Termiz shahridagi Prezident maktabi
1.88K subscribers
5.52K photos
439 videos
6 files
1.62K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#ishchi_guruh
#sport_maktablari

TIZIMDAGI SPORT MAKTABLARI FAOLIYATI YAQINDAN OʻRGANILMOQDA

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida bo‘ldi.

Ishchi guruh tomonidan mazkur sport maktablarida o‘quvchi-sportchilarga yaratilgan sharoitlar, o‘quv-mashq jarayonlari tanqidiy-tahliliy o‘rganilib, mas’ullarga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Bugungi kunda Bahodir Jalolov nomidagi sport maktabida 140 ta, Oksana Chusovitina nomidagi sport maktabida 139 ta sportchi-o‘quvchi ta’lim olmoqda.

A.Ubbiyev mas’ullar bilan muloqotda yosh bokschi va gimnastikachilarni texnik-taktik jihatdan tayyorlash sifatini muntazam oshirib borish, ayni jarayonga ilg‘or tajribalar, eng yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish lozimligini alohida ta’kidladi.

O‘rganish doirasida Agentlik direktori sportchi-o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning o‘quv-mashq jarayonlarini, ustoz-murabbiylari haqidagi fikrlari, kelgusidagi orzu-maqsadlari bilan qiziqdi.

Shuningdek, A.Ubbiyev yoshlar bilan muloqotda davlatimiz rahbari boshchiligida sport sohasida olib borilayotgan islohotlar samarasida Vatanimiz jahonga ko‘plab sport yulduzlarini taqdim qilayotgani, Olimpiya o‘yinlaridagi shohsupalar, jahon chempionatlaridagi g‘alabalarning barchasi O‘zbekiston sportining yuksak salohiyatini namoyish etayotganini ta’kidlab, kelgusida sportchi-o‘quvchilarimiz yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishiga tilak bildirdi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#memorandum
#Prezident_maktabi #pedagogik_mahorat_markazi
#Surxondaryo

🖇Termiz shahridagi Prezident maktabi hamda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi hamda Termiz shahridagi Prezident maktabining matematika fani o‘qituvchisi Mr. Soliman Mohamed Amr Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markaziga xalqaro maslahatchi sifatida jalb qilindi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh
#Jizzax

AGENTLIK RAHBARIYATI TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining maslahatchisi Eʼzozxon Karimova boshchiligidagi ishchi guruh Agentlikning Jizzax viloyatida joylashgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarida boʻldi.

Mazkur maktablarda oʻquv jarayoni, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yuritilishi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, qish mavsumiga tayyorlik holati singari bir qator yoʻnalishlar oʻrganildi.

Ishchi guruh oʻrganilgan maktablar rahbariyati, oʻquv jamoasining taʼlim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy taʼlim usullariga oid bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qoʻllab-quvvatlab, oʻz tavsiyalarini berdi.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube