Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
25.5K subscribers
23.7K photos
6.69K videos
14.9K links
Мурожаатлар учун саҳифа: https://tashkent.uz/uz/virtual
Страница для подачи обращений: https://tashkent.uz/ru/virtual

Web-site: www.tashkent.uz
Facebook: fb.com/toshkenthokimligi
Instagram: instagram.com/toshshaharhokimlik
71-210-03-36
71-210-03-37
Download Telegram
18-oktyabr kuni Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Sanjar Obidov Minsk shahri ijroiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nadejda Lazarevich boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimligining hamda Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining mutasaddilari ham ishtirok etdi.

Uchrashuv chog‘ida S. Obidov mehmonlarga mamlakatimizda ijtimoiy soha, xususan, tibbiyot sohasini rivojlantirishga berilayotgan e‘tibor, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, tibbiy xodimlarning malakasini oshirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganini ma‘lum qildi. Toshkent va Minsk shaharlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik, madaniy sohalardagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish borasida so‘z yuritdi.

O‘z navbatida, N. Lazarevich qabul uchun minnatdorlik bildirib, sog‘liqni saqlash, biznes, sanoat, taʼlim kabi qator sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik haqida so‘z yuritdi. O‘zbekiston o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini tizimli amalga oshirib borayotganini, bunda davlat hukumatining oqilona boshqaruv siyosati katta o‘ringa ega ekanligini eʼtirof etdi.

Uchrashuv davomida Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi bilan Minsk shahri ijroiya qo‘mitasining Sog‘liqni saqlash boshqarmasi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Taraflar muzokaralarni ijobiy ruhda yakunlab, samarali hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik

Bugun erta tongdan Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari X. Shakirov, Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev, sektor rahbarlari, kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi xodimlari va korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida saf yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha vazifalar taqsimlanib, kun davomida ko‘p qavatli uy-joylarda olib borilayotgan taʼmirlash ishlarini davom ettirish, atroflarni obodonlashtirish, uylarning tom qismi, yerto‘lasidagi kommunikatsiya tarmoqlari, kirish yo‘laklari, elektr, gaz tarmoqlarini texnik nazoratdan o‘tkazish buyicha ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilishda ijtimoiy soha obyektlari va boshqa toifadagi isteʼmolchilarga zarur miqdorlarda energetika resurslarini yetkazib berish hamda "Yashil makon" loyihasi bo‘yicha ishlar taqsimot qilindi.

Amalga oshiriladigan ishlar nazorati sektor rahbarlari va tuman hokimligining apparat rahbari zimmasiga yuklatildi.
Baxtiyor Raxmonov Olmazor tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

18 oktyabr kuni Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari B. Raxmonov Olmazor tumani fuqarolari uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabul jarayonida davomida fuqarolar buzilgan uy-joylari uchun kompensatsiya ajratish, davolanish uchun moddiy yordam, subsidiya asosida uy-joy ajratish, ichki yo‘llarni taʼmirlash, ko‘p qavatli uylardagi kommunal masalalar bo‘yicha qator murojaatlari bilan yuzlanishdi.

Aksariyat murojaatlar joyida ijobiy hal etildi. Yechimi o‘rganish va vaqt talab etadiganlar masalalar yuzasidan aholiga tushuntirish va tavsiyalar, masʼullarga topshiriqlar berildi.

Бахтиёр Рахманов провел выездной приём в Алмазарском районе

18 октября первый заместитель хокима Ташкента Б. Рахманов провел прием для жителей Алмазарского района.

В ходе приема граждане обратились с рядом вопросов по компенсации за снесенную недвижимость, материальной помощи на лечение, получению жилья на основе субсидии, ремонту внутренних дорог, коммунальным вопросам в многоквартирных домах.

Большинство обращений были решены положительно на месте. По вопросам, решение которых требует дополнительного времени и изучения, жителям были даны разъяснения и рекомендации, а ответственным лицам даны поручения.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Toshkent shahar Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Azizxon Shavkatov Italiya ishbilarmonlik doiralari vakillari bilan uchrashdi.

Dastlab, Azizxon Shavkatov tashrif uchun minnatdorlik bildirib, Toshkentda yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit, uning turizm, biznes, kommunal soha, sanoat, qurilish va arxitektura, shaharsozlik va boshqa qator yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotganini ma’lum qildi. Mazkur uchrashuv o‘zaro manfaatli va foydali hamkorlikka asos solishi mumkinligiga ishonch bildirdi. Shuningdek, hozirgi kunda poytaxtimizda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalar haqida ma’lumot berdi.

O‘z navbatida, italiyalik delegatsiya a’zolari Toshkent shahridagi bunyodkorlik, obodonlashtirish sohalaridagi o‘zgarishlarni alohida e`tirof etib, aholi yashashi va dam olishi uchun qulay shahar bunyod etishda o`zaro manfaatli hamkorlikni yo`lga qo`yish taklifini bildirishdi. Tashrif davomida yirik metall, havo transporti, qurilish mollari ishlab chiqaruvchilari o‘z korxonalarining imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berib, istiqbolli hamkorlik ko‘lami kengligiga, o‘zaro manfaatli sheriklik imkoniyatlari kattaligiga urg‘u berishdi.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin