Termiz shahridagi Prezident maktabi
1.85K subscribers
5.9K photos
463 videos
6 files
1.7K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#seminar
#birinchi_tibbiy_yordam

🩸Termiz shahridagi Prezident maktabida “Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning asosiy tamoyillari” mavzusida 2 kunlik seminar bo‘lib o‘tdi.

💌Maktab hamshiralari tomonidan shikastlangan fuqarolarga ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordamning asosiy vazifasi, tezkor choralar ko‘rish hamda kasallikning kechishini yengillashtirishga doir ma’lumotlar berib o‘tildi.

🩺Shuningdek, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish vaqtida qon ketishini vaqtincha to‘xtatish, badanning jarohatlangan yoxud kuygan joyiga toza steril bog‘lam qo‘yish, sun’iy nafas oldirish va yurakni bilvosita massaj qilish, uqalash kabi chora-tadbirlar bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mintaqaviy olimpiadalar: umumiy 78 ta medal, ustozlarga qariyb 1 milliard soʻm mukofot

Joriy yilda oʻtkazilgan 11 ta mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda oʻzbekistonlik oʻquvchilar umumiy hisobda 78 ta medal (9 ta oltin, 20 ta kumush, 49 ta bronza)ni qoʻlga kiritdi.

Bugungi taqdirlash marosimida:

oltin medalni qoʻlga kiritgan 9 nafar oʻquvchi umumiy hisobda — 40 million 500 ming soʻm va ularning ustozlari umumiy hisobda — 168 million 750 ming soʻm;

kumush medalni qoʻlga kiritgan 20 nafar oʻquvchi umumiy hisobda — 60 million soʻm va ularning ustozlari umumiy hisobda — 262 million 500 ming soʻm;

bronza medalini qoʻlga kiritgan 49 nafar oʻquvchi umumiy hisobda — 110 million 250 ming soʻm va ularning ustozlari umumiy hisobda — 551 million 250 ming soʻm pul mukofotiga ega boʻldi.

👏 Quvonarlisi, mazkur mintaqaviy xalqaro olimpiada sovrindorlari ustozlarining umumiy mukofot jamgʻarmasi qariyb 1 milliard soʻmni tashkil etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM