Termiz shahridagi Prezident maktabi
1.84K subscribers
6.13K photos
475 videos
6 files
1.75K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
#COP29 #Boku

Joriy yilning 10-22-noyabr kunlari Boku shahrida oʻtkazilayotgan BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasi – COP29 doirasida oliy darajadagi tadbirlar tashkil etilib, muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Vengriya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkiya tomonidan 2024–2030-yillarda barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish boʻyicha Xalqaro strategiya imzolandi. Ekologik taʼlim va “yashil” koʻnikmalarni rivojlantirish, ushbu jihatlarni ham rasmiy, ham norasmiy taʼlim tizimiga singdirish strategiyaning muhim qismidir.

Shuningdek, tadbirlarda “Eco-schools Uzbekistan” loyihasi aʼzolari ham ishtirok etib, mintaqaviy va xalqaro eko-oromgohlar davomida ishlab chiqilgan iqlimga oid tashabbuslarini namoyish etdilar.

Yosh ekofaollarimiz Ekologik kun tartibi boʻyicha xalqaro maslahat qoʻmitasini tuzish, bilim almashish, mintaqaviy va milliy iqlim loyihalarini muvofiqlashtirish uchun maydon taqdim etuvchi raqamli platformani ishlab chiqish, “Young Climate Champions” xalqaro ekofaollar hamjamiyatini kengaytirish, “Transchegaraviy ekotizimlar” kabi loyiha va takliflarni bildirishdi.

@hilola_umarova
#sayyor_qabul
#Qashqadaryo

🤩 QASHQADARYODA AGENTLIK DIREKTORI ALISHER UBBIYEVNING SAYYOR QABULI OʻTKAZILDI

Aholining Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish maqsadida Qarshi shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan sayyor qabulda shahar va tumanlardan fuqarolar qatnashib, oʻzlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan Agentlik rahbariyatiga murojaat qildi.

Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilingan boʻlsa, ayrim murojaatlarning o‘rganilishi vaqt talab etganligi bois tegishli tartibda nazoratga olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM