Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
26.3K subscribers
23.4K photos
6.58K videos
14.7K links
Мурожаатлар учун саҳифа: https://tashkent.uz/uz/virtual
Страница для подачи обращений: https://tashkent.uz/ru/virtual

Web-site: www.tashkent.uz
Facebook: fb.com/toshkenthokimligi
Instagram: instagram.com/toshshaharhokimlik
71-210-03-36
71-210-03-37
Download Telegram
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
Photo
MIROBOD HAMDA YAKKASAROY TUMANLARINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR ENERGIYASI TAʼMINOTI VAQTINCHA TOʻXTATILADI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  Qaroriga muvofiq Mirobod hamda Yakkasaroy tumanlari  hudududlarini qisman elektr energiyasi bilan ta'minlovchi  110/35/10  kVli “Qo'qon” podstansiyasidagi T-1dagi  quvvati 40 000 kVA boʻlgan mavjud transformatorni yangi 63 000 kVA bo'lgan katta quvvatli tarnsformatorga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Shu sababli, joriy yilning 15-may kunidan 20-may kuniga qadar Toshkent shahrining Mirobod hamda Yakkasaroy tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 12:00 ga qadar qisqa muddatga oʻchirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

MIROBOD tumanining: Gospitalniy, Afrosiyob, Oybek, Shevchenko, Fidokor, Shaxrisabz, Mironshox hamda kichik Mirobod kochalari;

YAKKASAROY tumanining: Zarbog, Voxidova, Rakatboshi, Yusuf Hos Hojib, G. Karimova, Akilova, Mirakilova, Bog`idil, Mirakilova,  Mirakilova 1-tor, Shmita, M. Yoqubova, Mirobod, Mirobod 1- va  2-tor hamda Usmon Nosir ko'chalari  hududidagi aholi yashah xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik oʻchiriladi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali Matbuot xizmati
📣📣📣 Diqqat, E'LON!

POYTAXT TUMANLARINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR ENERGIYASI TAʼMINOTIDA UZILISHLAR KUZATILADI

Bugun, 16-may kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy hamda Bektemir tumanlarii hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik subyektlarida elektr energiyasi soat 18:00ga qadar vaqtinchalik oʻchirildi.

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini oldini olish, hamda taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

BEKTEMIR tumanining: "Zabardast" MFY ning ko'chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

YASHNOBOD tumanining: Bahor, Abadiyat, Abay, Jarboshi, Tashisti hamda Iqbol ko'chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

YAKKASAROY tumanining: "Yakkasaroy" MFYning Yakkasaroy, B.Hiloliy, B.Hiloliy 3-tor hamda Oqsaroy ko'chalari  hududidagi aholi yashah xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik oʻchirildi.


Iste’molchilarga elektr energiyasini sifatli hamda ishonchli yetkazib berish, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlarni oldini olish va tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan belgilangan Davlat dasturlari asosida hududlarda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari bosqichma - bosqich amalga oshirib kelinmoqda.

Shu sababli ushbu hududlardagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш ишларини янги поғонага олиб чиқиш чора-тадбирлари бўйича ўтган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада.

Facebook|Instagram|Twitter
🏛 18-may – Xalqaro muzeylar kuni

Muzeylar tarix ko‘zgusi, o‘tmishdan aks-sado va saboq beruvchi, insoniyatning rivojlanish bosqichlarini ko‘rsatuvchi beqiyos xazinaga boy madaniyat maskanidir.

Bunday dargohlarga muntazam borish, osori atiqalar, tarixiy manbalar bilan tanishish insonning tafakkurini boyitadi, dunyoqarashini o‘stiradi.

18-may – Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan yurtimizdagi aksariyat muzeylarda qator madaniy tadbirlar tashkil etiladi.
Havolaga o‘tib ular bilan tanishishingiz mumkin.

Nafaqat shunday bayram kunlari, balki sababsiz ham muzeylarga borishni odatga aylantirish kerak! Zero, yurtimizda va shahrimizda nodir jamlanmalarga ega muzeylar ko‘p va ularga tashrif, albatta, foydali bo‘ladi.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site
🏛 18 мая – Международный день музеев

Музеи – учреждения культуры, отражающие историю, вобравшие в себя эхо и бесценные знания прошлого, демонстрирующие этапы развития человечества.

Регулярное посещение таких заведений, знакомство с артефактами и историческими источниками обогащает мышление человека и расширяет его мировоззрение.

В честь 18 мая - Международного дня музеев в большинстве музеев нашей страны проводится ряд культурных мероприятий. Ознакомиться с ними можно, перейдя по
ссылке.

Нужно взять за привычку ходить в музеи не только в праздники, но и просто так, без особого повода! Ведь музеев с редкими коллекциями в нашей стране и в нашем городе много, и посещение их, безусловно, будет полезным как для ума, так и для души.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr

🗺 Kadastr tizimiga oid o`zgarish va yangilanishlar

🗺 Изменения и обновления в системе кадастра

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shahrimizda 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadal olib borilmoqda.

“Veolia energy Tashkent” MChJ tomonidan issiqlik ta'minotida muammolar kuzatilgan hududlardagi quvurlarni yangilash va ta'mirlash bo‘yicha 2023-yilga mo‘ljallangan rejaga ko‘ra, 56,95 km quvurlarni almashtirish va 424,70 kmni joriy ta'mirlash ko‘zda tutilgan.

Bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar jarayoni – lavhamizda.

В нашем городе идет подготовка к осенне-зимнему сезону 2023-2024 гг.

Согласно плану на 2023 год по обновлению и ремонту трубопроводов в районах с проблемами теплоснабжения предприятием Veolia energy Tashkent будет заменено 56,95 км и отремонтировано 424,70 км трубопроводов.

Ход работ в данном направлении в нашем видео.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site
Президент Шавкат Мирзиёев мактабгача таълим тизимини такомиллаштириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по совершенствованию системы дошкольного образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #ijtimoiysoha #maktabgachatalim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
Photo
Ayni paytda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sakson uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Sessiya kun tartibidan o‘ndan ortiq masalalar muhokamasi o‘rin olgan.

Xususan, Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga o‘tkazilgan aholi punktlarini kompleks rivojlantirish hamda kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari, 2024-2026-yillarda ijtimoiy ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasining 2023-yil 1-chorak davomidagi faoliyati, jumladan, sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash holati kabi shahrimizni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, hududlardagi infratuzilma zamonaviy talablarga ega bo‘lishi, aholi turmush sifati yanada oshishiga xizmat qiluvchi masalalar muhokama etilmoqda.

Sessiya “Toshkent” telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilmoqda.

Tafsilotlarga keyinroq to‘xtalamiz.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site