олаётган ўқувчиларга Президент Шавкат Мирзиёевнинг эсдалик  совғаларини тантанали равишда топширди. Мукофотларни топшириш маросимида ўқувчи ёшлар санъатни пухта ўрганиб, мамлакатимизнинг маданияти ва санъатини дунёга таниши, уни юксакка кўтариши лозимлигини таъкидлади. Ўз навбатида санъат мактаби ўқитувчи ва ўқувчилари замонавий санъат мактабини бунёд этиб бергани учун Президентимизга миннатдорлик билдирди.

☑️Б.Абдувалиев, Давлатимиз раҳбари Шавкат Мирзиёев томонидан яратиб берилаётган имконият ва шароитлардан самарали фойдаланиш зарурлигига тўхталди.

📌Мутасаддилар ушбу мусиқа мактаби қисқа давр ичида нафақат мамлакатимиз миқёсда, балки халқаро танловларда ҳам қатнашиб, муносиб натижаларни қўлга киритаётганлиги тўғрисида маълумот берди.

давоми👇👇👇
👍112👌1