Termiz shahridagi Prezident maktabi
4K subscribers
7.28K photos
525 videos
6 files
2.06K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#Bola_huquqlari
#Konvensiya

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabida tonggi saflanish vaqtida “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya qabul qilinganligining 35 yilligi munosabati bilan taqdimot va davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🗞Maktabimizning tarix va tarbiya fanlari o‘qituvchilari Murodjon Sheraliyev hamda Fazliddin Abduraimovlar ushbu
Konvensiya moddalarining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumotlar berib o‘tdilar.

🔗Tadbir o‘zaro savol-javob va amaliy mashg‘ulotlar bilan qizg‘in davom etdi.

Ma’lumot uchun: dunyoning barcha mintaqalaridagi xalqlar uchun teng ahamiyatga ega va asosiy maqsadi bolalar manfaatlarini himoya qilishdan iborat ushbu Konvensiya BMT tomonidan 1989-yil 20-noyabrda bir ovozdan qabul qilingan bo‘lib, 54 moddadan tarkib topgan. Davlatimiz ushbu Konvensiyaga 1992-yil 9-dekabrda qoʻshilgan.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥4👍1💯1
#Bola_huquqlari
#Konvensiya

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabida “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya qabul qilinganligining 35 yilligi munosabati bilan “Bolalarning shodligiga to‘lsin bu dunyo!!!” shiori ostida ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.

🗞Ushbu koʻrgazma maktabimizning 5-sinf o‘quvchilarining tarbiya fanidan olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, bunda bolalar Konvensiya moddalarini rasmlarda tasvirlashga hamda har bir moddaning mazmunini ochib berishga harakat qildilar.

📌Ishtirokchilar o‘z qo‘l mehnatlari yordamida chizilgan suratlar asosida moddalarning mohiyati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍151