Termiz shahridagi Prezident maktabi
2.21K subscribers
6.9K photos
501 videos
6 files
1.92K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#582_yilligi
#Alisher_Navoiy

G‘azal mulkining sultoni, buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy qalamiga mansub "Qilg‘il" radifli g‘azali.

Termiz shahridagi Prezident maktabi pedagog-tarbiyachilari

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#582_yilligi
#Alisher_Navoiy

📣9-fevral – g‘azal mulkining sultoni, buyuk mutaffakkir Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

Husnu jamolsiz kishi shirin kalom etsa,
Sayd aylar elni nukta fasohat bila desa.

Darhaqiqat, buyuk bobokalonimiz yaratgan, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan bebaho ijod namunalari hamda yuksak mahorat va betakror so‘z san’ati necha asrlar o‘tsa ham o‘z sayqalini yo‘qotmay, ulkan ma’naviy merosga aylandi.

🎥Ushbu sana munosabati bilan Termiz shahridagi Prezident maktabida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida, o‘quvchilar tomonidan Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlar, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Mana so‘nggi 4 kun davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 10 mingdan ortiq maktab rahbarlari, ular orqali o‘qituvchilarga vazirlik oldiga qo‘ygan missiyalarni yetkazish maqsadida "Zamonaviy maktab liderlar nigohida" loyihasini amalga oshirdi.

Xo‘sh, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o‘z oldiga qanday vazifalar qo‘ymoqda?

Birinchi maqsad — vazirlik tizimidagi barcha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirish;
Ikkinchi maqsad — zamonga moslasha oladigan, ta'limda innovatsiyalar qilishga qodir zamonaviy pedagog kadrlar uchun kasbiy rivojlanish muhitini yaratish;
Uchinchi maqsad — tizimda shaffoflikni ta'minlash maqsadida jamoatchilik, ota-onalar, o'qituvchilar va barcha manfaatli tomonlar bilan kommunikatsiya o‘rnatish.

“Liderlar haftaligini” boshlash avvalida bizda kuchli hayajon bor edi. Ijtimoiy tarmoqlarda treninglarda ishtirok etgan direktorlarning taassurotlarini o‘qir ekanman, qaysidir ma'noda oldimizga qo‘ygan maqsadga erishish uchun ilk qadamni to‘g‘ri qo‘yganimizga amin bo‘ldim.

Loyihamizning asosiy maqsadi nima edi? Jamoada sog‘lom muhit yaratib, bir maqsad atrofida birlashtira oladigan, shaffoflikni har narsadan ustun qo‘yadigan, zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor liderlarga aylanishiga turtki berish bilan birgalikda direktorlarning maktab ta'limini rivojlantirish bilan bog‘liq fikrlariga quloq tutish edi.

Albatta 4 kun bu juda kam, lekin bu ilk qadam va bu yo‘nalishdagi ishlar doimiy ravishda davom etadi. Biz esa ta'lim sifatini ko‘tarishda, sifatli tizim yaratishda fidoyi o’qituvchilar, biz bilan hamkorlikka tayyor ota-onalar hamda halol, jonkuyar, o‘z ishini sevadigan shijoatli maktab liderlariga suyanamiz. Vazirlik esa o‘z o‘rnida turli tashkilotlarning maktab faoliyatiga aralashuvlariga chek qo‘yish ustida doimiy ish olib boradi.

Unutmang, bugun biz ta'lim va tarbiya berayotgan bolalar ertaga bizning kelajagimizni quradi!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#540_yilligi
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur

📣14-fevral — Boburiylar sulolasi asoschisi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

⚡️Ushbu sana munosabati Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari tomonidan Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videorolik tayyorlandi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Save_energy
#Prezident_maktabi

〽️Termiz
shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilaridan tashkil topgan "Eco-qo‘mita" a'zolari tomonidan ertalabki saflanishda elektr energiyasini tejash hamda undan oqilona foydalanish to‘g‘risida taqdimot namoyish etildi.

✳️Shuningdek, "Save energy" deb nomlangan ushbu taqdimotda yashil energiya manbalari to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Xushxabar

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Global Best M-Gov Award tanlovida dunyoning mingdan ortiq jamoalari orasidan 2-oʻrinni egalladi va Dubaydagi Jahon hukumatlari sammiti doirasida taqdirlandi. Sovgʻani Misr Prezidenti topshirdi.

Loyiha Donʻt Waste deb nomlanib, turli xil taom tayyorlovchi korxonalardagi ortiqcha qolib ketayotgan ovqatlarni isrof qilmasdan, yesa boʻladiganlarini boshqa insonlarga, isteʼmolga yaroqsizlarini esa fermalarga yoki qayta ishlashga yuborish jarayonlarini osonlashtirishga qaratilgan.
〰️〰️〰️

Студенты Университета Инха в Ташкенте заняли 2-е место среди более чем тысячи команд мира в конкурсе Global Best M-Gov Award и были награждены в рамках Всемирного правительственного саммита в Дубае. Подарок вручил президент Египта.

Проект называется Don't Waste и направлен на сортировку лишней еды, когда пригодная к употреблению передается другим людям, а непригодная для употребления - на фермы или переработку.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#So‘rovnoma
#Prezident_maktabi

Termiz shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan "Media" to‘garagi a'zolari tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan so‘rovnoma o'tkazildi.

🎥Ushbu videorolik orqali to‘liq tanishishingiz mumkin.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#540_yilligi
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur

📌Mustaqillik davrida Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganish, uning asarlarini yurtimiz va xorijiy davlatlarda targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Shoir tug‘ilgan kun – 14-fevral sanasi har yili mamlakatimiz bo‘ylab adabiyot va ilm-ma’rifat bayrami sifatida nishonlanmoqda.

⚡️Xususan, Termiz shahridagi Prezident maktabida ham Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlab, ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida, o‘quvchilar tomonidan Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlar, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube