Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi
6.58K subscribers
7.54K photos
777 videos
97 files
2.91K links
Download Telegram
Yunusobod tumani “Buyuk Turon” mahallasidagi ko‘chalarning biriga Usmon Nosir nomi berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-fevraldagi “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori tegishli bandining ijrosini ta'minlash maqsadida, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining VI-77-30-14-0-K/23-sonli qarori bilan Yunusobod tumani “Buyuk Turon” mahallasidagi Amir Temur 1-tor ko‘chasi Usmon Nosir ko‘chasi deb qayta nomlandi. Shuningdek, ushbu ko‘chaga tutash nomsiz ko‘chaga Usmon Nosir 1-tor ko‘chasi nomi berildi.
___

Одной из улиц махалли «Буюк Турон» Юнусабадского района присвоено имя Усмана Насыра

Во исполнение соответствующего пункта постановления Президента Республики Узбекистан от 10 февраля 2022 года «О широком праздновании 110-летия со дня рождения выдающегося поэта, переводчика и драматурга Усмана Насыра», решением Ташкентского городского Кенгаша народных депутатов № VI-77-30-14-0-K/23 1-й проезд Амира Тимура в махалле «Буюк Турон» Юнусабадского района переименован в улицу Усмана Насыра, а прилегающая к ней безымянная улица получила название 1-го проезда Усмана Насыра.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site
#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
📌 Joriy yilning 22-fevral kuni Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 208 - umumtaʼlim maktabi anjumanlar zalida 14 - “Intizor” saylov okrugi saylovchilari bilan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining deputati Naima Djabbarovaning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

⚡️ Uchrashuvda “Yuksalish” harakati Toshkent shahar boʻlimi va Toshkent shahar “Notariuslar palatasi” notarius xodimlari ishtirok etib aholining sohaga doir savollariga va muammoli vaziyatlariga javob berishdi.

🌐 Bizni kuzatishda davom eting! Toshkent shahar deputatlari faoliyatiga oid eng so‘ngi va ishonchli ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali bilib olishingiz mumkin!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Тошкент оқшоми.pdf
1.7 MB
#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
🇺🇿 Xabaringiz bor, mamlakatimizda yoshlar siyosatiga katta e'tibor qaratilmoqda. Yoshlarga yaratilgan bunday imkoniyatlar haqida, sotsiologiya fanlari doktori, professor, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati - Toshpo'lat Matiboyev ham o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tdi.

📌 Toshkent shahar hokimligi muassisligidagi "Toshkent oqshomi" gazetasida deputatning "Yoshlar - kelajagimiz poydevori" nomli maqolasi chop etildi.

❗️Yuqorida siz ushbu maqola bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

🌐 Bizni kuzatishda davom eting! Toshkent shahar deputatlari faoliyatiga oid eng so‘ngi va ishonchli ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali bilib olishingiz mumkin!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
📌 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari aholi murojaatlarini oʻrganishdi.
🔸Deputatlarning faoliyatini ommaviy axborot vositalari ham keng yoritib bormoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Senatorlar va hokim qabuli bo‘lib o‘tdi

Xabar berganimizdek, bugun Yakkasaroy tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🫥 Unda Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari senator Farhod Boqiyev, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Axborot siyosati va mahalliy davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari, tuman hokimi Anvar Sayfutdinov, O‘zbekiston ichki ishlar vazirligidan polkovnik Anvarjon Muydinjanov, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda mas’ul rahbarlar ishtirok etdilar.

📔 Uchrashuv davomida senatorlar, Toshkent shahar mahalliy Kengashlari deputatlari va tuman hokimi bilan birgalikda hokimlik binosida fuqarolar qabuli o‘tkazdilar.

🟢 Xususan, qabulda Senatorlar va hokim qabulida bo‘lgan fuqarolarning uy-joy, kommunal xizmat ko‘rastish, tadbirkorlik faoliyati, moddiy yordam berish va mahallani obod qilish masalalari yuzasidan murojaatlari eshitildi.

🔵 Qabul davomida:

Bobur mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Xidirova Anorxonning farzandini Toshkent moliya institutining rektori Teshabayev To‘lqin ishga qabul qilishni taklif etdi;

“Armug’on” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Mardonova Oysanamni “Temir daftar”ga kiritilib, sog‘ligini tiklash maqsadida moddiy yordam ajratish;

“Qushbegi” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Xudoyqulova Madinaxonga subsidiya masalasida yordam berish;

“Dilbuloq” mahallasida istiqomat qiluvchi Xo‘jaqulova Mavluda bandligini ta’minlash maqsadida mono-markazga o‘qitish masalalari joyida hal etildi.

💠 Qabul davomida tuman hokimi mas’ullarga murojaatlarni tegishli tartibda hal etish yuzasidan topshiriqlar berib, murojaatlar shaxsan hokim nazoratida bo‘lishi haqida aytib o‘tdi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM