Termiz shahridagi Prezident maktabi
1.87K subscribers
5.62K photos
443 videos
6 files
1.64K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#Tanlov
#Surxondaryo_viloyati
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh (vakant) rahbar lavozimlariga oʻtkazilgan tanlovning test bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar uchun suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz — dunyo eʼtirofida!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening
#Prezident_maktabi

📣 Termiz shahridagi Prezident maktabi Xalqaro maktablar kengashi (CIS) a'zoligiga qabul qilinishning 2-bosqichiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

🎯 Mazkur Kengash a’zosi bo‘lish nimasi bilan ahamiyatli?

Xalqaro maktablar kengashi (CIS)ga a’zolikka qabul qilinish bilan ta’lim muassasasi xalqaro maydonda tan olinganligini bildiradi,

ushbu maktabda o‘qiydigan o‘quvchilarning chet eldagi TOP universitetlarda to‘liq grant yutish imkoniyati oshadi;

Kengash a’zosi bo‘lgan nufuzli maktablar va xalqaro tashkilotlar bilan ta'lim sohasidagi hamkorliklarni rivojlantirish imkoniyati kengayadi.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Seminar_trening
#Prezident_maktablari

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, psixolog va tarbiyachi-pedagoglarning malakasini yanada oshirish maqsadida Nukus shahridagi Prezident maktabida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Dastlab mehmonlar uchun maktab boʻylab sayohat uyushtirildi. Bunda mehmonlar maktab hayoti, yaratilgan sharoitlar va uning milliy o'ziga xosligi, shuningdek, oʻquvchilar tomonidan ishlangan loyiha ishlari bilan tanishtirildi.

🗣Seminar-treningni Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi boshligʻi T.Atamuratov va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi S.Shakirovalar kirish soʻzi bilan ochib berdi.

📝 Seminar davomida:
Prezident maktablari missiyasi, maqsadlari va ularga erishishda Xalqaro maktablar kengashi (CIS) faoliyati tajribasi;
Global fuqarolik va madaniyatlararo ta’lim;
Xavfsiz maktab va bolalarni himoya qilish;
Etika kodeksi, maktab qadriyatlari;
Xodimlar, ota-onalar va bolalar hamjihatligi kabi mavzularda taqdimotlar va treninglar boʻlib oʻtmoqda.

📆Ma'lumot uchun, mazkur seminar-trening ikki kun davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM